Induktivlik. Bio – Savar – Laplas qonuniga binoan, berk kontur bo’ylab oqadigan elektr toki hosil qiladigan magnit oqimi tok kuchiga proporsional bo’ladi, ya’ni:
bu yerda L – proporsionallik koeffitsiyenti bo’lib, konturning induktivligi deyiladi.
Induktivlik deganda, konturdan bir birlik tok oqib o’tganda yuzaga keladigan magnit oqimi tushuniladi va u konturning shakli, o’lchamlari va kontur joylashgan muhitning magnit singdirvchanligiga bog’liq.
SI sistemasida induktivlikning o’lchov birligi
5. O’zaro induksiya. O`zaro induksiya hodisasi shundan iboratki, biror konturdagi tokning kuchi o`zgarganda bu tokning o`zgaruvchan magnit maydoni qo`shni konturlarda E.YU.K. ni hosil qiladi. Ikkita (1 va 2) konturlarni olaylik.
Konturdagi tok kuchi I1 bo`lsin. Bu tok hosil qilayotgan magnit induksiya oqimi F tok kuchi I1 ga proporsional bo`ladi. Ф oqimning 2 konturni kesib o`tayotgan qismini Ф21 bilan belgilasak, u vaqtda
Ф21 = L21 . I1
1-konturdagi tok kuchi I1 o`zgarsa, F21 ham o`zgarib 2-konturda 2 E.YU.K hosil bo`ladi. Bu kattalik:
2 = - dФ21/dt
Agar konturning o`lchamlari, bir-birlariga nisbatan vaziyatlari o`zgarmasa, L21 koeffitsiyent o`zgarmas bo`ladi va
dФ21/dt = L21 (dI1/dt),
bo`ladi
2 = - L21 (dI1/dt)
L21 koeffitsent 2 kontur bilan 1 konturning o`zaro induksiya koeffitsiyenti deyiladi.
6. Magnit maydon energiyasi va uning zichligi. Tok oqayotgan o`tkazgichlar atrofida doimo magnit maydon hosil bo`ladi va tok o`tishi to`xtashi bilan magnit maydoni ham yo`qoladi. Demak, tok energiyasining ma`lum bir qismi o`tkazgich atrofida magnit maydonni hosil qilishga sarflanadi.
Induktivligi L bo`lgan konturdan I tok kuchi oqayotgan bo`lsin. O`tkazgich atrofidagi oqim tokka proporsional bo`ladi, ya`ni dФ=L.dI. Magnit oqimi dФ ga ortishi uchun dA = IdФ = LIdI ish bajariladi. U holda Ф magnit oqimini hosil qilishda bajarilgan ish quyidagicha bo`ladi:
.
Kontur bilan bog’liq bo`lgan magnit maydonning energiyasi .
Solenoid ichida hosil bo`lgan magnit maydon energiyasi
bu yerda Sl = V solenoid hajmi. Solenoid hosil qilgan magnit maydon bir jinsli bo`lib, solenoid o`rtasida yig’ilgani uchun maydonning hajmiy zichligi
kattalik bilan ifodalanadi.
Elektromagnit induksiya
Ersted elektr tok magnit maydonni vujudga keltirishini aniqlangandan so‘ng, ko‘pchilik olimlar teskari effektni qidira boshlashdi, ya’ni magnit maydon elektr tokni vujudga keltirmasmikan, degan savolga javob qidira boshlashdi.
1831 yilda inglis fizigi Faradey ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida elektromagnit induksiya hodisasini ochish sharafiga muyassar bo‘ldi. O‘ magnit maydonda bajarilgan mexanik ish hisobiga elektr tokini olish mumkinligini isbotlab, hozirgi zamon elektrotexnikasiga asos soldi.
Faradeyning elektromagnit induksiya hodisasiga bag‘ishlangan tajribalarini ko‘rib chiqamiz.
1. Agar magnit berk kontur g‘altagi ichiga kiritilsa yoki chiqarilsa (1-rasm), shu magnit kiritilayotgan va chiqarilayotgan paytida berk konturda tok hosil bo‘ladi, bu tok induksion tok deyiladi. Agar magnitni g‘altakka kirita boshlasak – galvanometr strelkasi bir tomonga, agar magnitni g‘altakdan chiqara boshlasak, strelka boshqa tomonga og‘adi. Binobarin, induksion tok yo‘nalishi magnit harakatining yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi.
G
N
S
1-rasm
2. Agar izolyatsiyalangan simdan qilingan ikki g‘altakni yonma-yon qo‘yib, ulardan biriga galvonometr ulab, birinchi g‘altakdagi tok kuchini reostat bilan o‘zgartirsak, tokning o‘zgarishi protsessida ikkinchi g‘altakda induksion tok hosil bo‘ladi. (2-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |