Kredit 8330-“Pay va qo‘yilmalar” schoti, -15000 ming so‘m.
3) Debet 0820-“Asosiy vositalarni sotib olish” schoti, - 245000 ming so‘m;
Kredit 0820-“Asosiy vositalarni sotib olish” schoti, - 15000 ming so‘m.
4) Debet 0120-“Binolar, inshootlar va uzatkich moslamalar” schoti, - 15000 ming so‘m;
Kredit 2310-“Yordamchi ishlab chiqarish” schoti, - 2450000 ming so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib,
yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlang.
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Korxona uskuna sotib oldi. Oldi-sotdi shartnomasida
uskunaning narxi AQSH
dollarida ko‘rsatilgan - 15000$. Shartnomaga ko‘ra to‘lov (100%) Markaziy bankning to‘lov
sanasidagi kurs bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi. To‘lov 5-sentabrda amalga oshirildi, uskuna esa
18-sentabrda olindi. AQSH dollarning so‘mga nisbatan kursi quyidagicha bo‘lgan:
5-sentabrda – 1 AQSH dollari 1422,6 so‘m;
18 sentabrda – 1 AQSH dollari 1426.24 so‘m;
Uskunaning boshlang‘ich qiymati – 2139360 so‘mni tashkil qiladi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini
tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala Korxona 4 yil muddat ichida foydalanish kutiladigan uskunani 1 750 000 so‘mga
sotib oldi . Ushbu uskunani tugatish qiymati 175000 so‘mga baholangan .Mazkur uskuna bilan
bog‘liq quyidagi operatsiyalar amalga oshirilgan:
1) Uskunani 2 - yili ishlatish davomida yangi tarkibiy qism uchun 140 000 so‘m to‘landi,
uning foydalanish natijasida uskunaning unumdorligi 10% oshishi kutilmoqda.
2) Uchinchi yil davomida uskunani foydali xizmat muddatini 4 yildan 6
yilgacha oshirish
imkonini yaratuvchi ta’mirlash uchun 930 000 so‘m to‘landi.
3) To‘rtinchi yil davomida uskunani ish holati yomonlashmasligi uchun amalga oshirilgan
ta’mirlashga 250 000 so‘m sarflandi. Auditorlik tekshiruvi jarayoni natijasida ushbu operatsiyalar
bo‘yicha korxona buxgalteri tomonidan quyidagi buxgalteriya provodkalari berilganligi aniqlandi:
1) Debet 0130-“Mashina va uskunalar” schoti; - 1 750 000 so‘m.
Kredit 6010-“Mol yyetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti, - 1 750 000 so‘m.
3)
Debet 0130-“Mashina va uskunalar” schoti; - 1 070 000 so‘m.
Kredit 6010-“Mol yyetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti, - 1 070 000 so‘m.
4)
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti; - 250 000 so‘m.
Kredit 6010-“Mol yyetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti, - 250 000 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. Korxona buxgalteriyasi xizmat maqsadlari uchun foydalanish bilan bog‘liq motori 90
ot kuchiga teng bo‘lgan shaxsiy avtomobil bo‘yicha korxona xodimining xarajatlar so‘mmasini
hisob-kitob qildi.
Hisob-kitob quyidagi formula bo‘yicha amalga oshirilgan:
K = A + YoMMX + TX,
bu yerda;
K - kompensatsiya so‘mmasi;
A - avtomobil amortizatsiyasi;
YoMMX - yonilg‘i-moylash
materiallari xarajatlari;
TX - texnik xizmat.
Korxona buxgalteri tomonidan hisob-kitob bo‘yicha oylik kompensatsiyaning jami umumiy
so‘mmasi 280 ming so‘m, deb baholangan, shu bilan bir vaqtda me’yor bo‘yicha 220 220 so‘m (62
920* x 3,5).
- Me’yordan yuqori kompensatsiya 50 780 so‘m (260 000 - 210 220) xodimning jami
daromadiga qo‘shiladi va unga belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad
solig‘i solinadi.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar buxgalteriya hisobida xodimning
shaxsiy avtomobilidan xizmat maqsadlarida foydalanish uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha
xarajatlar quyidagi yozuvlar bilan aks ettirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: