O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

 
Beshinchi fikr:
 
«Avvalo soliq tizimi o„ziga xos vazifani - fiskal (xazina 
to„ldirish), qayta taqsimlash va rag„batlantirish vazifasini to„la darajada bajarishi 
kerak». 
(Karimov I.A. O‗zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: ―O‗zbekiston‖, 1998. 358-bet). 
Ko‗rinib turibdiki, bu erda soliq tizimining oldiga o‗ziga xos uch vazifaning 
qo‗yilishi kerakligi ko‗rsatilgan: 
1. Fiskal (xazina to‗ldirish); 
2. Qayta taqsimlash; 
3. Rag‗batlantirish. 
Lekin bundan soliq tizimi faqat shu uch vazifani bajarishi kerak ekanda, 
degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Chunki soliq tizimi yuqoridagilardan 
tashqari yana bir necha vazifalarni ham bajaradi, masalan, nazorat qilish, taqiqlash 
yoki to‗sqinlik qilib turish va boshqalar. Shuning uchun ham yuqoridagi fikrni 
ifodalashda «avvalo» degan so‗z bejiz ishlatilmagan. Bu - ushbu fikr bo‗yicha 
mulohaza yuritilayotgan paytda e‘tiborga olinishi lozim bo‗lgan birinchi 
momentdir.
Ikkinchidan, bu fikr talqin qilinayotgan paytda soliq tizimining oldiga 
qo‗yilgan vazifalar ketma-ketligi nazardan chetda qolmasligi kerak. Bu erda soliq 
tizimining oldiga birinchi galdagi vazifa sifatida fiskal (xazinani to‗ldirish) vazifasi 
qo‗yilayapti. Qayta taqsimlash va rag‗batlantirish vazifalarining ikkinchi va 
uchinchi o‗rinlarda qo‗yilishi, o‗z navbatida, mantiqning tegishli qoidalariga qat‘iy 
ravishda rioya qilinganligidan dalolat beradi. Haqiqatdan ham soliq tizimi dastlab 
fiskal (xazinani to‗ldirish) vazifani bajarib bo‗lganidan so‗ng qayta taqsimlash va 


140 
undan keyingina rag‗batlantirish bilan bog‗liq bo‗lgan vazifalar kun tartibiga 
qo‗yiladi. 
Uchinchidan, bu fikr to‗g‗risida mulohaza yuritilayotgan vaqtda 
vazifalarning bajarilishiga yoki ularning baja-rilish darajasiga ham (qay darajada 
bajarilishiga ham) alohida urg‗u berilganligi hisobga olinishi lozim. Darha-qiqat bu 
erda soliq tizimining, avvalo, o‗ziga xos bo‗lgan 3 vazifani bajarishi kerakligi 
aniqlashtirilibgina qolmasdan, balki ularning «to‗la darajada» bajarilishi kerakligi 
ham qayd etilgan. 
To‗rtinchidan, soliq tizimining oldiga qo‗yilgan va-zifalarining ketma-ketligi 
har doim ham shu tartibning (ketma-ketlikning) saqlanib qolishi kerakligini taqozo 
etmaydi. Tarixiy taraqqiyotning alohida olingan ma‘lum bir bosqichida bu 
vazifalar ketma-ketligi o‗zgarishi, ke-yingi qatorda turgan vazifalar oldingi qatorga 
o‗tishi mumkin. Bu narsa umumiy tarzda qaysi vazifaning mamlakat taraqqiyoti 
uchun birinchi darajali vazifaga aylanganligiga bog‗liq. 
Oltinchi fikr: 
«Soliq tizimining eng muhim vazifasi - ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, 
to„plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag„bat-lantiruvchi ta‟sir 
ko„rsatishdir». 
(Karimov I.A. O‗zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: ―O‗zbekiston‖, 1998. 359-bet). 
Avvalo shuni qayd etish lozimki, Prezidentimiz to-monidan bildirilgan fikrni 
o‗qib, o‗quvchida «Bu fikr oldingi fikrga zid emasmikan?», - degan tasavvur 
tug‗il-masligi kerak. Chunki bu fikrda oldingi fikrdagi asosiy g‗oyalardan biri 
yanada rivojlantirilayapti, yanada konkret-lashtirilayapti. Oldingi fikrda soliq 
tizimining oldiga qo‗yilgan o‗ziga xos uch vazifaning uchinchisi rag‗batlantirish 
deb ko‗rsatilgan bo‗lsa, bu fikrda ana shu rag‗batlantirish bilan bog‗liq bo‗lgan 
vazifaga ancha aniqlik kiritilgan. 
Ma‘lum bir belgilarni inobatga oladigan bo‗lsak, bu erda soliq tizimining 
oldiga qo‗yilgan rag‗batlantirish bilan bog‗liq bo‗lgan eng muhim vazifalarni uch 
guruhga bo‗lish mumkin: 

ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag‗batlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatish; 

moddiy xom ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurs-laridan samarali 
foydalanishga rag‗batlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatish; 

to‗plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‗-batlantiruvchi ta‘sir 
ko‗rsatish. 
Bu erdagi birinchi punktda ishlab chiqarishni rag‗bat-lantirish to‗g‗risida gap 
ketayotgani yo‗q, balki aynan ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag‗batlantiruvchi 
ta‘sir ko‗rsatish to‗g‗risida gap ketayapti. Ana shu erdagi «rivojlan-tirish» so‗ziga 


141 
alohida urg‗u berib qaralgan taqdirdagina fikrning asl mohiyatini to‗g‗ri idrok etish 
mumkin. 
Amaldagi soliq tizimi barcha resurslardan samarali foydalanishga 
rag‗batlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatishi lozim. Bu erda resurslarning qanday shaklda 
(moddiy xom ashyo, tabiiy, moliyaviy, mehnat va boshqa) bo‗lishi printsipial 
ahamiyatga ega emas. Bozor iqtisodiyoti barcha resurslardan har doim samarali 
foydalanishni taqozo etadi. Bu o‗rinda fikrdagi «samarali» so‗ziga alohida e‘tibor 
berilishi uning tub mohiyatini ochib berishga yordam beradi. 
Soliq tizimining oldiga qo‗yilgan rag‗batlantirish bilan bog‗liq bo‗lgan eng 
muhim vazifalarning navbatdagisi to‗plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga 
rag‗-batlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatishdir. Bu erda ham to‗plangan mol-mulkning 
kimga tegishli ekanligi printsipial ahamiyatga ega emas. Undan qat‘inazar bozor 
iqtisodiyoti to‗plangan mol-mulkdan har doim samarali foydalanish kerakligini 
talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti «Bu to‗plangan mol-mulk meniki. Uning taqdirini 
o‗zim hal qilaman. Xohlasam foydalanaman, xohlamasam - yo‗q», - qabilida ish 
tutishni yoqtirmaydi. Boshqa bir tomondan to‗plangan mol-mulkning taqdiriga 
uning egasigina (bozor iqtisodiyotining tegishli qonun qoidalarini bilmaydiganlar) 
befarq qarashi mumkin. Davlat esa bunday qila olmaydi. Soliq tizimi orqali, 
aksincha to‗plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‗batlantiruvchi ta‘sir 
ko‗rsatishga harakat qilaveradi. Davlatning bu sohadagi xatti-harakatini tabiiy 
ravishda qabul qilmoq lozim. 
Ettinchi fikr: 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish