Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Uslub  boshqaruv  organing  intellektual  salohiyati,  sifatlari,  uning



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

Uslub  boshqaruv  organing  intellektual  salohiyati,  sifatlari,  uning 

individual xususiyatlari bilan belgilanadi. 

 

Rahbarlik uslubi boshqarish metodlari bilan muayyan o‘zaro aloqada bo‘ladi. 

Boshqarish metodi ham boshqarish faolitini amalga oshirish usullari va yo‘llari 

majmuasidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishidan, 

ya’ni boshqarish funksiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. 

Lekin  shuni  e’tiborga  olish  lozimki,  metod  bu  tamomila  ob’ektiv  rahbarga 

bog‘liq  bo‘lmagan  va  mustaqil  tushunchadir.  Uslub,  garchi  u  ham  ta’sir  o‘tkazish 

usullari  majmuasidan  iborat  bo‘lsada,  metoddan  farq  qiladi,  u  yoki  bu  rahbarning 

sub’ektiv, individual xususiyatlari bilan belgilanadi. 

qiyoslash  uchun  shuni  aytish  mumkinki,  musiqa  notasi  hamma  uchun  bir  xil 

bo‘lsa-da, lekin musiqachilarning ijro etish uslub (manera)lari har xildir. 

Buni  quyidagi  misollarda  ko‘rishimiz  mumkin.  Barcha  rahbarlar  xodimlarni 

rag‘batlantirish  maqsadida  boshqarishning  iqtisodiy  metodidan  foydalanishlari 

kerak.  Lekin  ba’zi  rahbarlar  individual  rag‘batlantirishga,  boshqa  bir  rahbarlar  esa 

jamoani  rag‘batlantirishga  ko‘proq  mablag‘  ajratishga  harakat  qiladilar.  Ba’zi 

rahbarlar  chorak  natijalarga,  ikkinchi  bir  rahbarlar  esa  yillik  ish  natijalariga  qarab 

mukofotlashni afzal ko‘radilar. 

Buyruqlar va farmoyishlar chiqarish kabi boshqarishning tashkiliy-ma’muriy 



metodlaridan  ham  rahbarlar  turlicha  foydalanadilar.  Bular  bo‘lmasa  ham  buyruq 

chiqarish  va  aksincha  boshqarish  funksiyalarini  buyruqsiz  ham  muvaffaqiyatli 

bajarish  mumkin.  Buyruq  chiqarib,  uni  nazoratsiz  qoldirish  ham,  uning  bajarilishi 

ustidan aniq va amaliy nazorat o‘rnatish ham mumkin. 

Shunday  qilib,  muayyan  metodlarni  amalga  oshirishga  har  xil  rahbarlar  o‘z 

indivudual uslublari bilan yondoshadilar. 

Shu  bilan  birga,  rahbarlik  uslubi  butunlay  indivudual  asosga  ega  deb  qarash 

noto‘g‘ri  bo‘lur  edi.  Rahbarlik  uslubiga  boshqarish  qonunlari  va  tamoyillari, 

rahbarlarga  bo‘lgan  yagona  talablar,  jamoadagi  sotsial-psixologik  muhit,  yuqori 



447 

 

rahbarlarning  boshqarishda  qo‘llaniladigan  usullari  kabi  ko‘pgina  ob’ektiv  omillar 



ta’sir ko‘rsatadi. Demak, har bir rahbarning faoliyatida rahbarlik uslubining sub’ektiv 

va ob’ektiv unsurlari aralashib ketadi. Sub’ektiv unsurlar rahbarning: 

*  ishchanlik va shaxsiy sifatlari; 

*  mijozi, qobiliyati va qiziqishi; 

*  bilimi, ko‘nikma va mahorati; 

*  tadbirkorligi va tashabbuskorligi kabi fazilatlarida namoyon bo‘ladi. 

 

3. Rahbarlik  uslubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi mohiyati. Avtokratik 



rahbarlar, liberal rahbarlar, demokratik rahbarlar.   

Rahbarlarning  ishchanlik  va  ma’naviy-madaniy  xislatlarini  baholash  amaliyoti 

shuni ko‘rsatadiki, bunda birinchi o‘rinda e’tiqodlilik, topshirilgan ish uchun shaxsan 

javobgarlikni  his  qilish,  hololik,  vijdonlilik,      kishilarga  nisbatan  mehribonlik  va 

e’tibor bilan munosabatda bo‘lish turadi. Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul 

qilish qobiliyati, shaxsan intizomli bo‘lish, mehnat sevarlik, tashkilotchilik qobiliyati, 

jamoada intizomni yo‘lga qo‘yishi va saqlay bilish qobiliyati juda yuksak baholanadi. 

Rahbarlik  uslubi  belgisi  va  bo‘yisinuvchilarga  nisbatan  munosabatga  qarab 

barcha rahbarlarni quyidagi uch turga bo‘lish mumkin. 


Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish