8-Mavzu: Hujayra sikli. Xromosoma – genlar tizimi sifatida.
Reja:
1. Xromosoma – genlar tizimi sifatida.
2. Hujayraning hayotiy sikli.
3. Mitozning biologik ahamiyati
Tirik organizmlarning irsiy axborotni saqlash va keyingi avlodga o‘tkazishdek eng muhim xususiyati xromosomalardagi DNKga bog‘liq. Bir bo‘linishdan ikkinchi bo‘linishgacha bo‘lgan davrda har bir xromosoma bitta DNKdan iborat bo‘ladi. Yadroning bo‘linishidan avval reduplikatsiya tufayli DNK molekulalari soni ikki hissa ortadi. Natijada har bir xromosoma ikkita xromatidadan iborat bo‘ladi. Yadro bo‘linishidan avval xromosomalar yorug‘lik mikroskopida aniq ko‘rinmaydigan, lekin maxsus bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladigan uzun va ingichka tuzilmalar holida bo‘lib, bu tuzilmalar xromatin deb ataladi. Spirallanish darajasiga ko‘ra xromatinda ikki xil qismlarni farqlash mumkin.
Euxromatin - xromatinning spirallashmagan, mikroskopda ko‘rinmay- digan ingichka, genetik jihatdan faol qismi. Geteroxromatin - xromatinning spirallashgan, zichlashgan, genetik jihatdan nofaol qismi.
Yadroning bo‘linishidan avval xromatin kuchli spirallashgan, kaltalashgan, yog‘onlashgan strukturani, xromosomani hosil qiladi. Xromosomalar birin- chi marta Fleming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan aniqlangan. «Xromosoma» atamasini fanga Valdeyer taklif etgan.
Xromosomalar quyidagi funksiyalarni bajaradi: irsiy axborotni saqlash, hujayra faoliyatini tashkil etishda irsiy axborotdan foydalanish, irsiy axborotning o‘qilishini nazorat qilish, irsiy axborotni ikki hissa orttirish, ularning nasldan naslga o‘tishini ta’minlash.
Xromosomalar kimyoviy tarkibiga ko‘ra DNK (40%) va oqsillar (60%)dan tarkib topgan. DNK irsiy axborotni saqlash, oqsillar tuzilma va regulatsiya (boshqarish) funksiyalarini bajaradi. Bo‘linayotgan hujayrada xromosomalar kuchli spirallashuvi tufayli irsiy material ixcham shaklga kiradi. Bu holat xromosomalarning mitoz davrida hujayra bo‘ylab harakatlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Odam hujayrasidagi DNKning umumiy uzunligi 2 metr bo‘lsa, spirallashgan xromosomalarning umumiy uzunligi 150 mkm (mikron) ga teng bo‘lib qoladi (28-rasm).
Xromosomalar bo‘linayotgan hujayralarda, ayniqsa, mitozning meta- fazasida yorug‘lik mikroskopida yaxshi ko‘rinadi. Bunday xromosomalar ikkita yelkadan iborat bo‘lib, ularning o‘rtasida birlamchi belbog‘ (sentromera) joylashadi. Xromosomalarning shakli aynan sentromeraning joylashuviga bog‘liq.
Asosan uch xil tipdagi xromosomalar farqlanadi: 1) teng yelkali - metasentrik; 2) noteng yelkali - submetasentrik (bitta yelkasi ikkinchisi- dan uzunroq); 3) tayoqchasimon - akrosentrik (bitta yelkasi juda uzun, ikkinchisi juda kalta).
Xromosomada xromotidalar (1)dan iborat yelkalar (2), birlamchi belbog‘ (3), ikkilamchi belbog‘ (4) bo‘ladi. Xromosomaning ikkilamchi belbog‘i yo‘ldosh xromosomani hosil qiladi Hujayraning hayotiy sikli. Ona hujayraning bo‘linib ko‘payishidan hosil bo‘lgan hujayraning bo‘linib ko‘payishi yoki nobud bo‘lgunigacha bo‘lgan davr hayotiy sikl (hujayra sikli) deyiladi.
Hujayra hayotiy sikli bir nechta davrlardan iborat:
Bo‘linish davri. Bunda hujayraning bo‘linishi sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |