O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

Diskontlash usullari 
Vaqt o‘tishi bilan yirik kompaniyalar o‘rtasida NPV va IRRning mashhurligi 
o‘sib bormoqda. Payk, shuningdek, Payk va Vulf tomonidan o‘tkazilgan 
tadqiqotlar barcha to‘rt usul ommaviyligi o‘sayotganidan darak bersa-da, aynan 
diskontlash usuli, xususan, NPV juda keng tarqaldi. Aftidan, barcha yoki deyarli 
barcha yirik kompaniyalar investitsiya qarorlarining aksariyatini qabul qilishda 
diskontlash usuldan foydalanadi. Aksincha, Makintayr va Kultxerst tomonidan 
o‘rganilgan o‘rta va kichik firmalarning faqat 44% i diskontlash usulini qo‘llagan. 
Diskontlash usulining ommalashuvi uzoq vaqt NPVning afzalliklari va ozroq 
darajada IRR ni ilgari surgan nazariyachilarni qoniqtiradi. 
Nazariy kamchiliklarga qaramay, IRRni boshqa diskontlash texnologiyalari 
bilan taqqoslaganda nima uchun ko‘proq ommaviy usul bo‘lib qolayotgani 
noma’lum. Ba’zi tahlilchilarning fikricha, moliyaviy qarorlarni qabul qiladiganlar 
funt sterlingda aks ettirilgan NPV ga nisbatan foiz ko‘rsatkichiga jonliroq 
munosabatda bo‘lishadi. 


177 
Bir qator mutaxassislar, shuningdek, qaror qabul qiluvchi shaxslar tahlil 
yakuniga yetgunga qadar “to‘siq” daromadlilik stavkasi (minimal qoniqarli IRR) 
to‘g‘risida masalaga murojaat qilmaslikni afzal ko‘rishlarini ta’kidlashadi. NPV 
asosida baholash uchun bu nomaqbul hisoblanadi, chunki NPVni diskontlash 
stavkasini tanlamay hisoblab bo‘lmaydi.
Lekin diskontlangan pul oqimlari tahlilining salmoqli qismi elektron jadval 
yoki shunga o‘xshash dasturlar yordamida kompyuterda amalga oshirilgani uchun 
NPVning bu kamchiligi asosli tuyulmaydi: muayyan loyiha uchun prognozlangan 
pul oqimlarini kiritish, so‘ngra ularning NPV qiymatiga ta’sirini ko‘rish uchun 
turli diskontlash stavkalaridan foydalanish qiyin emas. 
Ba’zi kompaniyalar rahbariyat uchun IRRning minimal qoniqarli qiymatini 
mahfiy ma’lumot sifatida ko‘rib chiqishga moyil va miqdoriy tahlil doirasidan 
tashqarida uni boshqaruvchilar va muayyan loyihalar uchun IRRni hisoblashga jalb 
qilinadigan xodimlar foydalana olmaydigan qilib qo‘yishi mumkin degan taxmin 
ham aytiladi. 
NPVning ommaviyligi va ko‘p hollarda IRR usuli aynan NPV bilan bir xil 
aniqlikdagi natija berishi kompaniya amalda hal qiluvchi sifatida aksiyadorlar 
farovonligini oshirish maqsadini ko‘rib chiqishidan dalolat beradi. 
Dorixonalar tarmog‘i bo‘lgan “Boots Group plcˮ kompaniyasi turli usullarni 
qo‘llaydigan kompaniyaga misol bo‘la oladi. O‘zining 2004 yilgi hisobotida firma 
quyidagini e’lon qildi: “Biz ham qiymat riskni baholash maqsadida bir qator pul va 
buxgalteriya oqimlari ko‘rsatkichlariga asoslangan yangi investitsiyaviy baholash 
tartibini joriy qildik. 
Ular sof keltirilgan qiymat va qoplash davri kabi pul oqimi ko‘rsatkichlari, 
shuningdek, kapital daromadliligi va zararsizlikka erishish muddati kabilarga 
asoslangan mezonlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, ushbu protsedura bizning 
do‘konlar ochish dasturimizda qat’iy qo‘llaniladi”. Kapital daromadliligi deganda 
ARR nazarda tutilgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. Zararsizlikka erishish 
muddati nima ekanligi uncha tushunarli emas, chunki PBP alohida tilga olingan. 
Ehtimol, bu do‘kon ochilganidan keyin buxgalteriya foydasi keltira boshlashi 
uchun zarur bo‘lgan vaqt bo‘lishi mumkin. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish