3.2. Qishloq xo‟jaligini kreditlashni rivojlantirish yo‟llari
Banklar tomonidan kreditlar qishloq xo'jaligi korxonalariga muddatlilik,
to'lovlilik, ta'minlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida davlat
ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g'alla va paxta xom ashyosi yetishtirish
xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida berilmoqda. Qishloq xo'jaligi
korxonalarini moliyaviy qo'llab quvvatlash sifatini tubdan yaxshilash, qishloq
xo'jaligi sohasini moliyalashtirish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda kreditlashni amalga oshirilishini bugungi
kun taqazo etmoqda. Shu maqsadda qishloq xo'jaligi korxonalarini moliyalashtirish
tizimi butunlay qayta tashkil etilmoqda, jumladan "O'zpaxtasanoateksport" xolding
kompaniyasi tuzildi, soha korxonalari modernizatsiya qilinib, zamonaviy
eksportbop paxta tolasini hamda undan mahsulotlar ishlab chiqish joriy qilindi.
Qishloq xo‟jaliklari va qishloq xo‟jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi
korxonalarning xorijiy investitsiyalar va kreditlar bo‟yicha to‟lov yukining
og‟irlashib ketishiga yo‟l qo‟ymaslik maqsadida:
- birinchidan, milliy valyutaning jarayonini kamaytirish lozim;
- ikkinchidan, jalb etilayotgan xalqaro kreditlarning imkon qadar katta
qismini belgilangan foiz stavkalarida olinishi ta‟minlash lozim.
Qishloq xo‟jaligini moliyalashtirish maqsadiga yo‟naltiradigan mablag‟larni
to‟g‟ri taqsimlash bo‟yicha 2 xil ilmiy yondashuv tavsiya qilindi:
58
1–yondashuv. Barcha sub‟ektlar uchun ishlab chiqarish sharoitlariga bog‟liq
bo‟lmagan holda qishloq xo‟jalik ekin maydonining har gektariga bir xil yagona
so‟mmada moliyalashtirish.
2–yondashuvda ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashib borayotgan
jihatlari hisobga olinadi. Mazkur yondashuv qishloq xo‟jalik sub‟ektlari uchun
afzal hisoblanadi. Chunki bunda qo‟shimcha xarajatlar bilan bog‟liq bo‟lgan
muammolarni bartaraf etish imkoniyati tug‟iladi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat
banki tomonidan Davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va boshoqli don
yetishtirish xarajatlarini dasturiy ta'minot orqali moliyalashtirishni amalga oshirish
va monitoring qilish tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizimni joriy qilish orqali qishloq
xo'jaligi korxonalari tomonidan xizmat ko'rsatuvchi korxonalarida vujudga
keladigan debitor kreditor qarzdorliklari keskin qisqartirilishiga erishiladi.
Shuningdek, fermer xo'jaliklari tomonidan banklarga kelish vaqtlari qisqaradi va
ta'minotchi korxonalar bevosita ishlash hamda hisob-kitoblarni amalga oshirish
tashkil etiladi. Natijada fermer xo'jaliklari ko'proq o'z faoliyati shug'ullanib
hosildorlikni oshirishga erishiladi. Moliyalashtirish tizimini tashkil qilishning
asosiy shartlari quyidagilardan tashkil topgan.
1. Moliya vazirligi va “Agrobank” ATB o'rtasida paxta xom-ashyosini
yetishtirish bilan bog'liq agrotexnik tadbirlarni moliyalashtirish uchun bosh
kelishuv imzolanadi. Bosh kelishuvda tayyorlov korxonalari tomonidan qabul
qilinadigan paxta xom-ashyosi hajmlari, qiymati va ajratiladigan avans mablag'lari
aks ettiriladi.
2.Tuman hokimining har xosil yili uchun paxta xom-ashyosini navlari va
hududlari bo'yicha joylashtirish to'g'risidagi qarori qabul qilinadi.
3.Tuman hokimining qaroriga asosan paxta tozalash korxonalari qishloq
xo'jalik korxonalari bilan paxta xom-ashyosini yetishtirish bo'yicha kontraktatsiya
shartnomalarini imzolaydi.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |