Masala1. Baxtsiz hodisadan sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bazaviy sug‘urta
mukofoti – 30000 so‘m, shartnomaning kunlar bo‘yicha amal qilish davri – 365 kun, shartnoma kuchga kirgan kundan hisobot kunigacha bo‘lgan kunlar soni – 85 kun. Ushbu sug‘urta shartnomasi bo‘yicha ishlab topilmagan sug‘urta mukofotini “pro rata temporis” usuli asosida toping?
J: Hni = Bpi x ((Ti – Mi) : Ti)
Bunda
Hni – Aniq shartnoma bo‘yicha ishlab topilmagan sug‘urta mukofoti
Bpi - aniq shartnoma bo‘yicha bazaviy sug‘urta mukofoti
Ti - aniq sug‘urta shartnomasining kunlar bo‘yicha amal qilish davri
Mi – aniq sug‘urta shartnomasining kuchga kirgan kunidan hisobot kunigacha bo‘lgan kunlar soni
Demak
Hni = 30000 x ((365 – 85) : 365) = 22800 so‘m
Masala 2. Sug‘urtalovchi odatda sug‘urta zahiralarini hisoblashda bir vaqtning o‘zida qayta sug‘urtaga berilgan shartnomalar bo‘yicha qayta sug‘urtachining mazkur zahiradagi ulushini ham hisoblab boradi. Bu hisob har bir alohida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha hisoblanadi. N sondagi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta shartnomasining brutto mukofoti -500 000 so‘m, qayta sug‘urta shartnomasi bo‘yicha olingan komission mukofot – 100 000 so‘m, sug‘urtalovchi tomonidan shakllantirilgan ishlab topilmagan mukofot zahirasi – 300 000 so‘m, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bazaviy sug‘urta mukofoti – 800 000 so‘m.
Qayta sug‘urtachining ishlab topilmagan mukofot zahirasidagi ulushini toping?
J: Dp = ((Bpp - Kvp) x Sr) : Bsp
Bunda
Dn – (qayta sug‘urtachining ishlab topilmagan mukofot zahirasidagi ulushi)
Bpp – (sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta shartnomasining brutto mukofoti) = 500 000 so‘m
Kvp – (sug‘urta shartnomasi bo‘yicha olingan komission mukofot) = 100 000 so‘m
Sr – (sug‘urtalovchi tomonidan shakllantirilgan ishlab topilmagan mukofot zahirasi) = 300 000 so‘m
Bsp – (sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bazaviy sug‘urta mukofoti) = 800 000 so‘m.
Demak
Dn = ((500 000 – 100 000) x 300 000) : 800 000 = 150 000 so‘m
Masala 3. Sug‘urtalovchi odatda sug‘urta zahiralarini hisoblashda bir vaqtning o‘zida qayta sug‘urtaga berilgan shartnomalar bo‘yicha qayta sug‘urtachining mazkur zahiradagi ulushini ham hisoblab boradi. Bu hisob har bir alohida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha hisoblanadi. N sondagi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta shartnomasining brutto mukofoti -400 000 so‘m, qayta sug‘urta shartnomasi bo‘yicha olingan komission mukofot – 90 000 so‘m, sug‘urtalovchi tomonidan shakllantirilgan ishlab topilmagan mukofot zahirasi – 200 000 so‘m, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bazaviy sug‘urta mukofoti – 700 000 so‘m.
Qayta sug‘urtachining ishlab topilmagan mukofot zahirasidagi ulushini toping?