69
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa
qilib
aytadigan
bo`lsak
qishloq
xo`jaligini
moliyaviy
barqarorlashtirishda banklarning o`rni yuqoridir. Qishloq xo`jaligini kreditlashni
isloh qilishning ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar
sohaning tutgan o`rni, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlash, shu bilan
birga xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida islohotlarni bosqichma-bosqich
amalga oshirib boorish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan
kelib chiqadi.
Respublikamiz qishloq xo`jaligi korxonalari tavakkalchiliklari, shuningdek,
mahsulotlarni bozorga chiqarish va sotish tizimlari samaradorligining pastligi
hamda savdo hamkorlarining ishonchsizligi bilan ham bog`liq.
Shu sababli
bizningcha, ishlab chiqarishda mahsulotni yetishtirish va birlamchi qayta ishlash,
yakuniy mahsulot ishlab chiqarish, ulgurji savdogarlar faoliyati va ulgurji savdo
kabi asosiy bosqichlarni qamrab oluvchi zanjirini shakllantirish zarur. Moliyaviy
institutlar texnologik jarayonning bugungi kunda vertikal boshqaruv (ma`muriy)
munosabatlar bilan bog`lanib turgan yoki institutsional jihatdan yetuk bo`lmagan
bozor munosabatlari doirasida harakat qiluvchi barcha qatnashchilarini pul
munosabatlari bilan bog`lab turishi lozim. Bu jarayonga qishloq xo`jaligi quyi
majmualari korxonalari aksiyalarining banklar tomonidan sotib olinishi ham ijobiy
ta`sir ko`rsatgan, bunda banklar agrar ishlab chiqarish subyektlarining boshqa
investorlar uchun jalb etuvchanligini oshirgan bo`lar edi.
Tijorat banklari
tomonidan qishloq xo‟jaligi korxonalariga berilgan investitsion kreditlarning
ta‟minoti sifatida ijara huquqidan foydalanish mexanizmini yaratish lozim.
Qishloq xo‟jaliklari va qishloq xo‟jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi
korxonalarning xorijiy investitsiyalar va kreditlar bo‟yicha to‟lov yukining
og‟irlashib ketishiga yo‟l qo‟ymaslik maqsadida:
- birinchidan, milliy valyutaning jarayonini kamaytirish lozim;
- ikkinchidan, jalb etilayotgan xalqaro kreditlarning imkon qadar katta
qismini belgilangan foiz stavkalarida olinishi ta‟minlash lozim.
70
Qishloq xo‟jaligini moliyalashtirish maqsadiga yo‟naltiradigan mablag‟larni
to‟g‟ri taqsimlash bo‟yicha 2 xil ilmiy yondashuv tavsiya qilindi:
1–yondashuv. Barcha sub‟ektlar uchun ishlab chiqarish sharoitlariga bog‟liq
bo‟lmagan holda qishloq xo‟jalik ekin maydonining har gektariga bir xil yagona
so‟mmada moliyalashtirish.
2–yondashuvda ishlab chiqarish sharoitlarining
yomonlashib borayotgan
jihatlari hisobga olinadi. Mazkur yondashuv qishloq xo‟jalik sub‟ektlari uchun
afzal hisoblanadi. Chunki bunda qo‟shimcha xarajatlar bilan bog‟liq bo‟lgan
muammolarni
bartaraf
etish
imkoniyati
tug‟iladi. Qishloq xo`jaligini
barqarorlashtirishda bank sarmoyalarini oshirish va ularga jaxon andozalariga mos
ravishda foliyat olib borilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Bizga ma`lumki bizning
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini export qilishdan tushadigan asosiy foyda paxta
hom ashyosiga to`gri keladi. Lekin oxirgi 3 yil mobaynida jahon Liverpool
bozorida savdo qilish bo`yicha taqiq mavjud. Paxta tolasini o`zimizda 70 % dan
ortig`ini qayta ishlasak bu mamlakatimiz uchun iqtisodiy ko`tarilish bo`ladi.
Tijorat banklar tomonidan qishloq xo`jaligiga investitsion kreditlarni hajmini
oshirish asosiy e`tiborni asalarichilik,
pillachilik, mineral o`gitlarga, issiqxona,
baliqchilik, chorvachilik, sut va go`sht mahsulotlari qayta ishlash, intensive bog`
hamda yerning meliorativ holatini yaxshilash uchun suv nasos drenajlarni qurish
uchun yo`naltirish kerak.
Qishloq xo'jalik sohasidagi mavjud kamchiliklar va ularni yechimi, sohasini
rivojlantirish bo'yicha takliflar:
1.
Fermer xo'jaliklari kontraktatsiya shartnomasida belgilangan rejani
bajargunga qadar yetishtirilgan paxta xom-ashyosini 1-sortga va bir xil narxda
tayyorlov tashkilotlari xarid qilishi, rejadan ortiqcha topshirilgan paxta xom-
ashyosi uchun alohida hisob-kitob qilinishi lozim;
2. Davlat ehtiyojlari uchun xarid kilinadigan paxta va g'alla xarajatlarini
moliyalashtirishni fermer xujaliklariga emas, balki buyurtmachi korxonalarni
(O'zpaxtasanoat va O'zdonmahsulot) moliyalashtirish
71
3. Hududlardagi mavjud paxta va g'alla yetishtirish
ekin maydonlarining
hosildorlik darajasi turlicha bo'lib, lekin moliyalashtirish me'yori barcha
xududlarga bir xil qilib belgilangan. Bu esa xosildorligi kam bo'lgan xududlarda
ajratilgan imtiyozli kreditlarning yillar davomida so'ndirilmasdan qolishiga asosiy
sabab bo'lmoqda. Paxta va g'alla yetishtirish xarajatlarini xududlardagi ekin
maydonlarining xosildorlik darajasi yoki ball bonitetidan kelib chiqqan holda
moliyalashtirishni belgilash..
4
. Paxta hosili uchun ajratilayotgan kreditlar kontraktatsiya shartnomasining
60 foizi tashkil qilsa, qo'l terimi uchun ajratilayotgan mablag'lar bilan ushbu
ko'rsatkich qariyib 80-82 foizdan iborat bo'lmoqda. Ushbu holat birinchi navbatda
fermer xo'jaliklarining bank oldidagi kreditlarini so'ndirilmasligiga
sabab
bo'lmoqda. Har bir fermer xo'jaligining yer banitetiga va rejani bajarishiga qarab,
kreditlar paxta qiymatining 50 foizigacha (urug'likni hisobga olgan holda)
ajratilishi taklif etiladi.
5. Paxta tozalash korxonalarini faoliyat doirasini kengaytirish:
Yuqoridagi takliflar ijrosi amalga oshirilsa qishloq xo`jaligi sohasida
rivojlanish jarayoni ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: