142
Masalaga munosabat bunday xilma-xil yoki rang-barang bo‗lib turgan bir
paytda yurtboshimiz tomonidan yuqoridagi fikrning
bildirilishi muammoning
javobiga ancha oydinlik, aniqlik kiritadi.
Bildirilgan bu fikr to‗g‗risida mulohaza yuritish ja-rayonida,
dastlab
amaldagi soliq tizimini o‗zgartirish zarurligini qayd etib o‗tmoq lozim. Bu narsa
shubhasizdir. Soliq tizimini o‗zgartirish zarur ekan, bu jarayon ma‘lum bir
tamoyillarga asoslangan bo‗lishi kerak. Ana shu tamoyillar orasidagi bosh tamoyil
korxonalar zimmasida-gi soliq yukini keskin kamaytirishdir.
Bu erda hozirgi paytda korxonalar zimmasidagi soliq yukining ancha og‗ir
ekanligi tan olinayapti. Shuning uchun ham
soliq yukini kamaytirish emas, balki
keskin kamaytirish zarurligi ta‘kidlanayapti.
Shu o‗rinda yana bir narsani alohida qayd etib o‗tmoq lozim. Gap shundaki,
davlatimiz rahbari tomonidan kor-xonalar zimmasidagi soliq yukiga nisbatan bu
tarzdagi fikrni xaspo‗shlamasdan ochiq-oydin aytilishi quyi doi-ralarda «Soliq
yukiga nisbatan aniq vaziyatni «yuqorida-gilar» bilishmaydi», - tarzida aytiladigan
fikrlarning asossiz ekanligini ko‗rsatib beradi.
Sakkizinchi fikr:
«Islohotning ikkinchi bosqichidaiqtisodiy barqarorlikni va
tarkibiy o„zgarishlarni ta‟minlash birinchi navbat-dagi vazifaga aylangan chog„da
soliq tizimi birinchi galda rag„batlantiruvchilik vazi-fasini bajarishi kerak».
(Karimov I.A. O‗zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: ―O‗zbekiston‖, 1998. 359-bet).
Yuqorida biz birinchi fikrga izoh berayotgan payti-mizda soliq tizimining
oldiga qo‗yilgan vazifalar ketma-ketligi jamiyat taraqqiyotining talablaridan, uning
oldiga ma‘lum bir davrda qo‗yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda birmuncha
o‗zgarishi mumkin, degan fikrni bildirgan edik. Keltirilgan yuqoridagi fikr buning
xuddi ana shunday ekanligini tasdiqlayapti.
Mustaqil mamlakatimiz iqtisodiy islohotlarni iz-chillik bilan amalga oshirib
borar ekan, bu islohotlarning ikkinchi bosqichida
iqtisodiy barqarorlikni va
tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlash birinchi navbatdagi vazifa sifatida kun tartibiga
qo‗yilgan. Bunday sharoitda soliq tizimi, eng avvalo, fiskal (xazinani to‗ldirish),
qayta
taqsimlash vazifalarini emas, balki birinchi galda rag‗batlantiruvchilik
vazifasini bajarishi kerak. Ko‗rinib turibdiki, bu erda mamlakatimiz doirasida
iqtisodiy barqarorlikni va tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlashning
ahvoli bevosita
soliq tizimining birinchi navbatda rag‗-batlantiruvchilik vazifasini bajarishi bilan
uzviy bog‗-liq qilib qo‗yilmoqda. Boshqacha aytganda, iqtisodiy bar-qarorlikni va
tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlash borasida erishgan yutuqlarimiz ko‗p jihatdan
soliq tizimining birinchi galda rag‗batlantiruvchilik
vazifasini qay dara-jada
bajarganligi bilan ham belgilanadi. Yanada oddiyroq qilib aytadigan bo‗lsak,
143
boshqa sharoitlar teng bo‗lgan taqdirda, soliq tizimi birinchi navbatda
rag‗batlantiruv-chilik vazifasini to‗liq bajarsa, mamlakat
miqyosida iq-tisodiy
barqarorlik ta‘minlanadi va tarkibiy o‗zgarish-larni amalga oshirishga erishiladi.
To‗qqizinchi fikr:
Do'stlaringiz bilan baham: