O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

15.6. 
Startaplarni 
moliyalashtirish 
uchun 
onlayn-kreudfanding 
platformalar 
Biznesni boshlar ekan, odamlar avvalo “Pulni qay
yerda
n olish kerak?” degan 
savolga to‘qnash kelishadi. Bu 
yerda
variantlar yetarli: oflayn aloqalar orqali 
investorni qidirib topishingiz, biznes inkubatorga borishingiz yoki venchur fondga 
murojaat qilishingiz mumkin. Eng dangasalar uchun hatto sotuvchilarni (startaplar) 
va xaridorlarni (investorlar) birlashtiradigan platformalar ham mavjud. Bu 
yerda
yuridik shaxsni ro‘yxatga olish kabi rasmiyatchiliklar ikkinchi darajaga tushib 
qoladi. Ko‘p hollarda, loyiha profilini to‘g‘ri loyihalashtirish va uni tasdiqlash 
uchun sayt ma’murlariga berish kifoya. Agar startap va investor bilan tanishish 
muvaffaqiyatli kechgan bo‘lsa, bitimlar odatiy tarzda tuziladi – kompaniyadagi 
ulushni onlayn sotish instrumentlari hozircha o‘ylab topilmagan. 
Kickstarter. 
Ushbu platforma xayriya asosida ijodiy loyihalar uchun pul olish 
imkonini beradi. Bunda loyihalar turli-tumanligi bilan ajralib turishi mumkin. 
Kickstarter – bu allaqachon ko‘plab yirik loyihalarga yordam bergan birinchi 
platformalardandir. 
Indiegogo.
Kickstartyerdan farqli o‘laroq, ushbu platforma ijodiy loyihalar 
bilan chegaralanmagan. Indiegogoda siz har qanday narsa uchun – sevimli 
mashg‘ulot, xayriya, startap yoki shaxsiy moliyaviy ehtiyojlargacha pul 
to‘plashingiz mumkin. Ushbu platforma ham dastlabkilardan biri bo‘lib, hududiy 


200 
yoki boshqa chegaralar mavjud emasligi tufayli tanilgan. 
Crowdfunder.com

Ushbu 
platforma 
faqat 
investitsiyalar 
uchun 
mo‘ljallangan. U investorlar uchun eng tez o‘sayotgan va keng platformalardandir. 
Crowdfunder – investitsiya shartnomalari asosida moliyalashtirish uchun jiddiy 
platforma. 
Rockethub.
Ijodiy loyihalarni xayriya moliyalashtirishga asoslangan boshqa 
platforma. Rockethub qolgan barcha ishtirokchilardan FuelPad va LaunchPad 
dasturlari mavjudligi bilan ajralib turadi, ular barcha ishtirokchilarga natijaga 
erishish uchun bir-birlari bilan aloqa qilish va ma’lumot almashishga 
ko‘maklashadi. 
Crowdrise.
Agar siz xayr-ehson yoki boshqa ehtiyojlar uchun pul yig‘moqchi 
bo‘lsangiz, unda shunga murojaat qiling. Boshqa tashkilotlarning qancha pul 
to‘planganligini kuzatishga imkon beruvchi tizim ushbu platformaning o‘ziga xos 
xususiyati sanaladi. 
REZYUME 
“Startap” so‘zi inglizcha startup – “startap” tushunchasidan kelib chiqqan va 
u endigina yaratilgan yoki hali yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani 
anglatadi. 
Tashabbuskor guruh foyda emas, g‘oya uchun ishlaydi. Shuning uchun 
“startap” yaratishda g‘oyaviy yetakchi rahbarligida butun boshli jamoa ishtirok 
etadi. Ushbu jamoaning har bir a’zosi muayyan funksiyani bajaradi: biri istiqbolli 
g‘oyani ishlab chiqadi, ikkinchisi ushbu g‘oya asosida biznesni rejalashtiradi, 
uchinchisi –yetkazib beruvchilar, mijozlar, moliyalashtirish manbalarini qidiradi. 
Ular natijaga birdaniga erishib bo‘lmasligini yaxshi tushunadilar. Ammo 
g‘oyalarining foyda keltirishiga qattiq ishonadilar. 
G‘oyalarni ro‘yobga chiqarishga mablag‘ yetishmasligi “startap”ning asosiy 
xarakterli xususiyatlaridan. Shuning uchun “startap”larga investorlar – yangi 
g‘oyalarga qiziquvchi, sarmoya kiritish orqali ularni ro‘yobga chiqarishga 
ko‘maklashuvchi odamlar kerak bo‘ladi. 


201 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish