Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash vositalari



Download 1,82 Mb.
bet86/123
Sana31.03.2023
Hajmi1,82 Mb.
#923389
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

4.3. Nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash vositalari

Nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalashda baholash faoliyatining turli xillari uchun mushtarak boʻlgan vositalardan foydalaniladi. Nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalash vositalari bajaradigan vazifalari boʻyicha ikki guruhga: tovarlar toʻgʻrisidagi axborot vositalariga va moddiy-texnika vositalariga boʻlinadi (2-rasm).





2-rasm. Nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash vositalarining tasnifi


Tovarlar toʻgʻrisidagi axborot vositalari. Axborot – taqdim etilish shaklidan qatʼi nazar shaxslar, buyumlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.


Hujjat – moddiy vositada qayd etilgan, identifikatsiyalash imkonini beradigan rekvizitlari boʻlgan axborot. Hujjatlar nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalashning gʻoyat muhim vositalari jumlasiga kiradi va meʼyoriy, texnik hamda texnologik hujjatlarga boʻlinadi.
Hujjatni identifikatsiyalash imkonini beradigan asosiy rekvizitlar hisobga olish yoki qayd etish raqami, shuningdek tashkilotning nomi va hujjatni tasdiqlovchi vakolatli shaxsning lavozimi, tashkiloti, familiyasi, ismi hamda otasining ismi koʻrsatilgan imzosidir. Hujjatda uning tasdiqlangan sanasi boʻlishi kerak.
Meʼyoriy hujjat - muayyan faoliyat turlari yoki ularning natijalariga taalluqli boʻlgan qoidalarni, umumiy prinsiplarni, taʼriflarni oʻz ichiga olgan, isteʼmolchilarning keng doirasi foydalanishi mumkin boʻlgan hujjat. Meʼyoriy hujjatlar jumlasiga davlat, tarmoq standartlari, mintaqaviy standartlar va tashkilot standartlari kiradi.
Texnik hujjat – tovarning harakatlanishi jarayonida uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan tovarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi konkret axborotni oʻz ichiga oluvchi hujjat. Ushbu hujjatning asosiy vazifasi – tovar harakatining hamma bosqichlarida tovarlar va tovar turkumlarining identifikatsiyalanishini va kuzatib borilishini taʼminlashdan iborat.
Bu nostandart tovarlar aniqlanib, nuqsonlar paydo boʻlishining sabablarini topish zarur boʻlganida, jiddiy nuqsonlar aniqlangan hollarda esa konkret tovar turkumidan tovarlarni olib qoʻyish zarur boʻlganida tovarshunos-ekspertning ishini yengillashtiradi.
Ushbu hujjatlardagi axborot yaxshilab tahlil qilinishi hamda foydalanish hujjatlarida, shuningdek bosilgan tamgʻada takrorlangan axborotga taqqoslash yoʻli bilan tekshirilishi kerak.
Texnologik hujjatlar mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, saqlash va tashish bilan bogʻliq texnologik jarayonlar toʻgʻrisidagi axborotni uzatish va saqlashga moʻljallangan.
Ular jumlasiga texnologik yoʻriqnomalar, ayrim guruhlarga mansub tovarlarni saqlashga doir yoʻriqnomalar, tovarlarni miqdori va sifati boʻyicha qabul qilib olishga doir yoʻriqnomalar kiradi.
Tamgʻa – idishga yoki tovarga bosiladigan, tovarni yoki uning ayrim xossalarini identifikatsiyalashga moʻljallangan matn, shartli belgilar yoki rasmlar, ushbu axborotni isteʼmolchiga yetkazish vositasi.
Tamgʻa ramzlar yordamida tovar haqida axborot berishi kerak. Masalan, tikuvchilik mahsuloti uchun tayyorlovchi korxona tovar belgisining tasviri, tayyorlovchi korxonaning nomi va joylashgan yeri, mahsulotning nomi, standart raqami, tovarning isteʼmol xususiyatlari, artikuli, navi, narxi, korxona texnik nazorat boʻlimi nazoratchisining raqami va boshqalar odatdagi tamgʻa maʼlumotlari boʻladi.
Qayerga bosilganligiga qarab ishlab chiqarish tamgʻasi va savdo tamgʻasi farqlanadi:
1) ishlab chiqarish tamgʻasi – tayyorlovchi tomonidan tovarga yoki idishga tushirilgan matn, shartli belgilar yoki rasm va boshqa axborot vositalari;
2) savdo tamgʻasi — sotuvchi tomonidan tovar yoki kassa cheklariga, idishga yoki tovarga tushirilgan matn, shartli belgilar yoki rasm.
Nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalashda quyidagi adabiyotdan foydalaniladi.
Oʻquv adabiyoti – asosiy mazmunini ilmiy va maʼlumotnoma ruhidagi axborot unsurlariga ega boʻlgan oʻquv axboroti tashkil etadigan nashrlar.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish