3-matn
Morfin olish texnologiyasi
O’simlik nomi. Ko’knori-Papaver (ko’knoridoshlar oilasiga kiradi.) Ko’p yillik: bo’yi 60-150 sm ga etadigan o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, yashilroq yoki qizg’ish binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, bandli kulrang yashil, tuxumsimon yoki cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o’yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo’lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz xidi bor. Gullari yirik oq, faqat bir kecha gullaydi. Mevasi-ko’p urug’li, sharsimon, kulrang-yashil yoki qo’ng’ir rangli va ko’sakcha.
Morfin (texnik)-qo’ng’ir sarg’ish yoki qo’ng’ir kulrang mayda kristall kukun. Ishqor va kislotalarning suyultirilgan eritmalarida eriydi. Asosiy modda miqdori suvsiz morfin xisoblanadi, 91% dan kam emas. Solishtirma og’irligi 0,58 kg (l. Suyultirilgan spirtda kristallanganda bir molekula suvi bor. Sulfat, xlorid va boshqa kislotalar bilan yaxshi kristallanuvchi tuzlar xosil qiladi. Kuchli ishqorlar bilan suvda yaxshi eruvchi morfilyatlar xosil qiladi. Ishqor eritmalarida morfin xavo kislorodi bilan oksidlanib oksidomorfin xosil qiladi. Texnik morfin kodein, kodein fosfat, dionin, apomorfin gidroxlorid va morfin gidroxlorid ishlab chiqarishda oraliq maxsulot xisoblanadi. Xavoda quritilgan va urug’laridan tozalangan ko’knori mevalari maydalanadi. Xom-ashyo o’lchamlari 5-3 mm bo’lmog’I lozim.
Alkaloidlarnining suvli ekstraktsiyasi. Ekstraktsiyadan oldin xom-ashyo reaktorda bo’ktiriladi, aralashtirilib 5 daqiqa davomida bug’ bilan ishlanadi. Morfin xom-ashyoda organik kislotalar tuzlari ko’rinishida bo’lib, ekstraktsiya suv bilan 80-900 S xaroratda olib boriladi. Ajratmadagi morfin miqdori 0,05-0,04% ni tashkil etadi.
Ekstraktni filtrlash. Ekstraktsiya tugagandan so’ng filtrlanadi. Filtrat adsorberga beriladi. Adsorber sifatida KU-1 kationit smola bilan to’ldirilgan. Kationitlardan morfin 1,5-2,0 % li ammiakning spirtli eritmasidan ekstraktsiya (yuvish) qilib olinadi.
Elyuatdan morfin ajratib olish. Elyuatdan morfin ajratib olish uchun eritma bug’latiladi. Kub qoldiq sulfat kislota bilan ishlanadi. Bunda morfinning sulfat tuzi xosil bo’ladi. Kub qoldiqdagi spirt miqdori 35%, xajm qolguncha bug’latiladi. Spirtli eritmadan morfin 25% li ammiak yordamida cho’ktiriladi. Cho’kmaga tushgan morfin-asos ajratib olinadi va tozalanadi.
Morfinni tozalash. Morfinni tozalash uchun uni sirka kislotaning 2% li eritmasida 500S da eritiladi. Barcha morfin erigandan so’ng eritmaga faollashtirilgan ko’mir qo’shiladi. So’ng sentrifugada filtrlanadi. Filtrat yana 900S gacha isitilib, unga izopropil spirt qo’shiladi. Eritma natriy gidrosulfat yordamida tiniqlashtirilgandan so’ng morfin 12% li ammiak yordamida cho’ktiriladi. Morfinning umumiy chiqish unumi- 45,39 %
Do'stlaringiz bilan baham: |