O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya


-Mavzu. Soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish – soliq siyosati



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

7-Mavzu. Soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish – soliq siyosati 
samaradorligini ta‟minlash garovi 
 
Reja: 
1. Soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish printsiplari
2. Soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish uchun hisobga olinadigan amaliy 
holatlar 
3. Soliq va imtiyoz dialektikasi 
4. Soliq imtiyozlarining salbiy jihatlari 
5. Soliqlarni to„lash – qullik emas, hurlik belgisi 
6. Maxsus ilmiy munozara: “stimul”mi yoki “rag„bat”? 
 


104 
1. Soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish printsiplari 
Byudjet-soliq siyosatining tarkibiy va bir vaqtning o‗zida, uning nisbiy 
jihatdan mustaqil qismi sifatida qaralayotgan soliq siyosatining muvaffaqiyati, 
ta‘sirchan-ligi, natijaviyligi, ilg‗orligi va nihoyat, uning samara-dorligi, ko‗p 
jihatdan, soliq imtiyozlarini taqdim etish masalasiga borib taqaladi. Boshqa 
sharoitlar teng bo‗lgan taqdirda, soliq imtiyozlari qanchalik oqilona taqdim etilsa, 
bu siyosatning samaradorligi shuncha yuqori bo‗ladi. Bunday vaziyatda quyidagi 
savollarning kun tartibiga qo‗yilishi, tabiiy: soliq imtiyozlarini qanday qilib 
oqilona taqdim etish mumkin? Bu nimalarga bog‗liq?
Agar soliqlar bo‗yicha u yoki bu shaklda imtiyozlarni berib turib, ko‗zlangan 
maqsadlarga etarli darajada erishilmayotgan bo‗lsa, bizning fikrimizcha, uning 
asosiy sabablaridan biri soliq imtiyozlarini berishda inobatga olinishi lozim 
bo‗lgan printsiplarga etarlicha e‘tibor qaratilmayotganligi bilan belgilanadi. 
Haqiqatdan ham, soliqlar bo‗yicha imtiyozlar berila-yotgan paytda ma‘lum 
bir tartibga, ma‘lum bir qoidaga rioya etish kerak. Soliqlar bo‗yicha imtiyoz 
berishning ham o‗ziga xos bo‗lgan printsiplari bor. Ularning talablarini inobatga 
olmaslik, yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Bir vaqtning o‗zida, ularni 
mensimasdan, ularni oyoq osti qilib berilgan soliq imtiyozlari ham bizni 
ko‗zlangan maqsad tomon etakla-maydi. 
Xo‗sh, shunday qilib, soliq imtiyozlarini berishda nimalarga e‘tibor bermoq 
kerak, qanday asosiy printsip-larga rioya etmoq lozim? 
Iqtisodiy 
hayot 
sinovlaridan 
muvaffaqiyatli 
o‗tgan va o‗zining 
hayotiychanligini hamon saqlab kelayotgan bu prin-tsiplarning eng asosiylari 
quyidagilardan iborat: 
1. Soliq imtiyozlarining qo‗llanilishi mulkchilik shakli, faoliyat turi, 
parlamentdagi ayrim manfaatdor guruhlar-ning sub‘ektiv baholariga bog‗liq 
bo‗lgan holda tanlanish xarakteriga ega bo‗lmasligi kerak
53

2. Soliq imtiyozlarini berishga noiqtisodiy tarzda majbur qilish va 
qo‗llanilishning majburiyligi xos emas; 
3. O‗zining ichki tabiatiga ko‗ra, soliq imtiyozlariga qo‗llanilishning 
ma‘muriy-buyruqbozlik xarakteri begona-dir; 
4. Investitsion soliq kreditlari umumdavlat ahami-yatiga ega bo‗lgan 
investitsion dasturlarning bajarilishini ta‘minlaydigan soliq to‗lovchilar guruhiga 
berilishi kerak; 
5. Soliq imtiyozlarining qo‗llanilishi byudjet daromad-lariga, korporativ va 
shaxsiy iqtisodiy manfaatlarga zarar etkazmasligi lozim
54

53
Bir mulohaza yuritib ko‗ringchi, amaliyotda soliq imtiyozlarini taqdim etishning bu printsipiga qay 
darajada qat‘iy rioya qilinmoqda? Bunga to‗liq rioya etmaslikning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin? 


105 
6. Imtiyozli soliq portfelini shakllantirish tartibi umumdavlat miqyosida 
aniqlanadi va qonuniy tarzda markaziy hokimiyat tomonidan tasdiqlanadi; 
7. Mahalliy darajada soliq imtiyozlarining qo‗llani-lishi oliy qonunchilik
organi tomonidan belgilanadigan ramka doirasida bo‗lishi kerak. 
Bu o‗rinda, avvalo shuni ta‘kidlash joizki, yuqorida keltirilgan soliq 
imtiyozlarini berish masalasida inobatga olinishi lozim bo‗lgan printsiplar biror bir 
iqtisodchi olim ijodining mahsuli emas. Ular bo‗sh joydan o‗z-o‗zidan o‗ylab ham 
topilmagan. Ularning ijodkori – iqtisodiy hayot. Bu printsiplarning to‗g‗ri 
ekanligini va ular albatta soliqlar bo‗yicha imtiyozlar berilayotgan paytda inobatga 
olinishi shart ekanligini hayotning o‗zi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarning tarixiy tajribasi, hayot yo‗li to‗liq va uzil-kesil tasdiqlaydi. 
Endi soliq imtiyozlarini berish borasida bizning amaliyotimizdagi har bir 
holatni ana shu yuqorida keltirilgan printsiplarning talablari asosida tahlil qilib 
chiqaylikchi, ularning qaysi biri qay darajada yuqorida keltirilgan printsiplarning 
talablariga javob berar ekan? Ishonchingiz komil bo‗lsin, hatto sirtdan qilingan 
kuchsizgina tahlil natijalari hamma vaqt ham soliqlar bo‗yicha imtiyozlarni 
berishda to‗g‗riligini iqtisodiy hayotning o‗zi uzil-kesil tasdiqlagan yuqoridagi 
talablarga etarli darajada rioya qilinmayotganligini ko‗rsatishi mumkin. Bunday 
sharoitda soliqlar bo‗yicha berilgan imtiyozlarning samaradorligi to‗g‗risida 
e‘tiborga loyiq bo‗lgan fikrlarni bildirish amri-maholdir. 
Bizning nazarimizda, soliqlar bo‗yicha imtiyozlarni oqilona taqdim etish 
masalasi quyidagi bir necha savollarning aniq javobiga ega bo‗lishni ham taqoza 
etadi: Soliqlar bo‗yicha imtiyoz berishdan maqsad nimadan iborat? Soliq 
imtiyozlarining berilish darajasi qanday? Mavjud soliq imtiyozlaridan to‗liq 
foydalanishning uddasidan chiqaolayapmizmi? Soliq imtiyozlarini berib, ko‗zlagan 
maqsadlarga erishayapmizmi? U yoki bu soliqlar bo‗yicha imtiyozga ega 
bo‗lganlarning ahvoli qanday? Berilgan soliq imtiyozlari qanday «ishlayapti»? 
«Ishlayaptimi» o‗zi? Yoki… Soliqlar bo‗yicha berilgan imtiyozlardan to‗liq 
foydala-nishning uddasidan chiqaolsak, unda nima bo‗lishi mumkin? Berilgan 
soliq imtiyozlaridan to‗liq foydalanmasdan turib qo‗shimcha imtiyozdan umidvor 
bo‗lishga haqqimiz bormi yoki yo‗qmi? Soliq va imtiyoz o‗rtasidagi dialektik 
bog‗liqlik nimadan iborat?
55
Va hokazo. 
Shu o‗rinda quyidagi fikrni alohida ta‘kidlamoqchimiz: soliqlar bo‗yicha 
imtiyozlarni berish yoki bermaslik masalasi muhokama etilayotgan paytda 
yuqoridagi savol-larning haqiqiy javobiga ega bo‗linsa va ularni inobatga olgan 
54
Bu erda nimalar nazarda tutilayapti? Bu bir o‗q bilan ikki quyonni emas, balki uch quyonni urish 
emasmi? Buni uddalash uchun nimalar qilish kerak?
55
Ba‘zi bir sabablarga ko‗ra, bu savollarning javoblari, o‗z navbatida, ushbu bobning keyingi 
paragraflarida beriladi. 


106 
holda imtiyozlarni berish yoki bermaslik masalasida tegishli qaror qabul qilinsa, 
bunday qarorning ilmiy va amaliy jihatdan asoslanganlik darajasi shunga mos 
ravishda yuqori bo‗lgan bo‗lur edi.
Soliqlar bo‗yicha imtiyozlarni oqilona taqdim etish masalasini imtiyozni 
olayotgan tomonning (bu erda ularning yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligi 
printsipial ahamiyatga ega emas) soliq va imtiyoz o‗rtasidagi dialektik bog‗liqlik 
mavjudligini qanday idrok etishisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Imtiyozning 
berilganligi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanayotgan sub‘ektga xotirjamlikka 
berilishga asos bo‗laolmasligi kerak. Aksincha, imtiyozni olgandan so‗ng bunday 
imtiyozga ega bo‗lgan tadbirkorlik sub‘ekti, oddiy tilda aytadigan bo‗lsak, jonini 
jabborga berib, uyquni harom bilib, ayshu-ishratdan voz kechib, tinib-
tinchimasdan, elib-yugurib, g‗ayrat-shijoat bilan faoliyat ko‗rsatishi lozim. Ma‘lum 
ma‘noda, imtiyozga ega bo‗lgan tomon oyoqni uzatib o‗tirish huquqiga ega 
emasdir. Aks holda, imtiyozning berilishi o‗z ma‘no-mazmuni yuqotadi, maqsadsiz 
berilgan imtiyozga aylanadi. 
Va nihoyat, soliqlar bo‗yicha imtiyozlarning oqilona taqdim etilishini
o‗zbekona aytilgan va aksioma sifatida turmush tarzimizga qabul qilingan «Qars 
ikki qo‗ldan chiqadi», «Six ham kuymasin, kabob ham», «Sizdan «u»gina, bizdan 
«bu»gina» kabi maqollarning bekorga aytilmagan-ligini idrok etmasdan turib his 
etish mumkin emas
56
.

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish