O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali akademik litseyi


-Mavzu: Hujayra tarkibiga kiruvchi organik birikmalar



Download 0,49 Mb.
bet3/41
Sana05.01.2023
Hajmi0,49 Mb.
#897877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
BIOLOGIYA MARUZA MATN

3-Mavzu: Hujayra tarkibiga kiruvchi organik birikmalar
Reja:
1. Tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va uning doimiyligi
2. Hujayraning anorganik birikmalari.
3. Suvning hujayradagi funksiyalari.
Tirik organizmlarning asosiy xossalaridan biri kimyoviy tarkibining birligidir. O‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning barcha hujayralari kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir-biriga o‘xshaydi, bu esa organik olamning birligidan dalolat beradi. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar biogen elementlar deyiladi.
Tirik organizmlardagi miqdoriga ko‘ra hujayra tarkibiga elementlar makroelement va mikroelementlarga ajratiladi. Makroelementlarni 2 guruhga birlashtiriladi. Birinchi guruhga elementlarning 98% ini tashkil etuvchi C, O, H, N kiradi. Bu elementlar tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi organik birikmalar, masalan, oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlarni hosil qiladi. Ikkinchi guruhga S, P, Ca, Na, K, Cl, Mg, Fe kiradi. Bu elementlar 1,9% ni tashkil etadi. Miqdori 0,001% dan kam elementlar mikroelementlar deyiladi. Ular biologik ferment, gormon va vitaminlar tarkibiga kiradi.
Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalar. Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalarni ikki guruhga: anorganik moddalar va organik moddalarga birlashtirish mumkin (1-sxema).
Hujayraning anorganik birikmalari. Hujayraning hayot faoliyatida mineral tuzlar ham muhim ahamiyatga ega. Mineral tuzlar hujayrada kationlar (K+, Na+, Ca+2, Mg+2), anionlar (Cl-, HCO3-, HPO42-, H2PO4- ) yoki kristall holda uchraydi. Kation va anionlarning hujayra ichidagi va tashqi muhitidagi miqdori farq qiladi. Natijada hujayraning ichki va tashqi muhiti o‘rtasida potensiallar farqi yuzaga keladi. Bu farq nerv impulslarining o‘tkazilishi va muskul tolalarining qisqarishi kabi muhim jarayonlarni ta’minlaydi.
Ionlar hujayrada muhim funksiyalarni bajaradi.
- K+, Na+, Ca2+ kationlari organizmlarning qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlarini ta’minlaydi;
- Mg2+, Mn2+, Zn2+, Ca2+ kationlari fermentlar faoliyati uchun zarur;
- fotosintez jarayonida uglevodlarning hosil bo‘lishi xlorofill tarkibiga kiruvchi Mg2+ ga bog‘liq;
- kuchsiz kislota anionlari hujayra ichki muhitining doimiyligini - buferlikni ta’minlaydi.
Hujayra ichki muhitining kuchsiz ishqoriy holatda doimiy saqlash xususiyati buferlik deyiladi. Hujayra ichida H H2PO4- va HPO42- anionlari, hujayralararo suyuqlik va qon plazmasida HCO3- anioni buferlikni ta’minlovchi sistemalar hisoblanadi.
Suvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘p. Ko‘p hujayrali orga¬nizmlar tana massasining 80% ini suv tashkil qiladi. Hujayradagi suvning miqdori, shu hujayradagi moddalar almashinuvining intensivligiga bog‘liq bo‘- ladi. Hujayrada hayotiy jarayonlarning suvli muhitda o‘tishga moslashganligi, dastlabki hayotning suvda paydo bo‘lganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi.
Suvning yuqorida keltirilgan xususiyatlari uning funksiyalarini belgilaydi. Suv ko‘pchilik tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi va organizmda oziq moddalarni, metabolizm mahsulotlarini tashiydi. Suvda erigan mineral moddalar o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qimalari orqali barcha organlariga yetkaziladi.
Suv hujayrada muhim erituvchi hisoblanadi. Suv molekulalari qutbli bo‘lgani uchun unda qutbli moddalar yaxshi eriydi. Suvda yaxshi eriydigan moddalarni gidrofil moddalar deyiladi (5-rasm). Ularga osh tuzi, monosaxaridlar, disaxaridlar, od- diy spirtlar, aminokislotalar misol bo‘ladi. Suvda yomon eriydigan va umuman erimaydigan mod- dalarni gidrofob moddalar deyiladi. Ularga poli- saxaridlar (kraxmal, glikogen, kletchatka), ATF, lipidlar, ba’zi oqsillar, nuklein kislotalar kiradi.
Savol va topshiriqlar:
1. Hujayra tarkibiga kiruvchi elementlarning ahamiyatini izohlang.
2. Suvning hujayradagi funksiyalarini aytib bering.
3. Mineral tuzlarning hujayra faoliyatidagi ahamiyatini izohlang.
4. Hujayraning buferlik xususiyatini ta’minlovchi sistemalarni ayting.



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish