O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

Mahsulot innovatsiyalari
-bu tovarlar (xizmatlar) bozorida yangi mahsulot 
yaratishga olib keladigan ilmiy-texnik faoliyatning tijoratlashtirilgan natijalari 
kiradi. 
 


176 
7-BOB. KORXONALARDAGI HAQIQIY INVESTITSIYALAR, 
YANGILIKLAR 
VA INNOVATSIYALAR PORTFELINING SHAKLLANISHI 
 
 
7.1.Investitsiyalar portfelini boshqarishning mazmuni, maqsadi va vazifalari 
7.2.Investitsiyalar kiritish qoidalari. 
7.3.Yangiliklar va innovatsiyalar portfelining shakllanishi 
7.4.Sarmoyalarning bahosi va o‘rtacha o‘lchangan qiymatini belgilash. 
7.5.Investitsion loyihaning biznes rejasi. 
7.1.Investitsiyalar portfelini boshqarishning mazmuni,
maqsadi va vazifalari 
 
Investitsiya kapital ko'payishini anglatadi. Mamlakat uchun umuman olganda 
investitsiya mamlakatda kapital ko'payishining, alohida xo'jalik yurituvchi 
sub'ektlar uchun esa – korxonaning kapitali ko'payishini anglatadi.
Iqtisodiyotda investitsiyalarning 2 turi farqlanadi. Bular – real investitsiyalar 
va portfelli investitsiyalar. Real investitsiyalar – bu real kapital ko'payishi, ya'ni 
binoga, uskunaga, materialga va boshqa xo'jalik vositalariga mablag' qo'yilishidir. 
Portfelli investitsiyalar, asosan, kompaniyaning aktsiyalarini sotib olishni 
anglatadi. Biroq, bunga faqat kompaniya tomonidan chiqarilgan uning yangi 
aktsiyalarini sotib olish tegishlidir (chunki firma ulardan ishlab chiqarish 
quvvatlarini ko'paytirish uchun foydalanadi, ya'ni firmaning real kapitali o'sadi). 
Boshqa aktsiyadorlardan mavjud aktsiyalarni sotib olish investitsiyalar 
hisoblanmaydi, chunki bunda korxonaning real kapitali o'smaydi
.
101
Korxonaning investitsion portfeli shu portfelga kiritilgan, amalga oshirish 
uchun ko‘rib chiqishga qabul qilingan real loyiha va dasturlarning to‘plamidir. Uni 
boshqarishning muhim maqsadi korxonaning investitsion strategiyasini uni 
rivojlantirishning turli bosqichlarida eng samarali holda amalga oshirishdan iborat. 
Portfelni shakllantirish jarayonida investor o‘zi tanlagan investitsion strategiya 
101
Fundamentals of economics & management Aвторы: Institute of cost accountants of India (icai / icwai / icmai) 
2013 - P.20.


177 
doirasida quyidagi savollarga javob topishi lozim: Korxona qanday aniq 
loyihalarni qabul qilishi kerak? Innovatsion reja va byudjetda kapital 
qo‘yilmalarning qanday hajmini ko‘zda tutish kerak? Korxonaning investitsion 
portfeli qanday manbalardan moliyalashtirilishi mumkin?
Investitsion portfel - qimmatli qog‘ozlar portfeli va investitsiya kiritish 
demakdir.
―Qimmatli qog‘ozlar portfeli‖ tushunchasi-bu investor(alohida shaxs, 
tashkilot, firma) ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlar to‘plami. Investitsiyalash deganda 
keng ma‘noda pul yoki boshqa vositalarni saqlab qolish va ko‘paytirish maqsadiga 
ega bo‘lgan har qanday jarayon tushuniladi.
Investitsion portfel- bu jismoniy yoki yuridik shaxsga yoxud jismoniy va 
yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning biror to‘plami bo‘lib, 
yaxlit boshqaruv obyekti sifatida chiqadi. Odatda bozorda Tahlika/ Daromad 
nisbati berilgan qandaydir investitsion sifat sotiladi, u portfelni boshqarish 
jarayonida yaxshilanishi mumkin. Portfel ta‘minlanish va tahlika darajasi turlicha 
bo‘lgan korporativ Aksiyalar, obligatsiyalar, shuningdek, davlat tomonidan 
kafolatlangan qat‘iy daromadli, ya‘ni asosiy summa va joriy tushumlar bo‘yicha 
yo‘qotishlar tahlikasi minimal bo‘lgan qog‘ozlar to‘plamidan tashkil topgan. 
Nazariy jihatdan portfel bir turdagi qog‘ozlardan iborat bo‘lishi hamda bir xil 
qog‘ozlar o‘rnini boshqasi bosishi orqali o‘zining tarkibini o‘zgartirishi mumkin. 
Haqiqiy investitsiyalar portfelini boshqarishda kapital kiritmalarning quyidagi 
xususiyatlarini hisobga olish zarur. 
1.Ularni amalga oshirish katta moddiy va pul xarajatlari bilan bog‘liqdir. 
2.Kapital kiritmalardan qaytarilishni kelajakdan bir qator yillar davomida 
olish mumkin. 
3.Kapital kiritmalarning bashoratida albatta xatar va noaniqlik elementlari 
mavjud. 
4.Odatda kapital kiritmalar sifatida ko‘rib chiqiladigan investitsiyalar ishlab 
chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi usukunalarni xarid qilish va korxonaning 
o‘z strategik va taktik maqsadlariga erishish qobiliyatini oshirish bilan bevostita 


178 
bog‘liq boshqa kapital xarajatlarni ko‘zda tutadi. Har qanday investitsion portfelni 
shakllantirishda investor quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
-yuqori daromadlilik darajasiga erishish; 
-kapitalning o‘sishi; 
-investitsion tahlikaning kamayishi; 
-investitsiyalangan 
vositalarni 
investorni 
qanoatlantiradigan 
darajada 
likvidliligi. 
Investitsiya loyihalarini baholash bir necha usullari (7.1-rasm) bor. Ular 
rejalashtirilgan investitsiyalar va kelajakdagi investitsiyalardan kelib chiqadigan 
pul oqimlari solishtirish va baholashda asoslanadi.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish