Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 1,82 Mb.
bet42/123
Sana31.03.2023
Hajmi1,82 Mb.
#923389
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

4. Nobud boʻlgan yoki chaqmoq urib oʻlgan, choʻkib ketgan, boʻgʻilib qolgan, sillasi qurigan, oftob urishdan halok boʻlgan va boshqa hayvonlarning goʻshti. Hayvonlar yo kasalliklar tufayli (asosan yuqumli kasalliklar tufayli), yoki turli tasodifiy holatlar, masalan, umurtqa pogʻonasining sinishi, miya chayqalishi, choʻkish, chaqmoq urishi va mutlaqo sogʻlom organizm boshiga tushadigan va tez nobud qiladigan boshqa mexanik sabablar tufayli oʻladi. Bunday hayvonning goʻshti albatta isteʼmoldan chiqarilishi kerak. Biroq shuni aytish zarurki, bunday umumiy va qatʼiy talab, prinsipial nuqtayi nazardan qaraganda, birmuncha oshirib yuborilgan, deb eʼtirof etilishi kerak. Shubhasiz, har bir oʻlgan hayvonning goʻshti isteʼmolchi uchun haqiqatan xavfli boʻlavermaydi. Masalan, hayvon mexanik sabablar tufayli oʻlib, jasadi ichki aʼzolari olinmagan holda uncha koʻp (6 soatdan kamroq) yotmagan va shundan keyin qassob tomonidan maydalangan hollarda bunday goʻsht murda goʻshti deb hisoblanadi va arzon (qimmati yoʻq) goʻsht sifatida sotuvga chiqarilishi mumkin emas.
Tasodifan (sabablaridan qatʼi nazar) halok boʻlgan hayvonlarning eng avvalo goʻsht uchun ataylab soʻyiladigan hayvonlardan bitta asosiy farqi boʻladi. Tasodifan oʻlgan hayvonda qonning hammasi yoki deyarli hammasi tanasida qoladi, holbuki, soʻyilgan hayvonlar qoni tamomila chiqarib tashlanadi. Odatda tasodifiy sabablar tufayli oʻlgan hayvonni buzishga darhol kirishilmaydi. Koʻpincha hayvon oʻlganidan boshlab, uni buzishga kirishilguncha ancha vaqt oʻtadi. Bu vaqt ichida qonning bir qismi ivib qolgan, gipostaza paydo boʻlib ulgurgan boʻladi va, binobarin, hayvon tanasidan qonni batamom chiqarib yuborish haqida soʻz ham boʻlishi mumkin emas. Bunday holat shunday alomatlarga asos boʻladiki, biz shu belgilarga qarab nobud boʻlgan hayvonlardan olingan goʻshtni tanib qolamiz

Bunday goʻsht quyidagi alomatlari bilan ajralib turadi:


1) hamma ichki aʼzolar, ayniqsa jigar va taloq qonga toʻlganligiga;
2) seroz pardalari, masalan qobirg’a plevrasi, qorin pardasining gipostazalariga;
3) teri ostidagi venalar qonga toʻlganligiga;
4) goʻshtning namligiga, uning to’qqizil rangiga, tomirlari qonga toʻlganligi yaqqol koʻrinib turganligiga (barmoq tekkizilganida u qonga belanadi); gʻovak suyaklarga qon singib ketganligiga;
5) boʻynida jarohat (soʻyilib, jarohat chetlari va uning atrofidagi joylarda oqib qolgan qon) yoʻqligiga;
6) buzilish tez boshlanganligiga (goʻshtning chirish jarayonlari ancha tezlashadi).
Bu alomatlar organizmda qancha koʻp qon ivib qolsa, shuncha aniq koʻrinadi, va, aksincha, hayvonlar oʻlim talvasasiga tushganida soʻyib yuborilgan yoki oʻlgan zahoti (ayniqsa mexanik sabablar taʼsir etganidan keyin) nimtalangan, ancha miqdorda qonni chiqarib tashlashga va shu bilan tabiiy oʻlim alomatlarini bartaraf etishga muvaffaq boʻlingan hollarda yuqorida sanab oʻtilgan alomatlar aniq koʻrinmasligi mumkin. Yuqorida tasvirlangan alomatlarni mayda goʻsht boʻlaklarida sezish nimtalarda sezishga qaraganda ancha qiyin boʻlishi ham tushunarli, buning ustiga ular bilan bir vaqtda aʼzolar ham koʻzdan kechirilganida, yaʼni hamma alomatlarni oʻziga xos jamlangan holatda koʻrish mumkin boʻlganida.
5.Majburan oʻldiriladigan hayvonlar goʻshti. Mutlaqo sogʻlom hayvon ustiga bexosdan biron-bir mexanik kuch bostirib tushib, shu tufayli u mayib boʻlib qoladigan, masalan, boʻgʻimlar chiqib ketadigan, oyoqlari sinadigan va tanaga boshqa ogʻir jarohatlar yetadigan hollar uchrab turadi. Mana shu baxtsiz hodisalarning hammasida nima boʻlishini oldindan aytib berish odatda shu qadar noxush boʻladiki, hayvonning egasi uning narxini butunlay qoʻldan chiqarmaslik uchun hayvonni goʻshtga soʻyib yuborishga hech ikkilanmay qaror qiladi. Mutlaqo sogʻlom hayvon hech kutilmaganda sanchiq, ichak buralib qolishi, gazdan qorin shishishi va boshqa kasalliklar bilan ogʻrib qoladigan yoki bachadonda homila notoʻgʻri joylashganligi oqibatida tugʻa olmaydigan va boshqa hollarda ham shunday qaror qabul qilinadi. Shunga oʻxshash hollarning barchasida hayvonni tuzatishga hech qanday umid qolmagach, uning egasi odatda hayvonni goʻshtga soʻyib yuboradi.
Koʻpincha hayvonlar soʻyish uchun aravalarda keltiriladi, “arava hayvoni”degan texnik atama ana shundan kelib chiqqan, soʻyishning oʻzi “majburiy” deb ataladi.
Agar yuqorida nobud boʻlgan hayvonlar goʻshti haqida soʻz borganida, ularni sotuvga chiqarishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi aytilgan boʻlsa, bevaqt soʻyilgan hayvonlar goʻshti bakteriologik tekshirishdan keyin ishlatiladi. Goʻshtda salmonellez boʻlgan taqdirda, u konserva ishlab chiqarishga, bunday ishlab chiqarish boʻlmagan taqdirda kolbasa ishlab chiqarishga yuboriladi. Aslini olganda, bunday hayvonlar sanoat usulida soʻyilib, nimtalanadigan hayvonlardan deyarli mutlaqo farq qilmaydi.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish