133
ana shunday imtiyozni qay tartibda taqdim etishning maqsadga muvofiqligi o‗z
aksini topgan. Bir vaqtning o‗zida, bobomizning ―... kimda-kim biror sahroni obod
qilsa yoki koriz (er ostidan qurilgan ariq) qursa, yo biron bog‗ ko‗kartirsa, yoxud
biron xarob bo‗lib yotgan erni obod qilsa‖ degan fikrlari, bir tomondan, bugungi
kunda ham o‗z shaklu-shamoyilini to‗liq saqlab qolgan bo‗lishiga qaramasdan,
ikkinchi tomondan, yangicha mazmun kasb etib, ―yangidan tashkil etilayotgan
kichik
korxonalar va mikro-firmalar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona-
lar, ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilishga jiddiy e‘tibor
berayotgan va h.k. korxonalar‖ shaklini olmayaptimi? O‗sha davrda aytilgan
fikrlardan bugungi kunda ham to‗liq foydalanilmayaptimi?
Sohibqiron Amir Temurning ―...birinchi yili undan hech narsa
olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‗z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili
(esa) qonun-qoidaga muvo- fiq xiroj olsinlar‖,
deya bergan amri, bugungi
kunda ozroq o‗zgargandek tuyulsa-da, hamon o‗z kuchini yuqotmabdi-ku?! Soliq
to‗lovchilarning ayrim toifalariga nisbatan 1 yil, 2 yil va h.k.muddatlarda
soliqlardan ozod qilish tartibining o‗rnatilishi zamirida bobomizning g‗oyasi
yotgan ekan-ku?! Buning ustiga, jahongir Amir Temurning yuqoridagi fikrida,
bizningcha, hozirgi sharoitda byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning
fundamental asoslari (ustuvor yo‗nalishlari) sifatida e‘tirof etilishi lozim bo‗lgan
yana bir g‗oya mavjud.
Gap bu o‗rinda, bobomizning ―...ikkinchi yili raiyat o‗z roziligi bilan
berganini olsinlar...‖, degan fikri xususida ketayapti. Unga ko‗ra, soliqlar bo‗yicha
imtiyozlarda bir
necha davr belgilanishi kerak, ya‘ni birinchi davrda soliqlar
umuman olinmaydi. Ikkinchi davrda soliqlar soliq to‗lovchining roziligi asosida
olinadi. Uchinchi davrdan boshlab esa, soliqlar hamma qatori qonun-qoidaga
muvofiq olinishi kerak. Bir tasavvur qilib ko‗ring, agar shunday tartib
o‗rnatiladigan bo‗lsa, u qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Nahotki, o‗ziga
imtiyozli sharoitni yaratib bergan davlatiga ma‘lum
bir muddatdan keyin soliqni
o‗z ixtiyorlari bilan to‗laydigan birorta ham insofli soliq to‗lovchi topilmasa?!
Topiladi! Topilajak, albatta! Bu byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning
fundamen-tal asoslari (ustuvor yo‗nalishlari) sifatida buyuk bobokalonimiz Amir
Temurning bundan bir necha asr muqaddam aytgan fikrlarida hamon ma‘lum bir
foydalanilmagan zahiralarning mavjudligidan dalolat emasmi?!
Bizning fikrimizcha, buyuk bobokalonimiz Amir Temurning yuqoridagi
fikrlaridan kelib chiqishi mumkin bo‗lgan bu xulosalar ilmiy va amaliy asosga ega
bo‗lib, ular hanuzgacha o‗z qadr-qimmatini yuqotmagan va yuqotmagay,
inshoalloh! Bir vaqtning o‗zida, ular zamonaviy
byudjet-soliq siyosatini
takomillashtirishning fundamental asoslari (ustuvor yo‗nalishlari) bo‗lib hali uzoq
134
yillar davomida jamiyatimizning taraqqiyotiga, O‗zbekistonimizning kelajagi
buyuk davlatga aylanishida o‗zining munosib hissasini qo‗shaveradi.
Byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning zamona-viy fundamental
asoslari (ustuvor yo‗nalishlari) nimalardan iborat bo‗lishi mumkinligi xususida
mamla-katimiz Prezidenti I.A.Karimovning fikrlari ham alohida ahamiyatga ega.
Shu munosabat bilan o‗quv qo‗llanmamizning ushbu bobi doirasida biz
respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan byudjet-soliq
siyosati xususida
bildirilgan fikrlar to‗g‗risida mulohaza yuritishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Buning, nazarimizda, bir necha asosli sabablari mavjud.
Birinchidan, shu narsani alohida ta‘kidlash joizki, Prezidentimizning asarlari
bilan tanishar ekanmiz, aynan ana shu asarlarda byudjet-soliq siyosatining nazariy
masalalariga asos solinganiga (nazariy asoslarining yaratilganligiga) guvoh
bo‗lamiz.
Ikkinchidan, hozirgi paytda biz ishlab chiqilayotgan va hayotga tatbiq
etilayotgan byudjet-soliq siyosatining asl mohiyatini to‗g‗ri idrok etishni istar
ekanmiz, davlatimiz rahbarining bu xususda bildirgan fikrlariga alohida e‘ti-bor
bilan qarashimiz darkor.
Uchinchidan, davlat rahbari sifatida byudjet-soliq siyosatiga nisbatan
Prezidentimiz tomonidan bildirilgan fikrlar barchaning (hatto shu sohada faoliyat
ko‗rsatayotgan tegishli mutaxassislarning ham) e‘tiboriga
etarli tarzda etib
bormaganligini xolisona tan olishimiz kerak.
To‗rtinchidan, «Prezidentimiz byudjet-soliq siyosati to‗g‗risida qanday
fikrlarni bildirgan?» - degan savolga faqat tegishli iqtisodchilar va iqtisodchi-
olimlarning tor doirasigina javob berishga qodir bo‗lsa, ularning ayrimlari «Nima
uchun aynan shunday fikrlar bildi-rilgan?» - degan savolga malakali tarzda javob
berishga hamon ojizlik qilishmoqda.
Bu va shunga o‗xshash yana bir necha asosli sabablarni inobatga olgan holda
yurtboshimizning turli yillardagi byudjet-soliq siyosatiga xos bo‗lgan fikrlarini
quyida keltiraylik va ular to‗g‗risida mulohaza yuritishga harakat qilaylik.
Shubhasiz, ularda hozirgi paytda va yaqin kelajakda mamlakatimizda byudjet-soliq
siyosatini tako-millashtirishning fundamental asoslari (ustuvor yo‗na-lishlari) o‗z
in‘ikosini topgan.
Birinchi fikr
Do'stlaringiz bilan baham: