15.6.
Startaplarni
moliyalashtirish
uchun
onlayn-kreudfanding
platformalar
Biznesni boshlar ekan, odamlar avvalo “Pulni qay
yerda
n olish kerak?” degan
savolga to‘qnash kelishadi. Bu
yerda
variantlar yetarli: oflayn aloqalar orqali
investorni qidirib topishingiz, biznes inkubatorga borishingiz yoki venchur fondga
murojaat qilishingiz mumkin. Eng dangasalar uchun hatto sotuvchilarni (startaplar)
va xaridorlarni (investorlar) birlashtiradigan platformalar ham mavjud. Bu
yerda
yuridik shaxsni ro‘yxatga olish kabi rasmiyatchiliklar ikkinchi darajaga tushib
qoladi. Ko‘p hollarda, loyiha profilini to‘g‘ri loyihalashtirish va uni tasdiqlash
uchun sayt ma’murlariga berish kifoya. Agar startap va investor bilan tanishish
muvaffaqiyatli kechgan bo‘lsa, bitimlar odatiy tarzda tuziladi – kompaniyadagi
ulushni onlayn sotish instrumentlari hozircha o‘ylab topilmagan.
Kickstarter.
Ushbu platforma xayriya asosida ijodiy loyihalar uchun pul olish
imkonini beradi. Bunda loyihalar turli-tumanligi bilan ajralib turishi mumkin.
Kickstarter – bu allaqachon ko‘plab yirik loyihalarga yordam bergan birinchi
platformalardandir.
Indiegogo.
Kickstartyerdan farqli o‘laroq, ushbu platforma ijodiy loyihalar
bilan chegaralanmagan. Indiegogoda siz har qanday narsa uchun – sevimli
mashg‘ulot, xayriya, startap yoki shaxsiy moliyaviy ehtiyojlargacha pul
to‘plashingiz mumkin. Ushbu platforma ham dastlabkilardan biri bo‘lib, hududiy
200
yoki boshqa chegaralar mavjud emasligi tufayli tanilgan.
Crowdfunder.com
.
Ushbu
platforma
faqat
investitsiyalar
uchun
mo‘ljallangan. U investorlar uchun eng tez o‘sayotgan va keng platformalardandir.
Crowdfunder – investitsiya shartnomalari asosida moliyalashtirish uchun jiddiy
platforma.
Rockethub.
Ijodiy loyihalarni xayriya moliyalashtirishga asoslangan boshqa
platforma. Rockethub qolgan barcha ishtirokchilardan FuelPad va LaunchPad
dasturlari mavjudligi bilan ajralib turadi, ular barcha ishtirokchilarga natijaga
erishish uchun bir-birlari bilan aloqa qilish va ma’lumot almashishga
ko‘maklashadi.
Crowdrise.
Agar siz xayr-ehson yoki boshqa ehtiyojlar uchun pul yig‘moqchi
bo‘lsangiz, unda shunga murojaat qiling. Boshqa tashkilotlarning qancha pul
to‘planganligini kuzatishga imkon beruvchi tizim ushbu platformaning o‘ziga xos
xususiyati sanaladi.
REZYUME
“Startap” so‘zi inglizcha startup – “startap” tushunchasidan kelib chiqqan va
u endigina yaratilgan yoki hali yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani
anglatadi.
Tashabbuskor guruh foyda emas, g‘oya uchun ishlaydi. Shuning uchun
“startap” yaratishda g‘oyaviy yetakchi rahbarligida butun boshli jamoa ishtirok
etadi. Ushbu jamoaning har bir a’zosi muayyan funksiyani bajaradi: biri istiqbolli
g‘oyani ishlab chiqadi, ikkinchisi ushbu g‘oya asosida biznesni rejalashtiradi,
uchinchisi –yetkazib beruvchilar, mijozlar, moliyalashtirish manbalarini qidiradi.
Ular natijaga birdaniga erishib bo‘lmasligini yaxshi tushunadilar. Ammo
g‘oyalarining foyda keltirishiga qattiq ishonadilar.
G‘oyalarni ro‘yobga chiqarishga mablag‘ yetishmasligi “startap”ning asosiy
xarakterli xususiyatlaridan. Shuning uchun “startap”larga investorlar – yangi
g‘oyalarga qiziquvchi, sarmoya kiritish orqali ularni ro‘yobga chiqarishga
ko‘maklashuvchi odamlar kerak bo‘ladi.
201
Do'stlaringiz bilan baham: |