Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 1,82 Mb.
bet6/123
Sana31.03.2023
Hajmi1,82 Mb.
#923389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Identifikatsiya turlari. Qoʻyilgan maqsadlarga bogʻliq holda identifikatsiyaning quyidagi turlari farqlanadi: isteʼmolga moʻljallangan identifikatsiya; tovar turkumini identifikatsiyalash; assortiment boʻyicha identifikatsiyalash; sifatni identifikatsiyalash; navni identifikatsiyalash; maxsus identifikatsiya.
Isteʼmolga moʻljallangan identifikatsiya u yoki bu oziq-ovqat mahsulotidan inson isteʼmol qilishi uchun foydalanish imkoniyatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Chunki koʻpgina oʻsimlik mahsulotlari oziq-ovqat uchun ham, molga yem sifatida xam, texnik jihatdan qayta ishlash uchun ham yetishtiriladi.
Masalan, bugʻdoy Respublikamizda yetishtiriladigan asosiy ekinlardan biri boʻlib, uning asosiy qismi oziq-ovqatga ishlatiladi, tarkibida kleykovinasi kam boʻlgan va yomon sifatli qolgan qismi esa chorva mollar va parrandalarni boqishga sarflanadi.
Kartoshka barcha hududlarimizda yetishtiriladigan ekin boʻlib, spirt, kraxmal ishlab chiqarish, chorva mollarni boqish uchun ishlatiladi, xamda oziq-ovqat maqsadlariga sarflanadi.
Kasal chorva mollar goʻshti yo sanoat usulida qayta ishlashga, yoki goʻsht-suyak uni tayyorlashga ishlatiladi, yo boʻlmasa yoqib yuboriladi.
Shu tariqa isteʼmolga moʻljallangan identifikatsiya odam isteʼmol qilishi uchun moʻljallanmagan mahsulotni bozorlarga kiritmaslik imkonini beradi.
Tovar turkumini identifikatsiyalash – juda murakkab faoliyat turlaridan biri boʻlib, uning jarayonida taqdim etilgan tovar qismining (umumlashtirilgan namunaning, oʻrtacha namunaning, yagona nusxalarning) biron-bir tovar turkumiga mansubligi aniqlanadi. Qiyinchilik shundaki, koʻpchilik hollarda identifikatsiyalash uchun mezonlar boʻlmaydi yoki ular unchalik ishonchli boʻlmaydi. Muayyan nomdagi tovarning, masalan bitta non zavodi, biroq uning turli smenalari tomonidan oliy nav undan va/yoki turli yetkazib beruvchilarning unidan ishlab chiqarilgan bugʻdoy nonining mansubligini aniqlash juda qiyin.
Chet elda tovarning idishiga yoki tovarning oʻziga tovarni, shu jumladan uning aniq bir tovar turkumiga mansubligini ham identifikatsiyalash imkonini beradigan muayyan axborotni yozib qoʻyishga urinishlar boʻlmoqda.
Assortimentni (xilni) identifikatsiyalash — tovarning nomi unga qoʻyiladigan talablarga sabab boʻluvchi assortimentga mansubligi boʻyicha muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Identifikatsiyalashning bu turi baholash faoliyatining hamma turlarida tovar oʻzining nomiga mosligini tasdiqlash uchun qoʻllaniladi, ammo u bojxona identifikatsiyasi chogʻida TIF TN boʻyicha kodni aniqlash va tovarni sertifikatlash uchun alohida ahamiyatga ega.
Navni identifikatsiyalash – assortimentni identifikatsiyalash oʻtkazilganidan keyin tovarning u yoki bu nav uchun meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan sifat talablariga mosligini aniqlashdir.
Identifikatsiyaning bu turi yoʻl qoʻyib boʻladigan va yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan kamchiliklar mavjudligini, shuningdek bosilgan tamgʻada va/yoki ilova hujjatlarda koʻrsatilgan tovar naviga muvofiqlikni aniqlash imkonini beradi.
Agar standart mahsulot tovar navlariga boʻlinsa, bunday identifikatsiyada tovar sifatining darajasi: oliy nav, 1-nav, 2-nav, 3-nav va hokazolar aniqlanadi. Shuningdek buyumning qoʻyilgan tamgʻada yoki ilova hujjatlarda koʻrsatilgan tovar naviga muvofiqligi jihatidan navi aniqlanadi. Navga nomuvofiqlik aniqlangan hamda identifikatsiya natijalari boʻyicha salbiy javob olingan taqdirda assortimentni qalbakilashtirish turi – navlar aralashtirib yuborilganligi qayd etiladi.
Maxsus identifikatsiya — muayyan buyumning sotish uchun talab qilingan tovarlar roʻyxatiga, yohud u yoki bu cheklovlarga (kvotalash, litsenziyalash va shu kabilar) ega boʻlgan tovarlarga munosabatini aniqlashdir.
Maxsus identifikatsiyaga baʼzi mahsulotlarning genetik modifikatsiyalangan xom ashyodan tayyorlangan buyumlarga mansubligini aniqlash ham kiradi.
Identifikatsion ekspertizani oʻtkazish uchun identifikatsiya maqsadlarida foydalaniladigan u yoki bu muhim koʻrsatkichlarni bilib olish imkonini beradigan xilma-xil axborot manbalari boʻlishi shart.
Identifikatsiyaning axborot manbalari. Tovarlarni identifikatsiyalashning axborot manbalari jumlasiga sifat koʻrsatkichlarini belgilab beruvchi, identifikatsiya maqsadlari uchun foydalanish mumkin boʻlgan meʼyoriy hujjatlar (standartlar, tashkilot standartlari, qoidalar va boshqalar), shuningdek texnik hujjatlar, shu jumladan tovar-ilova sertifikatlari (yuklama xatlar, sertifikatlar, sifat guvohnomalari, ishlatish boʻyicha qoʻllanmalar, pasportlar va shu kabilar) kiradi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilganidek, oziq-ovqat mahsulotlarini identifikatsiyalash vaqtida eng muhim axborot manbai tamgʻalash boʻlib, u identifikatsiya maqsadlari uchun yaroqli axborotni oʻzida saqlaydi.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish