O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya


 bojlar bo‗yicha tartibga solishdagi muammolar



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

 

bojlar bo‗yicha tartibga solishdagi muammolar;
 

moliyalashtirish manbalariga yo‗l topishdagi muammo-lar, kredit 
olish bo‗yicha qiyinchiliklar;
 

mamlakatning ayrim mintaqalarida malakali mehnat resurslarining 
etarli emasligi;
 

transport bilan bog‗liq bo‗lgan muammolar;
 

telekommunikatsiya va aloqa bo‗yicha muammolar;
 

ijtimoiy infrastrukturaning etarli darajada rivojlanmaganligi bilan 
bog‗liq bo‗lgan muammolar; 

erkin harakatlanish hamda konsullik xizmatini ko‗rsatishdagi 
muammolar va boshqalar. 
Ko‗rinib turibdiki, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi salbiy omillar 
orasida soliq qonunchiligining takomillashmaganligi 1-o‗rinda turgan bo‗lsa, boj 
qonun-chiligining kamchiliklari 2-o‗rinni egallab turibdi. Demak, 1 va 2-o‗rinlarni 
egallab turgan omillar soliqlar, yig‗imlar va boj to‗lovlari bilan bevosita bog‗liqdir. 
Agar o‗z mamlakatlarida nisbatan ancha yuqori soliqlarni to‗lashga allaqachon 
ko‗nikib qolgan xorijiy investorlarni aynan nima qo‗rqitayotganligi to‗g‗risida 
salgina o‗ylasak, bu narsa har holda soliqqa tortishning darajasi emasligi ma‘lum 
bo‗ladi. Soliq tizimining nobarqarorligi, teskari kuchga ega bo‗lgan qonunlarning 
qabul qilinishi, soliq qonunlari ayrim moddalarining etarli darajada aniq emasligi 
va ayrimlarining qarama-qarshi xarakterda ekanligi, soliq qonunchiligining salgina 
buzilishi natijasida juda og‗ir moliyaviy jazolarning qo‗llanilishi xorijiy investor-
larning juda ehtiyotkorlik bilan ish tutishlariga majbur etmoqda. 
Ikki marta soliqqa tortish riskining mavjud ekanligi ham soliqlar bo‗yicha bu 
sohadagi eng muhim muammolardan yana biridir. Bu muammo xalqaro soliqqa 
tortish amaliyotidagi eng asosiy muammodir. 
Davlatlar o‗rtasidagi savdo-sotiq ishlari amalga oshirilayotgan paytda har 
ikkala savdolashayotgan tomonlarning hukumatlari ana shu savdodan kelayotgan 
daromaddan soliq olishni istashadi. Ikki marta soliqqa tortish potentsial ravishda 
shuning uchun ham vujudga keladiki, bir mamlakat soliq to‗lovchining yashash 
faktiga asoslangan holda soliqqa tortish huquqini da‘vo qilsa, ikkinchi mamlakat 
esa daromadning olinish joyini hisobga olgan holda xuddi shu narsaga da‘vo 


58 
qiladi. Ikki marta soliqqa tortish har ikkala mamlakat soliq to‗lovchi uning 
rezidenti yoki daromad aynan shu mamlakatda olingan deb e‘lon qilgan yoki 
tasdiqlagan paytda ham vujudga kelishi mumkin. 
Ana shunday sharoitda, bizning fikrimizcha, xolisona xalqaro soliqqa tortish 
kontseptsiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kontseptsiya uch asosiy qoidani o‗z 
ichiga oladi: 

kapitalni eksport qilishga nisbatan xolisonalik. Agar soliq 
to‗lovchining 
o‗z 
mamlakatiga 
yoki 
xorijiy 
mamlakatga 
investitsiyalashtirishdagi tanloviga soliqqa tortish masalasi o‗z ta‘sirini 
ko‗rsatmasa soliq tizimi yuqoridagi qoidaga mos keladi. Bunday sharoitda 
korporatsiya investitsiyalashtirish to‗g‗risidagi qarorni soliq omili asosida 
emas, balki tadbirkorlik omili asosida qabul qiladi. Ideal raqobat sharoitida 
kapitalni eksport qilishga nisbatan xolisonalik kapitalni samarali 
taqsimlanishiga va undan oqilona foydalanishga olib keladi; 

kapitalni import qilishga nisbatan xolisonalik. Agar bozorda faoliyat 
ko‗rsatayotgan barcha korporatsiyalar yagona soliq stavkasi asosida soliqqa 
tortilsa, bu qoidani bajarilgan deb hisoblash mumkin; 

milliy xolisonalik. Bu qoidaga ko‗ra soliq to‗lovchi va byudjet 
o‗rtasida taqsimlanadigan kapitaldan olinadigan umumiy foyda kapitalning 
qaerda (o‗z mamlakatidami yoki xorijiy mamlakatdami) investitsiya 
qilinganligiga bog‗liq bo‗lmagan holda bir xil bo‗lmog‗i lozim.
O‗zbekiston ikki marta soliqqa tortish hollarini bekor qilish to‗g‗risida bir 
necha hukumatlararo bitimlarni imzolagan. Soliqlarni undirish bo‗yicha 
hukumatlararo bitimlar O‗zbekiston Respublikasining soliq qonunlariga nisbatan 
ustuvor mavqega egadir. Hukumatlararo bitimlar bo‗lmaganda xorijiy firmalar va 
kompaniyalar O‗zbekiston Respublikasining qonunlari bo‗yicha soliqqa tortiladi. 
Bunda xorijiy yuridik shaxs foydasining O‗zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan 
bog‗liq bo‗lgan qismigina soliqqa tortilishi mumkin. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish