O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 1,41 Mb.
bet24/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Xo’sh, toshqin vaqtida qanday muhofaza qoidalariga rioya qilish kerak?
Avvalo, toshqin xavfi bor joylarda har qanday qurilish inshootlari barpo etishga chek qo’yish kerak. Toshqinning hosil bo’lish xususiyatiga ko’ra ba’zi ehtiyot choralarini amalga oshirish lozim. Ya’ni oziq-ovqat, ichimlik suvi, kiyim-kechak va boshqa maishiy-xo’jalik zahiralariga ega bo’lish, ularni suv bosmaydigan joylarda saqlash, kerakli hujjatlar, zarur mol-mulk bilan evakuasiyaga tayyorgarlik ko’rish zarur. Toshqin juda katta tezlik bilan avj olayotgan bo’lsa, zudlik bilan yaqin atrofdagi tepalikka qarab yurish, bino sharoitida bo’lsangiz yuqori qavatlarga ko’tarilish, tomlarga chiqib olish tadbirlarini amalga oshirish lozim. Ammo, barcha ehtiyot choralariga qaramasdan suv ichida qolsangiz, eng muhimi sarosima va vahimaga berilmasdan xotirjamlik bilan ustki va oyoq kiyimlarni yechish, suv oqimi bo’ylab birorta balandroq yoki mustahkam asosga ega bo’lgan predmetni tanlash, suv bilan birga harakat qilayotgan buyumlardan o’zingizni ehtiyot qilish choralarini ko’rishingiz lozim. Zaruratga ko’ra uylarni, xonalarni tark etayotganingizda suv, gaz, elektr tarmoqlarini xavfsiz holatga keltirishni unutmaslik kerak. Yerto’lalarda oziq-ovqat zahirasi mavjud bo’lgan taqdirda ularni quruq joylarga, suv bosib zarar yetkazmaydigan joylarga olib qo’ygan ma’qul.
Albatga, ehtiyot choralarini oldindan tashkillashtirib uyushqoqlik bilan olib borilsa, har qanday fojiadan keladigan talafot va zararni kamaytirishga erishiladi. Lekin, aksariyat hollarda aholi tomonidan beparvolikka yo’l qo’yiladi. Tabiiy ofat, xususan, toshqin qanchalik qisqa vaqtni qamrab olmasin ma’lum talafotlarga sababchi bo’ladi. Shu jarayon bo’lib o’tgandan so’ng qanday ishlarni birinchi galda amalga oshirish kerak. Quyida shular to’g’risida to’xtalamiz.
Avvalo, har qanday tabiiy ofat yuzaga kelgan maydon va hududda o’ziga yarasha antisanitariya holati yuzaga keladi. Buning oqibatida odamlar, tirik organizmlar yuqumli kasalliklar bilan zararlanishi mumkin. Shu vaziyatdan chiqish uchun ma’lum muddatgacha faqat qaynatilgan suv iste’mol qilish va quruq oziq-ovqatlar bilan chegaralangan ma’qul. Zarurat tufayli boshqa yerga ko’chgandan so’ng qaytib kelinganda uyning holatini, atrof yo’laklarni sinchiklab ko’zdan kechirish kerak, hech vaqt uyga kirishga shoshilmang. Toshqin tufayli uylarning devorlari zax tortishi, namgarchilik me’yoridan ortib ketishi oqibatida inshootlar bardoshligi zaif bo’lib qoladi, natijada uncha katta bo’lmagan tashqi kuch ta’sirida binolar qulab ketishi mumkin. Suv to’planib qolgan joylardan alohida yo’laklar hosil qilib yurish joylarini tashkil etish kerak. Xonalarni diqqat bilan ko’zdan kechirib chiqilgandan so’ng eshik va derazalarning mustahkamligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ularni ochib qo’ying. Xona ichida qolgan oziq-ovqatni iste’mol qilishdan o’zingizni saqlang. Mavjud asbob-uskunalardan, ayniqsa elektr asboblaridan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo’ling. Chunki to’liq qurimagan asboblar boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishiga sababchi bo’lib, qo’shimcha noxushliklarga olib keladi. Bundan tashqari har qanday tabiiy ofatni bartaraf qilishda ham o’ziga yarasha talab va qoidalari mavjud. Xususan, toshqindan so’ng uni bartaraf qilishda keng miqyosda aholi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?
Yuqorida ta’kidlanganidek atrof sinchiklab o’rganilgandan so’ng, suv bosgan joylar ortiqcha narsalardan xalos qilinib, quritish ishlari amalga oshiriladi. Inshootlarda yarim o’pirilgan, qayta tiklab bo’lmaydigan joylar aniqlansa tezda buzib tashlanishi va u joylar tozalanishi kerak. Binolarning pastki, pastqam joylarida suv to’planib qolgan bo’lsa suv chiqarib tashlanadi. Toshqin natijasida shikastlangan maishiy-energetika tarmoqlari, yo’llar, ko’priklar va boshqa inshootlarni ta’mirlashga kirishiladi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish aholidan uyushqoqlikni, jipslik va o’zaro hurmatni talab etadi. Shundagina favqulodda vaziyat oqibatini tezda bartaraf qilish mumkin.
Yuqorida qayd qilinganidek, toshqin va sellarning paydo bo’lishida respublikamiz hududlaridan tashqarida bo’lgan tabiiy suv omborlari, gidrotexnika inshootlari ham o’ziga yarasha xavf tug’diradi. Bizning nazarimizda bunday ob’ektlarning joylashgan o’rni, xavflilik darajasi, ko’lami to’g’risida batafsil ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksariyat hollarda favqulodda vaziyatlar yuz bergan vaqtda aholi o’rtasida ma’lumot yo’qligidan sarosimaga tushish holati oqibatida talafot ikki-uch barobar ko’payib ketishiga olib keladi. Bunday holatlarda aholi harakatining ba’zi qoida va talablari to’g’risida keyingi bo’limlarda batafsil to’xtalamiz. Shu maqsadda respublikamiz hududidan tashqarida bo’lgan, lekin aholining farovon turmushiga ma’lum darajada tahdid solib turgan xavf “o’choqlari” to’g’risida ma’lumot beramiz. Albatta, bunday ma’lumotlarni berishdan maqsad, aholi o’rtasida behalovotlik yoki sarosimaga tushishga ma’lum sharoit yaratish emas, balki zukko o’quvchilarga xavf to’g’risidagi bor ma’lumotni yetkazish, real voqelikdan boxabar qilish.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish