O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali akademik litseyi



Download 0,49 Mb.
bet9/41
Sana05.01.2023
Hajmi0,49 Mb.
#897877
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
BIOLOGIYA MARUZA MATN

O‘sish davri. Hujayra bo‘linib ko‘paygach, ma’lum o‘lchamlarga qadar hajmi ortadi, o‘sa boshlaydi.
Differensiatsiyalanish (ixtisoslashish) davri. Bu davrda hujayra ma’lum tuzilish va funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Yetuklik davri. Hujayra ixtisosligiga mos holda u yoki bu funksiyani bajaradi.
Qarish davri. Bu davr hujayra hayotiy funksiyalarining pasayishi bilan ifodalanadi, hujayraning bo‘linishi yoki nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi.
Hujayralar bo‘linishining ikkita usuli bor: mitoz va meyoz.
Mitoz - eukariot hujayralarning bo‘linishi jarayoni bo‘lib, uning natijasida dastlab irsiy material ikki hissa ortadi, so‘ngra qiz hujayralar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Mitoz sikli - hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik - interfaza va mitoz bo‘linish jarayonlarining o‘zaro bog‘langan va ketma-ket keladigan hodisalar majmuasi.
Interfaza deb, hujayraning ikkita bo‘linishi orasidagi vaqtga aytiladi. Interfazaning davomiyligi, odatda, umumiy hujayra siklining 90% ini tashkil etadi. Interfaza uchta davrdan iborat:

  • sintezdan oldingi - presintetik davr (Gx);

  • sintez (S);

  • sintezdan keyingi - postsintetik davr (G2).

10- Mavzu: Hayotning organizm darajasi va uning o’ziga xos jihatlari.
Reja:
1. Organizm o‘z-o‘zini idora etuvchi biologik sistema.
2. Bir va ko‘p hujayrali organizmlar va ularning hayot faoliyatidagi o‘zi ga xos xususiyatlar.

Hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishning organizm darajasida tirik organizmlarning xilma-xilligi, hayotiy jarayonlarning o‘ziga xos xususi¬yatlari o‘rganiladi.


Organizm o‘z-o‘zini idora etuvchi biologik sistema. Organizm hayotiy jarayonlarni yuqori darajada tartiblangan tarzda namoyon etish, o‘z-o‘zini idora etish va tiklash xususiyatlariga ega, irsiy axborotni avloddan avlodga barqaror o‘tkazilishini ta’minlovchi yaxlit biologik sistema sanaladi.
Botanika o‘quv fanida o‘simlik yaxlit organizm ekanligi haqida ma’lumot berilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda o‘simliklarda hayotiy jarayonlar: nafas olish, fotosintez, suv bug‘latish, harakat- lanish, o‘sish, rivojlanishni yuqori darajada tartiblangan tarzda namoyon bo‘ladi, o‘z- o‘zini idora etish va tiklash, ko‘payish xususiyatlariga ega, o‘zidagi mavjud irsiy axborotlarni keyingi avlodga barqaror o‘tkazilishini ta’minlovchi biologik siste- ma ekanligini qayd etish zarur Organizm yoki alohida olingan individ populatsiya tarkibiga muayyan tuzilish va funksional tarkibga ega bir qismi sifatida kiradi va populatsiya - tur jarayonida mu-him o‘rin tutadi Odam organizmi o‘z-o‘zini idora eta- digan yaxlit biologik sistema ekanligi, organlar sistemalarida sodir bo‘ladigan ha¬yotiy jarayonlarning boshqarilishi, tash¬qi muhit omillarining ta’siri, sog‘lom turmush tarzi va gigiyena qoidalariga amal qilinmagan holda yuqumli va surunkali kasalliklar kelib chiqishi haqida «Odam va uning salomatligi» o‘quv fani orqali sizga ma’lum.
Bir va ko‘p hujayrali organizmlar va ularning hayot faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyatlar.
Barcha tirik organizmlarda harakatlanish, nafas olish, oziqlanish, ayirish, modda va energiya almashinuvi, ichki va tashqi muhit omillariga qo‘zg‘alish orqali javob qaytarish, himoyalanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish orqali irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazishi kabi hayotiy jarayonlar kuzatiladi.
Bir hujayrali organizmlar biosferada muhim o‘rin tutadi. Ular orasida fo- tosintezni amalga oshiradigan avtotroflar (yashil suvo‘tlari, sianobakteriyalar) suvo‘tlari bilan oziqlanadigan fitotroflar, yirtqich va parazitlik qiladigan geterotroflar, o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadigan saprofitlar mavjud. Bir hujayralilarda metabolitik jarayonlar jadal sur’atda sodir bo‘ladi, shu sababli, biogeosenozda modda va energiya almashinuvida, ayniqsa uglerodning davra bo‘ylab aylanishida muhim ahamiyatga ega.
Ko‘p hujayrali organizmlarning tanasi muayyan sondagi va aniq vazifani bajarishga ixtisoslashgan to‘qima, organlar va organlar sistemasidan iborat. Ular tanasidagi hujayralar bajaradigan vazifalariga ko‘ra: somatik va jinsiy hujayralarga bo‘linadi. Somatik hujayralar organizmning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlasa, jinsiy hujayralar ko‘payish vazifasini bajaradi.
Bir hujayrali organizmlardan farqli ravishda ko‘p hujayralilarda har bir hayotiy jarayonni amalga oshirishga ixtisoslashgan hujayra, to‘qima, organlar va organlar sistemasi mavjud. Ko‘p hujayrali organizmlar hayot faoliyati ixtisoslashgan organlarning tinimsiz o‘zaro aloqadorlikda ishlashiga bog‘liq.
Hujayra, to‘qima va organlarning ixtisoslashuvi tuzilish va funksional birlikka asoslangan, har bir to‘qima va organlarning tuzilishida ularning bajaradigan funksiyasiga mosligini ko‘rish mumkin.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish