Masala 2.2. Sedentning manfaati 1 mln y.e. miqdorida o’rnatilgan. Ekssedent 4ta liniyadan iborat. Qayta sug’urtalovchining javobgarlik limiti – 4 mln y.e. Sug’urta shartnomalari D1, D2, D3 va mos ravishda 4 mln y.e. ,5 mln y.e. 6 y.e bo’lgan qayta sug’urtalovchilarning javobgarlik miqdorini aniqlang.
Echish. Sedentning shaxsiy ushlanmasi miqdori 1 mln ga tengligidan, ekssedent shaxsiy ushlanma 4 karrali summadan iborat bo’lsa, shunda qayta sug’urtalovchi quyidagi majburiyatlarni keltiradi:
Shartnoma D1 bo’yicha sessionariy javobgarligi 3 mln y.e.
Shartnoma D2 bo’yicha sessionariy javobgarligi 4 mln y.e.
Shartnoma D3 bo’yicha sessionariy javobgarligi 4 mln y.e.
Javob: 3 mln y.e., 4 mln y.e, 4 mln y.e.
Mulohaza. Agar ekssedent qayta sug’urtalovchi javobgarligi limitini oshirib yuborsa, boshqa qayta sug’urtalovchilar bilan qayta sug’urtalash shartnomalarini tuzish zarur.(ikkinchi ekssedent shartnomalari, uchinchi ekssedent shartnomalri va boshqalar)
Masala 2. 3. Sug’urtalovchi manfaati 1 mln dollarga teng. Sessionariyning javpbgarlik limiti 3 ta liniya. Retrosessionariyning javobgarlik limiti – 5 ta liniya(Sessionariyning yuqori qoplamasi). Sug’urta summasi 8 mln dollarga teng bo’lgan sug’urta shartnomasida tomonlar javobgarligining taqsimlanishini toping.
Echish. Tomonlar javobgarligi quyidagicha taqsimlanadi:
Sedent ulushiga 1 mln dollar (12,5 %)
Sessionariy ulushiga 3 mln dollar (37,5 %)
Retrosessionariy ulushiga 4 mln dollar (50 %)
Javob: 12,5% , 37,5 %, 50% .
Mulohaza. Sug’urta hodisasi yuzaga kelgan holatda sug’urta mukofoti va sug’urta to’lovi tomonlar o’rtasida xuddi shu proporsiyada bo’linadi.
Shuningdek ekssedent shartnomalar turiga ochiq qoplama shartnomasi(ochiq gilam) ham kiradi.
Masala 2.4. Ekssedent zararini qayta sug’urtalash shartnomasi bo’yicha sedent manfaati e mln dollar miqdorida mo’ljallangan, sessionariyning qayta sug’urta qoplamasi limiti esa 2 mln dollar. Sug’urta hodisasi ro’y berishi natijasida sedent sug’urtalanovchiga 4 mln dollar miqdorida sug’urta qoplamasini to’lab berdi. Sessionariyning sedentga to’lab beradigan zarar qoplamasi miqdorini aniqlang.
Echish. Sedentning o’zi 3 mln dollar miqdorida zararni to’lab berishiga tog’ri keladi, sessionariy esa sedent zararining 1 mln dollarini qoplab beradi(1 mln = 2 mln – (4 mln – 3 mln).
Masala 2.5. Ekssedent zararliligini qayta sug’urtalash shartnomasi shartlari bo’yicha qayta sug’urtalovchi sedentga sug’urta to’lovini o’tkazib berishga majbur, agar zararni qoplashda sug’urtalovchining to’lovlari bir yilda 100 % oshib ketsa. Qayta sug’urtalovchining javobgarlilik limiti – 108 %. Bir yilda qayta sug’urtalovchi 40 mln dollarga teng miqdorda sug’urta mukofotini yig’ib oldi, 44 mln dollarga teng miqdorda sug’urta qoplamasi to’ladi. Qayta sug’urtalovchi sedentga qancha summani to’lab beradi?
To’lovlar darajasi = * 100% = 110%
Aniqlangan miqdor qayta sug’urtalovchining javobgarlilik limitidan ortiq.
Shuning uchun qayta sug’urtalovchi sedentga qoplama Sb to’lab berishi kerak va quyidagi formula bo’yicha topiladi:
Sb = 40*(1,08 – 1) = 3,2( mln dollar) Javob: 3,2 mln dollar
Do'stlaringiz bilan baham: |