O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 1,41 Mb.
bet20/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Yer ko’chishi-surilishi
Respublikamizning tog’li, tog’ oldi, daryo bo’ylari zonalarida yashaydigan aholi va iqtisodiyot ob’ektlariga katta xavf tug’diradigan tabiiy ofatlardan biri yer ko’chishi-surilmadir. Ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda yer ko’chishi yer yuzasida bo’ladigan alohida jarayonlar toifasiga kiritilsada, ular yer ichki harakatlari, xususan, zilzilalar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Yirik ko’chkilarni tahlil qilib, sababini o’rganar ekanmiz, ularning aksariyat qismi zilziladan so’ng yoki zilzila bilan parallel hosil bo’lishiga amin bo’lamiz.
Respublikamiz hududida yuzaga kelayotgan yer ko’chkilarining asosiy sababi gidrometeorologik sharoit bilan bog’liqdir. Shu sababli bu jarayon mavsumiy xususiyatga ega, ya’ni atmosfera yog’inlari qanchalik ko’p bo’lsa, yer ko’chishi xavfi shunchalik yuqori bo’ladi.
Yer ko’chishi - yer yuzasi bo’lagining yonbag’ir bo’yicha gravitasiya kuchi ta’sirida surilishi, siljishiga aytiladi.
Markaziy Osiyodagi yer ko’chishi shakl va ko’lami bilan ajralib turadi. Ular lyoss qatlamlarida tarqalgan bo’lib, yer ostiga shimilayotgan atmosfera yog’inlari ma’lum chuqurlikkacha borib, suv o’tkazmas qatlamga yetgach yonbag’ir bo’ylab oqadi. Siljish yuzasi ustida turgan yer massasiga gravitasiya (tortishish) kuchi ta’sir qilishi oqibatida yonbag’irda tik qoya hosil qilib uzilish paydo bo’ladi va uzilgan bo’lak pastga siljiy boshlaydi. Harakatdagi jinslarning hajmi bir necha o’n mln. m3 larda bo’ladi. Yer ko’chishi yonbag’irning qiyaligiga, tog’ jinsi tarkibiga, atmosfera yog’inlari miqdoriga bog’liq holda rivojlanadi. Yonbag’ir qiyaligi qanchalik katta bo’lsa ko’chkining tezligi shunchalik katta bo’ladi. Ko’p holatlarda ko’chki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho’kish hodisalari bilan uyg’unlashib ketadi.
Ko’chki-surilma. Tarixiy manbalarga nazar tashlasak hududimizda XX asrning 60-yillarigacha bu jarayon tabiiy omil natijasida rivojlanib borganligini ko’ramiz. 60-yillarning oxiriga kelib tog’li va tog’ oldi vodiylarida yer ko’chishi keskin ortib borgan. Bunga asosiy sabab gidrometeorologik sharoitning murakkablashuvi, atmosfera yog’inlarining haddan ziyod bo’lishi oqibatida yonbag’irlarning zaifligi kuchayib ketganligi, qadimdan bahorikor yerlar hisoblangan tog’ oldi zonalarida xo’jalik faoliyatining kengaytirilishidir. Ya’ni, tog’ oldi adirliklarida ko’ndalangiga texnik ishlov berilishi natijasida yonbag’irning turg’unligi pasayib ketadi va bu hol avvaliga mahalliy, kichik-kichik, so’ng yirik ko’chkilar paydo bo’lishiga olib keladi. Ayniqsa bunday joylar aholi yashaydigan qishloqlarga yaqin bo’lsa juda katta xavf tug’diradi. Yer ko’chishi aholi turmush tarziga xavf solishi, ayniqsa qishloq xo’jalik iste’molida bo’lgan maydonlarga katta zarar etkazishi oqibatida ko’pgina iqtisodiy talafotlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ularning paydo bo’lishi, tarqalish maydonlari maxsus dasturlar asosida o’rganib chiqilib, kerakli xaritalar tuzilmoqda.
Yer ko’chkilari O’zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslari davlat qo’mitasi tasarrufidagi «O’zbekgidrogeologiya» ishlab chiqarish birlashmasi tadqiqotchilari tomonidan o’rganilib kelinmoqda. Tuzilgan xaritalar asosida muhofazalanish choralari ham ishlab chiqilmoqda. Keyingi vaqtlarda mazkur korxona bilan viloyatlardagi favqulodda vaziyatlar boshqarmalari xodimlarining birgalikda olib borayotgan faoliyatlari samarasi o’laroq ko’pgina ijobiy natijalarga erishilmoqda. Buning uchun respublikaning ko’chki tarqalgan maydonlarida maxsus kuzatish maskanlari tashkil etilgan.
Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ko’chkilarni o’rganar ekanmiz, ular iqlim sharoiti bilan uzviy bog’liq bo’lishini kuzatishimiz mumkin. Masalan, 1954, 1958, 1969, 1978, 1989 va 1998 yillarda atmosfera yog’inlari me’yordan yuqori bo’lgani uchun ko’chki jarayonlari ham ko’p bo’lgan. Shunga qaramasdan hozirgi vaqtda ko’chkilarning davriyliklari aniqlanib, bashorat xaritasi tuzilgan. Faqat shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi ko’chkilarning aksariyat qismi inson xo’jalik faoliyati natijasida yuzaga kelmoqda. Respublikamizda ko’chki jarayoni Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Farg’ona, Samarqand va Namangan viloyatlari hududlarida eng ko’p tarqalgan.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirlignning ma’lumotiga ko’ra 1999 yil shu viloyatlarda 52 ta ko’chki hodisasi kuzatilgan. Ya’ni, 1998 yilga nisbatan deyarli ikki marta ko’p. Bu esa tabiiy ofatlarning yildan yilga ortib borayotganligidan dalolat beradi. Lekin, mahalliy hukumat, boshqarma rahbarlari vaqtida olib borgan chora-tadbirlari natijasida birorta xo’jalik ko’chkidan shikastlanmadi. Ko’pgina tovar-moddiy boyliklar saqlab qolindi, eng quvonarlisi, insonlar salomatligiga ziyon etkazilmadi. Ko’chkilarning faollashuv xususiyatini keyingi 40 yil ichida tahlil qilish ularning ommaviy tus olishi 1962 yildan 1970 yilgacha (ikki mingdan ortiq) va 1991 yildan 1999 yilgacha (uch mingdan ortiq) bo’lganligini ko’rsatmoqda. Bu davrlarda atmosfera yog’inlari juda ko’p bo’lganligi ham qayd etilgan. O’tgan asrning oxirgi o’n yilligi ko’chki jarayonining juda faollashgan yili hisoblanadi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish