Xususiy kapitalni ko’paytirish imkoniyatlari.
Xususiy kapitalni ko’paytirish imkoniyatlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
1.Ustav kapitali bo’yicha:
- muassislar qaroriga ko’ra Ustav kapitalida mavjud muassislar ulushlarining oshirilishi;
- qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi;
- muassislarning yangilarini jalb etish hisobiga Ustav kapitalini oshirish;
- joriy yil foydasini ko’paytirish hisobiga oshirish.
2. Qo’shilgan kapital bo’yicha:
- emission daromadni oshishi hisobiga. Bu aksiyalarning nominal qiymati bilan sotilish bahosi orasidagi farq;
- Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqning oshishi hisobiga. Bu ustav kapitaliga qo’yilgan qo’yilmalarni to’lashda hosil bo’ladigan kursdagi farqlar summasidir.
3. Zaxira kapitali bo’yicha:
- aktivlarni qayta baholash natijasida aniqlangan ortgan qiymatini oshishi hisobiga;
- Ustav kapitaliga nisbatan har yili foydadan majburiy ajratma darajasining oshishi hisobiga;
- tekingan olingan mulk hisobiga.
4. Taqsimlanmagan foyda bo’yicha:
- asosiy faoliyatdan olingan foydani ko’paytirish hisobiga;
- moliyaviy faoliyatdan olinadigan foydani ko’paytirish hisobiga.
Sof aktivlardan foydalanish samaradorligining omilli tahlili (zanjirli almashtirish usulida)
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
O‘sishi, %
|
A
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1. Sof aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m
|
7 745 794 466
|
10 124 233 076
|
+2 378 438 610
|
+130,7
|
2. Sotishdan sof tushum, ming so‘m
|
3 362 225 550
|
5 180 801 340
|
+1 818 575 790
|
+154,1
|
3. Sof foyda, ming so‘m
|
507 693 607
|
974 038 284
|
+466 344 677
|
+191,2
|
4. Sof aktivlarning aylanuvchanligi (2/1)
|
0,434
|
0,511
|
+0,077
|
117,7
|
O‘zgarish sabablari:
|
|
-sof tushumning o‘zgarishi hisobiga
|
5 180 801 340/7 745 794 466 -0.434
|
+0.2348
|
-
|
-sof aktivlar summasining o‘zgarishi hisobiga
|
0.511-5 180 801 340 / 7 745 794 466
|
-0.1578
|
-
|
5. Sof aktivlarning aylanish davri, kun (360 / Ksa)
|
829,4
|
704,5
|
+124,9
|
84,9
|
6. Sof aktivlar rentabelligi, % (3 / 1*100)
|
6,5
|
9,6
|
+3,1
|
147,7
|
O‘zgarish sabablari:
|
|
-sof aktivlar summasining o‘zgarishi hisobiga
|
974 038 284 / 7 745 794 466*100-6.5
|
+6.1
|
-
|
-sof foyda o‘zgarishi hisobiga
|
9.6 - 974 038 284 / 7 745 794 466*100
|
-3.0
|
-
|
Aksionerlik jamiyatida sof aktivlarning samaradorligini omilli tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, joriy yildagi sof aktivlarning aylanuvchanlik koeffitsiyenti o‘tgan yilga nisbatan 0.077 ga ortgan. Bu o‘zgarishga sof aktivlar qiymatining ortishi salbiy (-0.1578), sof tushumlar summasining ortishi ijobiy (+0.2348) ta’sir etgan. O‘z navbatida sof aktivlarning rentabelligi o‘tgan yilga nisbatan 3.1 %ga ortishiga quyidagi omillar ta’sir etgan: sof foyda summasining o‘tgan yilgan nisbatan 466 344 677 ming so‘mga o‘zgarishi rentabellikning 6.1 %ga ortishiga; sof aktivlar summasining 2 378 438 610 o‘zgarishi rentabellikning 3.0 %ga kamayishiga olib kelgan.
Xususiy kapital rentabelligi bir yoki yuz so’mlik xususiy kapital hajmi hisobiga olingan sof foyda summasini bildiradi. Ushbu ko’rsatkich bazis yilidagi yoki biznes rejada ko’zda tutilgan kapital rentabelligiga nisbatan yuqori bo’lsa, xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi. Xususiy kapital rentabelligi qancha yuqori bo’lsa, xo’jalikning moliyaviy ahvoli ham shuncha mustahkam bo’ladi.
Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini bazis yilidagi (yoki rejada ko’zda tutilgan darajasiga) solishtirib, umumiy o’zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Rentabellik darajasining o’zgarishi birinchi va ikkinchi tartibli omillar ta’siri ostida yuzaga keladi.
Birinchi tartibli omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi;
Sof foyda hajmining o’zgarishi.
Korxonaning ustav kapitali o’z mablag’lar manbaining asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo’yilgan pay to’lovlarini, aksiyalarining nominal qiymatini o’zida saqlaydi. Uning hisobi esa hukumat qarorlari va ta’sischilarning yig’inida qabul qilingan qarorlar asosida yuritilib boriladi.
Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mulkni ko’rsatadi. Mulkning kelishi vaqtiga esa bu summa ustav kapitalida ko’rsatiladi.
Korxonalar amalda qo’llanilayotgan qonunlarga ko’ra har yili erishgan foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda ko’rsatilgan tartibda mablag’ chegirilib boriladi.
Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
1. Ko’rilgan zararlarni qoplash uchun;
2. Korxona hisobot yilida foyda olmagan bo’lsa imtiyozli aksiyalar uchun dividend berish;
3. Boshqa to’lovlarni amalga oshirish uchun.
Taqsimlanmagan foyda - bu korxonaning hisobida turgan sof foydasini ko’rsatadi. U ham xususiy kapital tarkibiga kiruvchi eng asosiy ko’rsatkichlardan sanaladi. Lekin faoliyat yurituvchi korxonalar har safar ham foyda bilan chiqmasligi mumkin. Bu holda uning zarari xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar deb yuritiladi. Mazkur ikkala qiymat ham 8710- «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hamda 8720 – “Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotlarida yuritilib, ularning farqi ishoralari orqali aniqlanib olinadi.
Moliyaviy tahlilni olib borishda koeffitsiyentlar usuli eng ilg’or metodlardan xisoblanib, bizning o’rganayotgan mavzuimizni ham ularsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida turli xil moliyaviy koeffitsiyenlar o’rganiladi va ularni shartli ravishda to’rtta katta guruhlarga ajratiladi:
Rentabellik koeffitsiyentlari;
Likvidlik koeffitsiyentlari;
To’lov qobiliyati koeffitsiyentlari;
Bozor indikatorlari.
Xususiy kapital rentabelligi sof foydaning xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati tariqasida hisoblanadi, ya’ni u xususiy kapital summasini 100 foizga ko’paytirib, natijasini xususiy kapitalning o’rta qiymatiga bo’lishi orqali aniqlanadi. Buni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |