Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti ismailova Nasiba Komildjanovna



Download 472 Kb.
bet1/37
Sana04.05.2023
Hajmi472 Kb.
#934951
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Davlat xaridi


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI





Ismailova Nasiba Komildjanovna
DAVLAT XARIDI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIMNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA

(sirtqi ikkinchi oliy ta’lim shakli uchun)





T OSHKENT–2021


Ismailova N.K., “Davlat xaridi” fanidan mustqil ta’limni tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻrsatma. (sirtqi ikkinchi oliy ta’lim shakli uchun) – T.: TMI, 2021 y. – __ b.
Ushbu uslubiy koʻrsatma sirtqi ta’limning 5230700 – “Bank ishi” ta’lim yoʻnalishida “Davlat xaridi” fanini oʻrganuvchi talabalar uchun moʻljallangan. Uslubiy koʻrsatma mavzu yuzasidan tayanch konspekt, savollar, topshiriqlarlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, “Davlat xaridi” fanini chuqurroq oʻrganishga yordam beradi.
Uslubiy koʻrsatma “Davlat xaridi” fanini o‘rganuvchi talabalar bilan bir qatorda ushbu fan bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi pedagog-xodimlar uchun ham moʻljallangan.
Ushbu uslubiy koʻrsatma Toshkent moliya instituti O‘quv-uslubiy Kengashida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. (2021 yil “__” sentabrdagi № _/__ son qarori).



Taqrizchilar:






Chinqulov Q.R.

TMI, “Moliya-kredit” kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Vasiyev A.S.



TMI, “Moliya-kredit” kafedrasi katta oʻqituvchisi




KIRISH
KIRISH


Pandemiya sharoitida byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo‘lgan korporativ tashkilotlarning mablag‘laridan tejamkorlik asosida foydalanish, ular ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovar (ish,xizmat)larni raqamli elektron axborot tizimlari orqali tashkillashtiriladigan savdolar orqali amalga oshirish byudjet va korporativ byurtmachilar mablag‘laridan oqilan foydalanish imkonini beradi.
Byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanishga samarali davlat xaridi tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki, davlat byudjeti mablag‘larining katta qismi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tasdiqlangan ehtiyojlarini tovar, ish, xizmatlar bilan ta’minlashga sarflanadi.
Davlat xaridlarini samarali tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalarining mablag‘lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalardan mablag‘ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga erishishdir.
Bu maqsadga erishish uchun bo‘lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, ya’ni talabalarda davlat xaridining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va mexanizmi, xaridni tashkil etish tartib-taomillari, davlat xaridlariga oid umumiy talablar, davlat xaridini takomillashtirishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning istiqbol yo‘nalishlari, xorijiy davlatlarning davlarini tartibga solish tizimini o‘rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ilg‘or tajribalarini o‘zimizning amaliyotga tadbiq etish borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Oliy ta’limning sirtqi 5230700 – “Bank ishi” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar kelajakda bank moliya tizmi organlari (moliya, g‘aznachilik, pensiya, tijorat baklari xamda moliyaviy munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha javxalar)da, byudjet tashkilotlarida, yoki byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalardan mablag‘ oluvchi boshqa tashkilotlarda, davlat ulushu 50 % va undan yuqori bo‘lgan korporativ tuzilmalarda mehnat faoliyatini yuritgalarida davlat xaridi tizimining bevosita yoki bilvosita ishtirokchisi bo‘ladilar. Shu bois, bo‘lajak mutaxassislarni mazkur tizim bo‘yicha etarlicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish maqsadida mazkur ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga “Davlat xaridi” fani kiritilgan. Bu fanni o‘qitishni zaruriyatini davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalarining, davlat ulushu 50% va undan yuqori bo‘lgan korporativ tuzilmalar mablag‘laridan oqilona va tejamkorlik asosida foydalanishni ta’minlash, ular ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni optimal narxda va mukammal sifatda sotib olinishi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarda bilim va amaliy ko‘nikma hosil qilish bilan izohlash mumkin.Maskur o‘quv majmua aynan mana shu maqsadga xizmat qiladi.
Ushbu uslubiy koʻrsatmada “Davlat xaridi” fanining predmeti, obyekti, metodi va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi, davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uni iqtisodiyotga ta’siri, davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari, davlat xaridini tashkil etish modellari va shakllari, davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar, elektron do‘kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion, tanlov savdolari, tender orqali davlat xaridlarini amalga oshirish, yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari, xarid qilish tartib-taomillarini monitoring va nazorat qilish, davlat xaridini tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurash, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari, davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‘z aksini topgan. “Davlat xaridi” fanini chuqur o‘rganish davlat xaridlari tizimida mavjud muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.




  1. Download 472 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish