Masofadan turib ishlash. “Ivi Gelb SCAN Health Plan” kompaniyasida
menejer bo’lib ishlayotganligida, o’z ishiga borib kelish uchun ertalab va kechqurun
jami 1,5 soat vaqt sarflar edi. Hozirda esa, u o’z garajini ofisga aylantirib oldi va endi
masofadan turib ishlamoqda. U kompaniya ofisiga borishiga to’g’ri kelgan kunlarda,
u o’z joyini o’ziga bo’ysunuvchi, o’zgaruvchan vaqt asosida ishlovchi 3 ta xodimi
bilan bo’lishadi. Texnologiya bugungi kunda masofadan turib ishlashga imkon
bermoqda va tashqi ta’sirlar tufayli ko’pgina tashkilotlar bunga majbur bo’lmoqdalar.
Masofadan turib ishlash – bu ishchining o’z uyidan turib, ish joyiga kompyuter orqali
bog’lanib ishlashidir. Garchi barcha ishlarni bu shaklda tashkil qilishning iloji
bo’lmasada, ko’pgina ishlarni bu tarzda tashkil qilish mumkindir.
Masofadan turib ishlash ko’pchilik ishchilar uchun o’ziga xos sovg’a bo’lishi
mumkin, ammo bunday ish hammaga ham taklif qilinavermaydi. Hozirda esa,
ko’pchilik kompaniyalar uchun masofadan turib ishlash biznes uchun ehtiyojdir.
Masalan, SCAN Health Plan kompaniyasida,kompaniyaning bosh hisobchisi
aytishiga qaraganda, qo’shimcha ishchilarni masofadan turib ishlash asosida ishga
olish ko’shimcha o’zgarmas xarajatlar (qo’shimcha ofis xonalari, jihozlar) paydo
bo’lishining oldini oldi. Qo’shimchasiga, bu qimmat yoqilg’i xarajatlaridan qochish
va ko’proq erkinlik xohlovchi iqtidorli ishchilarni jalb qilish imkonini berdi.
Buning ochiqchasiga qo’llanilishiga qaramasdan, ko’pchilik menejerlar
ishchilarning
noutbuklarga
bog’lanib
qolishlariga
qarshidirlar.Ularning
ta’kidlashicha, ishchilar ko’proq vaqtini internetni titkilash yoki onlayn o’yinlar
o’ynash bilan o’tkazib yuboradilar. Natijada esa, ular o’z mijozlari va ish joylaridan
uzoqlashib boradilar. Buning ustiga, menejerlarning o’zida bunday ishchilarni
nazorat qilish uchun aniq javob yo’qdir.Qanday qilib ishchi bilan yuzma-yuz
uchrashmasdan turib uning ishonchini qozonish mumkin? Agar ish rejalari o’z
vaqtida bajarilmasa nima bo’ladi? Qanday qilib ularga ishni yaxshilash uchun
maslahatlar bera olasiz? Yana bir muammo esa kompaniyaning sirlari ishchilar uydan
turib ishlayotganda ham sirligicha.
Ishchilarni o’ylantiradigan asosiy jihat esa, ishdan chetda qolib ketishdir. O’z
ishchilarini dunyoning turli burchaklarida joylashtirgan Accenture kompaniyasi
kadrlar bo’limi boshlig’ining ta’kidlashicha, bunday sharoitda jamoaviy ruhni ushlab
turish juda qiyindir. Shunga qaramasdan, kompaniya ishchilarning mazkur
437
kompaniyaga tegishli ekanligi hissini saqlab qolish uchun turli xil dasturlar ishlab
chiqmoqda. Bundan tashqari, endilikda masofadan turib ishlovchi ishchilar uchun uy
va ish o’rtasidagi masofa noaniqdek ko’rinishi va bu ularni asabiylashtirishi mumkin.
Menejerlar masofadan turib ishlovchi ish o’rinlarini taklif qilayotganida aynan mana
shu narsalarni inobatga olishlari kerak.
Xo’sh, agar tashkilot o’z ishchilarini masofadan turib ishlashga undamoqchi
bo’lsa, buning uchun qanday choralar qabul qilishi kerak? Eng avvalo, ular
ishchilarni masofadan turib ishlashga ko’ndirishlari kerak. Masalan, SCAN Health
Plan kompaniyasi ishchilarning uylarida
yuqori tezlikda ishlovchi internet va bepul
ofis mebellarini taklif qilishdi. Boshqa
ishchilarga esa ularning yoqilg’i va
tushlikdan pul tejab qolishlari mumkinligi
eslatib o’tildi. Yana ba’zi kompaniyalar
ularning yo’l uchun yoqilg’i sarflamasligi
ekologiya uchun foydali ekanligiga urg’u
bermoqdalar. Ishchilarni boshqarish esa
ularni o’z ish joylariga bog’langan ekanligini
tushuntrish bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |