150
XII bob. FOND BIRJALARI VA FOND BOZORI ISHTIROKCHILARI
12.1. Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasida fond birjasi faoliyati 12.09.2014 yilda qabul
qilingan OʻRQ-375 sonli “Birjalar va birja faoliyati” toʻgʻrisida qonunning yangi
tahriri orqali tartibga solinadi. Ushbu qonun birjalarning tashkil etilishi va faoliyati
bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”
qonunga muvofiq, birja– oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan
qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs. Qonunning 3–
moddasiga koʻra, birjalar belgilangan tartibda litsenziya olganidan keyin birja
faoliyatini amalga oshirish huquqini qoʻlga kiritadilar va oʻz nomida “birja”
soʻzidan foydalanishlari lozim boʻlgan yuridik shaxslardir.
Birjalar oʻz faoliyatini tovar–xom ashyo, fond va valyuta birjasi turida
amalga oshiradi. Birja oʻz ustav hujjatlariga ega boʻlishi kerak va bu hujjatlar
quyidagilardan iborat:
- birjaning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri, elektron
pochta manzili;
- birja ustav fondining miqdori;
- birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal qiymati, turlari;
- birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining, taftish
komissiyasining va ijroiya organining aʼzolari soni, ushbu organlarni shakllantirish
tartibi, ularning vakolatlari.
Fond birjasi oʻz faoliyatini amalga oshirishda bir qator huquqlarga ega:
kotirovkalash; arbitraj; listing; nazorat va boshqa birja komissiyalarini tashkil
etish; birja tovarlari narxlari birja tomonidan belgilangan chegaraviy miqdordan
oʻzgarib ketsa, birja savdolarini toʻxtatish; qonun hujjatlariga muvofiq tanlov,
kimoshdi, koʻrgazma-yarmarka savdolarini, davlat xaridlari va korporativ
xaridlarni tashkil etish hamda oʻtkazish; birja axborotnomalari, maʼlumotnomalari
hamda boshqa axborot va reklama materiallarini chiqarish; birja savdolarini tashkil
etish; birja tovarlariga boʻlgan talab va taklifning nisbati asosida ularni
kotirovkalash.
Fond birjaning oʻz majburiyatlari ham mavjud. Ularga quyidagilarni
kiritishimiz mumkin: savdo maydonchalarida va seksiyalarda birja savdolari
oʻtkazish joyi hamda vaqti toʻgʻrisida birja aʼzolarini oʻz vaqtida xabardor qilish;
birjada tuzilgan bitimlarnining bajarilishini taʼminlash uchun shart sharoitlar
yaratish; birja aʼzolarining va ular mijozlarining oʻzaro majburiyatlarini belgilash,
aniqlashtirish hamda hisobga olish, shuningdek bankda ochilgan maxsus
hisobvaraqlar orqali ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob kitoblarni amalga oshirish; birja,
birja aʼzolari va ularning mijozlari pul mablagʻlarining alohida-alohida hisobini
yuritish; muntazam ravishda oʻz rasmiy veb-saytida birja tovarlarining
kotirovkalarini joylashtirish, shuningdek birja aʼzolarini har bir birja savdosining
yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilib borish.
151
Fond birjaning faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va tartibga
solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining narxlarini ushbu bozorda
shakllantirishdan tashkil topadi.
Quyidagi rasmda fond birja tamoyillarini koʻrib chiqishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |