O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

 
 
Boshqaruvning maktablari va 
yondashuvlar
 
1885 1920 1930 1940 1950 1960 
Hozirgi davr 
Boshqaruv maktablari 
Ilmiy boshqaruv 
Administrativ yondashuv 
Inson munosobatlari yondashuvi 
xulq-atvorli yondashuvi 
Miqdoriy usullar yondashuvi 
Jarayonli yondashuv 
Tizimli yondashuv 
Vaziyatli yondashuv 
4.1-rasm.
 Boshqaruv haqidagi fanning har xil maktablar va yondashishlar 
ta‟siri ostidagi evolyutsiyasi asosiy bosqichlari
52
 
52
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.


99 
Ilmiy fan sifatidagi boshqaruv evolyutsiyasining xususiyati shundan iboratki, 
u boshqaruv fikrining bir necha maktablari asosida rivojlangan, ular ko‘pincha mos 
kelganlar, qisman esa bir birlarini to‘ldirganlar, takomillashtirganlar. Bu shuning 
bilan izohlanadiki, ham an‘anaviy va ham innovatsion menejmentda har xil 
maktablarning bilimlari va usullaridan foydalanilgan, boshqaruv jarayoni esa ham 
menejmentning nazariy konsepsiyalariga va ham har xil nazariy maktablar va ilmiy 
yondashishlarga suyangan. Bu boshqaruv obyektining yuqori murakkabligi va 
kamroq determinatsiyalanganligi (asoslanganligi) bilan izohlanadi. Aslida ilmiy, 
texnik, texnologik, sotsial va aralash tizimlarni muvofiq boshqarishning 
algoritmini ishlab chiqish zarur bo‘lgan. 
Menejment fan sifatida sotsiologiya, psixologiya, mantiq, pedagogika, 
fanshunoslik, matematika va kibernetika, har xil texnik va iqtisodiy fanlar 
usullarining keng turli tumanliklaridan foydalanuvchi fanlararo tadqiqotdir. 
Boshqaruv fanining evolyutsiyasi boshqaruvning mazmuni va tamoyillarini 
boyitish, hamda uning vazifalari, usullari va yo‘llarini takomillashtirishga 
asoslanadi. Ilmiy yondashuv muayyanratsional shartlarga rioya qilinganda esa 
maqbul qarorlarning qabul qilinishini ta‘minlaydi. Oqilona qaror intuitiv qarordan 
shunisi bilan farq qiladiki, u obyektiv analitik jarayonga asoslanadi va muayyan 
rasmiy-mantiqiy talablarni hisobga oladi. Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan 
asosiy talablar quyidagilardan iborat:
-maqsadga yo‘naltirilganlik: qarorlar ma‘lum bir innovatsion maqsadlarga 
erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak; 
-iyerarxik subordinatsiya: menejerning qarorlari unga berilgan vakolatlarga 
mos kelishi kerak; 
-asoslanganlik: qarorlar oqilona qabul qilinganligi obyektiv asoslab berilgan 
bo‘lishi kerak; 
-manzillilik: qarorlar makon va zamonda yo‘naltirilgan bo‘lishi, ya‘ni aniq 
ijrochiga yo‘naltirilishi kerak; 
-ta‘minlanganlik: qarorlar zarur resurslarni ko‘zda tutishi va ularni olish 
manbalari belgilangan bo‘lishi kerak; 


100 
-direktivlik: qarorlarning bajarilishi majburiy bo‘lib, rejali xususiyat kasb 
etishi kerak;
Menejment uslublari IKda boshqaruv tizimlarining tuzilishiga muayyan
tartiblanganlik, asoslanganlik va samarali tashkil qilish xususiyatlarini kiritadilar. 
Innovatsion menejment faoliyatning barcha sohalari (ishlab chiqarish, savdo, 
ta‘lim, madaniyat va boshqalar) da qo‘llanadigan umumiy uslublardan va 
innovatsion sohaning o‘ziga xos jihatini aks Ettiruvchi maxsus uslublardan 
foydalanadi. Innovatsion menejmentning fundamental asosi ilmiy yondashuvdan 
foydalanishdir. Tizimli yo‘naltirishda ilmiy yondashuv o‘zining eng to‘liq va izchil 
ifodasini topadi. Menejmentning tizimli yo‘naltirilganligi IKga o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan va atrof-muhit bilan o‘zaro faol ta‘sirlashuvchi elementlardan tashkil 
topgan murakkab ochiq tizim sifatida qaraydi. Tizimli yo‘naltirilganlik boshqaruv 
vazifalarini tarkiblashtirish va innovatsion menejmentning yaxlit tizimi doirasida 
IK da ularni hal qilish uslublarini tartiblash uchun imkon yaratadi. Aynan tizimli 
yo‘naltirish menejmentning ilmiy maktabi doirasida innovatsion jarayonlarni 
amaliy modellashtirish konsepsiyasini muvaffaqiyatli rivojlantirish imkonini 
beradi.Ilmiy menejment o‘zigacha mavjud bo‘lgan menejment maktablarining eng 
sara jihatlarini mujassam etib, uning elementlari 4.2-rasmda aks ettirilgan. 
So‘nggi o‘n yilliklarda modellashtirish innovatsion menejmentning samarali 
tizimlarini 
tuzishning 
asosiy 
konsepsiyasiga 
aylandi. 
Bugungi 
kunda 
innovatsiyalarni boshqarishga tegishli har qanday xususiy yoki majmuaviy vazifa 
ularni hal qilishning qator modelli variantlariga ega. Modellar murakkab 
innovatsion jarayonlarni soddalashtirish, ulardagi eng ahamiyatli komponentlar va 
aloqalarni ajratish, boshqaruvga xos vaziyatlarni eksperimental ishlab chiqish va 
yuqori darajadagi noaniqlik hamda chuqur ogohlantirish sharoitida bashoratlash 
bo‘yicha hisoblashlarni amalga oshirish imkonini beradi. Innovatsion menejmentda 
modellarning uch xil: fizik, analogli va matematik bazaviy usullaridan 
foydalaniladi. Amaliyotda keng qo‘llanilayotgan fizik modellarga IK, uning sex va 
xizmatlarini, uskunalarni joy-joyiga qo‘yib chiqish, materiallarni va xodimlarning 
ish o‘rinlarini joylashtirish uchun foydalaniladigan makonli reja qilish misol bo‘la 


101 
oladi. Analogli modellar modellashtirilayotgan obyektning xatti-harakatlari (xulq-
atvori) ni yoki tarkibiy tuzilmasini illyustratsiyalaydi, masalan grafik, gistogramma 
yoki tuzilmaviy sxema ko‘rinishida ifodalaydi. Boshqaruv qarorlarini 
maqbullashtirish uchun eng katta imkoniyatlar matematik modellarni qo‘llash bilan 
bog‘liqdir. Adabiyotlarda ko‘proq o‘yinlar nazariyasi, navbatlar nazariyasi
zahiralarni boshqarish, chiziqli dasturlash, imitatsion va iqtisodiy innovatsion 
menejmentning uslub va modellarini sanash va tizimlashtirishga bo‘lgan har 
qanday urinish ular sonining ko‘pligi va xilma-xilligi tufayli cheklangan va 
g‘oyatda shartli bo‘ladi. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish