108
tun oʻtkaziladi, bu esa oltinga aloqasi boʻlgan keng tarmoqlangan mijozlar
tarmogʻi bilan taʼminlanadi. Operatsiyalar qatʼiy tartibga solinmagan, qoidalarni
bozor ishtirokchilarining oʻzlari belgilashadi. Oltinning ichki bozorlari - bular bitta
yoki bir nechta mamlakatning bozorlari boʻlib, ular asosan mahalliy investorlarga
moʻljallangan. Ular erkin va tartibga solinuvchi bozorlarga boʻlinadi. Erkin
bozorlarga koʻpchilik Yevropa bozorlari, masalan, Milan, Parij, Amsterdam,
Frankfurt-na-Maynedagi bozorlar kiradi. Tartibga solinuvchi bozorlarga –
koʻpchilik uchinchi dunyo mamlakatlari bozorlari kiradi. Ichki bozorlarda bitimlar
asosan mayda quymalar va tangalar bilan amalga oshiriladi, hisob-kitob vositasi
sifatida esa mahalliy valyutalar ishtirok etadi. Qora bozorlar toifasiga Osiyo
qitʼasidagi ayrim mamlakatlarning oltin bozorlari kiradi. Ularning vujudga kelishi
oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirishga yoppasiga davlatlar tomonidan
cheklashlar kiritilishi bilan bogʻliq. Qora bozorlar yopiq bozorlar bilan parallel
ravishda mavjuddir. Qora bozorlar - bu radikal tarzda tashkil etilgan ichki
bozorlarning bir shakli boʻlib, bu yerda oltinni olib kirish/olib chiqish taqiqlangan
va soliq tartibi tufayli qimmatli metallar bilan savdo qilish ichki narxlar jahon
narxlaridan ortiq boʻlgani sababli foyda keltirmaydi.
Tabiiy oltin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning eng katta hajmi
London va Syurixga toʻgʻri keladi. Dastlab oltin bilan savdo qilishning katta qismi
Londonga toʻgʻri kelar edi, bunga, xususan, metallni Britaniya Hamkorlik
mamlakatlaridan (avvalo, JARdan) yetkazib berilishi imkon bergan boʻlib, bu
mamlakatlarni qimmatbaho metall bilan savdo savoli tarzda tashkil etilgani jalb
qilar edi. Oltin Londondan Yevropa qitʼasiga, u yerdan Yaqin va Uzoq Sharq
mamlakatlariga koʻchirilar edi.
Metallni oldi-sotdi qilishning joriy operatsiyalari bitim tuzilgan kundan
keyin 2 ish kunida valyutalash sanasi (metall va valyutani hisobdan chiqarishni
belgilash sanasi) bilan spot sharti bilan amalga oshiriladi. Joriy amallarning
xalqaro bozori spot-bozori (spot market) deb ataladi. Spot shartlaridagi lotning
stardart oʻlchami besh ming troya unsiyasini tashkil etadi. Troya unsiyasi – jahon
amaliyotida umum qabulqilingan qimmatli metallarning ogʻirligini oʻlchovi boʻlib,
u 31,1034807 grammdan iborat. Mazkur amallarni bajarishdan maqsad kredit
tashilotining qimmatbaho
metallar
fondini shakllantirish
yoki
mijozlar
buyurtmasini bajarish hisoblanadi. Tabiiy oltin bilan narx parametrlarini aniqlash
uchun tayanch nuqtasi London bozori narxi, loko London (“loko” atamasi metallni
yetkazib berish joyini anglatadi) qimmatbaho metallar bilan bitim tuzishning
muhim sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: