135
soliqlarning alohida o‗rni bor ekanligi qayd etilayapti. Haqiqatdan ham davlat o‗zi
ishlab chiqqan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda yoki uni hayotga tatbiq
etishda
turli vositalardan, dastaklardan, usullardan va hokazolardan foydalanadi.
Iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda turli shakllardan foydalaniladiganlar qatoriga
baholarni shakllantirish mexanizmini, bojxona tizimining o‗ziga xos bo‗lgan tartib
va qoidalarini, Markaziy Bankning pul-kredit instrumentlarini,
davlatning
markazlashtirilgan inves-titsiya dasturlarini va boshqalarni ko‗rsatish mumkin.
Yuqoridagilarning har biri ham davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda
ma‘lum rol o‗ynaydi.
Ularning orasida soliqlarning «...iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng
muhim boshqaruvchi omil...» ekanligini Prezident tomonidan e‘tirof etilishi,
albatta, bejiz emas. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy siyosatni amalga
oshirishning eng madaniylashgan, eng tabiiy va eng sog‗lom yo‗li haqiqatdan ham
soliqlardir. Buni jahon tajribasi yaqqol ko‗rsatib turibdi.
Bu narsaning xuddi
shunday ekanligi jahonning eng rivojlangan mamlakat-larida ham uzil-kesil e‘tirof
etilgan.
Prezident tomonidan bildirilgan bu fikrning maz-muni to‗g‗risida mulohaza
yuritar ekanmiz, yana bir marta soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda bu
erda faqat «omil» sifatida qaralmayotganligini ko‗rsatib o‗ti-shimiz kerak. Bu erda
soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda «boshqaruvchi omil» sifatida ham
qaralmayapti. Bu erda soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda «muhim
boshqaruvchi omil»dir degan fikr ham bildiril-mayapti. Aynan soliqlar iqtisodiy
siyosatni amalga oshi-rishda «eng muhim boshqaruvchi omil» ekanligining ma‘-
nosini shu fikrni ifodalovchi so‗zlarning birortasini ham «tushirib»
yubormasdan
idrok etmoq lozim. Ana shundagina biz «omil», «boshqaruvchi omil», «muhim
boshqaruvchi omil» va nihoyat, «eng muhim boshqaruvchi omil» deb nomlangan
so‗z va iboralar o‗rtasida o‗rni kelganda «er bilan osmoncha» farq borligiga yana
bir karra ishonch hosil qilamiz.
Ikkinchi fikr
:
«Soliqlar xazinani to„ldirish siyosatining asosiy unsuri bo„lib,
davlat byud jetining daromad qismi eng muhim umumdavlat, xalq xo„jaligi
vazifalarini hal etish uchun zarur bo„lgan miqdorda shakllanishini ta‟minlashi
lozim».
(Karimov I.A. O‗zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: ―O‗zbekiston‖, 1998. 358-
bet).
Bu erda ikki asosiy g‗oya ilgari surilayapti. Birinchisi-da soliqlar xazinani
to‗ldirishda asosiy element ekanligi ta‘kidlanayapti. Bir vaqtning o‗zida xazinani
to‗ldirishda soliqlardan boshqa elementlarning ham bor ekanligi tan olinayapti.
Ular (masalan, turli to‗lovlar, ajratmalar) davlat xazinasini to‗ldirishda asosiy rolni
136
o‗ynamasa-da, lekin xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar va davlat byudjeti o‗rtasidagi
munosabatlarda o‗ziga xos vazifani bajaradi.
Ikkinchi g‗oyada,
soddaroq qilib aytsak, juda ko‗pchilik javobini bilishni
istaydigan «Davlat byudjetining daromad qismi qancha bo‗lishi kerak?» - degan
hayotiy savol-ning javobi o‗z aksini topgan. Demak, keltirilgan fikrdan ko‗rinib
turibdiki, davlat byudjeti daromad qismining hajmi eng muhim umumdavlat, xalq
xo‗jaligi vazifalarini hal etish uchun zarur bo‗lgan miqdorda bo‗lishi kerak. Bu
fikrda, bir tomondan, qo‗yilgan savolning umumiy javobi o‗z aksini topgan bo‗lsa,
ikkinchi tomondan, o‗sha savolning konkret javobi ham ifodalangan.
Chunki
yuqoridagi savolga u yoki bu narsani hisobga olgan holda oldindan «Davlat
byudjetining daromad qismi mana buncha bo‗lishi kerak», - deb bir xil tarzda
javob berish o‗zining ma‘nosiga ega emasdir. Mulohazalarimizdan ma‘lum bir
davrda (odatda byudjet yili davomida) eng muhim umumdavlat, xalq xo‗jaligi
vazifalarini to‗liq bajarish yoki hal etish uchun qancha miqdordagi mablag‗ talab
qilinsa, davlat byudjetining daromadlari qismida soliqlar yordamida shuncha
miqdorda mablag‗ to‗planishi lozim degan umumiy xulosa kelib chiqadi.
Albatta, eng muhim umumdavlat, xalq xo‗jaligi vazi-falarini hal etish uchun
zarur bo‗lgan mablag‗larning bir qismini davlat boshqa
manbalar hisobidan ham
qoplashi yoki moliyalashtirishi mumkin. Davlat qimmatbaho qog‗ozlarini
muomalaga chiqarish, tashqi davlatlardan qarz olish va h.k.lar shular
jumlasidandir. Eng muhim umumdavlat, xalq xo‗jaligi vazifalarini bajarish uchun
moliyalashtirishning bu shakllaridan ham amaliyotda maqsadga muvofiq bo‗lgan
hollarda foydalanib kelinmoqda. Bu narsa eng muhim umumdavlat, xalq xo‗jaligi
vazifalarini bajarishda davlat byudjetining daromadlari etarli bo‗lmagan holda
maydonga chiqadi. Soliqlar yordamida to‗plangan daromadlar etarli bo‗lgan
taqdirda muomalaga qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish (ichki qarz)
va chet
mamlakatlardan qarz olishga (tashqi qarz) hojat qolmas edi. Jahon amaliyotida
etishmagan mablag‗ga ega bo‗lishning biz sanab o‗tgan har ikki yo‗li ham normal
holat sifatida qaralsa-da, ularning har ikkalasi ham qarziy mablag‗ (ichki va tashqi
qarz) bo‗lganligi uchun o‗zida kattagina riskni namoyon etadi. Bu riskning bir
qismi siyosiy riskdan iboratdir. Shuning uchun ham «davlat byudjetining daromad
qismi eng muhim umumdavlat, xalq xo‗jaligi vazifalarini
hal etish uchun zarur
bo‗lgan miqdorda shakllanishini ta‘minlashi lozim», - degan fikrga alohida hurmat
bilan qaramoq kerak. Chunki bu fikr va uning amalga oshirilishi
mamlakatimizning iqtisodiy mustaqilligini ta‘minlashda hal qiluvchi ahamiyatga
egadir.
Uchinchi fikr
:
«
Do'stlaringiz bilan baham: