O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

 


187 
 
15-MAVZU. STARTAPLARNI MOLIYALASHTIRISH 
REJA: 
15.1.
 
Startap tushunchasi; 
15.2.
 
Startapning o‘ziga xos xususiyatlari; 
15.3.
 
Startapning rivojlanish bosqichlari; 
15.4.
 
Startaplarni moliyalashtirish; 
15.5.
 
Boshlang‘ich bosqichda startaplarni moliyalashtirish; 
1.
Startaplarni 
moliyalashtirish 
uchun 
onlayn-kraudfanding 
platformalar

15.1. Startap tushunchasi 
So‘nggi yillarda biznesda startap kabi hodisa nafaqat mashhur, balki urf bo‘lib 
qoldi. Televideniyeda startaplar haqida gapirishmoqda, bu haqda kitoblar chop 
etilmoqda. Bir qarasangiz, internetda yangi tematik resurslar paydo bo‘lmoqda. 
Startap bilan “tandirdan yangi uzilgan” kompaniya o‘rtasida farq bor-yo‘qligi ham 
hammaga ham tushunarli emas. Startapning o‘ziga xos xususiyatlari bormi? Yoki 
bu atama istalgan istiqbolli tashabbusga ishora qiladimi? 
“Startap” so‘zi inglizcha “startup” – “startap” tushunchasidan kelib chiqadi 
va u endigina yaratilgan yoki yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani anglatadi. 
Bunda o‘sha kompaniyaning rivojlantirish va ilgari surish lozim bo‘lgan 
qandaydir biznes g‘oyasi mavjudligi, ammo uning yaratuvchilari hozircha bozor 
tadqiqotlari va uni amalga oshirish uchun mablag‘ qidirish bilan bandligi nazarda 
tutiladi. 
Ba’zan iste’molchilarga innovatsion tovar va xizmatlarni taklif qilmoqchi, 
ammo hozirda mutanosib biznes-texnologiyalar va moliyaviy ko‘mak izlash 
jarayonida bo‘lgan kompaniyalar “startaplar” deb ataladi. Bunday ularning kelajagi 
ancha mavhum ko‘rinadi. 
Faoliyat sohasidan qat’iy nazar, har qanday kompaniya startap deb 
hisoblanishi mumkin. Biroq ayrim doiralarda yuqori texnologiyalar, “Internet-
biznes” va “aralash fanlar” sohasidagi tashabbuslargina startaplar deb ataladi. 


188 
“Startap” tushunchasi o‘tgan asrning 30-yillarida Amerikada paydo bo‘lgan. 
Aynan o‘sha paytda ikki talaba – Xyulett va Pakkard – mo‘’jazgina korxonaga 
asos solib, uni “startup” deb atashadi. Keyin ayon bo‘lishicha, ushbu kompaniyani 
yuksak istiqbol kutib turgan ekan. Ayni paytda bu kompaniya bizga Hewlett-
Packard yoki HP nomi bilan ma’lum-u mashhurdir. 
Startaplar haqida so‘z ketganda, yurtdoshlarimiz ko‘pincha o‘ziga o‘xshashlar 
orasida alohida ajralib turadigan internet-resurslarni tasavvur qilishadi. Eng 
mashhur va muvaffaqiyatli startaplar sifatida videofayllar xostingi Youtube, «xalq 
entsiklopediyasi» – Vikipediya (hech bir bahs-munozara unga murojaatsiz 
kechmaydi), shuningdek, eng yirik ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va V Kontakte 
tilga olinadi. Ko‘pchilik bu loyihalar negizida betakror g‘oya yotganligi uchun 
shunchalik mashhur bo‘lib ketgan deb o‘ylaydi. Lekin bu unchalik ham to‘g‘ri 
emas. 
Boshqa mamlakatlarda “startap” tushunchasi biroz boshqacha talqin etiladi. 
Startaplarning eng yorqin misollari – bu xalqaro miqyosda dovrug‘ qozongan IT-
korporatsiyalar: Microsoft, Apple, Google. Ushbu gigantlarning tarixi, chindan 
ham, mo‘’jaz narsadan – aynan esa, o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga 
ishtiy

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish