O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat sharqshunoslik instituti



Download 14,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/205
Sana28.07.2021
Hajmi14,42 Mb.
#130770
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   205
Bog'liq
Arxeologiya 1

Ashel davri (bundan 700-150-120 ming yil muqaddam). Ashel davrida yangi tosh quroli 
–  qo‘l  chopqilari  (ручные  рубила)  va  teshgichlar  (кливера)  paydo  bo‘lgan.  Bu  davr  qurollari 
olduvay qurollariga nisbatan katta bo‘lib, 35 sm gacha bo‘lgan.  
Ashel  davrida  odamlar  ovchilikka  qulay  muqim  joyga  o‘rnashib,  tosh  qurollar 
yasaladigan maxsus ―ustaxonalar‖ tashkil etishgan. Bu davrda olov kashf etilib, odamlar gorlarda 
yashab,  o‘zlarini  yovvoyi  hayvonlardan  himoya  qilishga  sharoit  yarata  boshlaganlar.  Jinslar 
o‘rasida  taqsimot  vujudga  kela  boshlagan:  erkaklar  ovchilik  bilan,  ayollar  esa,  ―uyda‖  olovni 
saqlash, bolalarga va qariyalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishgan.   
Mustye  davri  –  asheldan  keyingi,  xronologik  jihatdan  muzlikning  riss  bosqichiga 
muvofiq keladigan davrdir.  Bu bosqich bir necha 10 ming  yillar davom  etgan bo‘lib, taxminan 
40 ming yillar burun tugagan va u Frantsiyadagi Must‘e g‘or-makoni nomi bilan atalgan. 


 
 
37 
 
Mustye madaniyati – neandertal odamlar hayoti, faoliyati, maishiy munosabatlarining aks 
etishidir. Bu davrda neandertallar keng territoriyaga yoyilgan, tabiat bilan ilk paleolit odamlariga 
nisbatan  faolroq  munosabatga  kirishgan.  Tabiiy  sharoit  sovub,  Yevropa,  Osiyo,  Amerika 
shimoliy  viloyatlarining  katta  qismini  ulkan  muzliklar  qoplagan.  Sharqiy  Yevropa  hududlariga 
ham muz qatlamlari siljigan (uning markaziy Skandinaviya bo‘lgan) va qalinligi 2 km.ni tashkil 
etgan.  Hatto  must‘e  bosqichida  O‘rta  va  G‘arbiy  Sibirni  ulkan  muzlik  qatlami  qoplagan. 
Shimoli-sharqda esa, markazi Chukotka bo‘lgan muzlik qoplagan. Umuman, million km
2
 ni muz 
qoplab, bu joy inson faoliyat ko‘rsata olmaydigan hududga aylangan. 
Mustye  davrida  –  mamontlar,  shimol  bug‘ilari  va  boshqa  hayvonlar  keng  tarqalgan. 
Muzlikning  siljishi  natijasida  ob-havoning  sovushi  qadimgi  odamlarni  tabiiy  sharoitga 
moslashishiga turtki bo‘ladi.  Qadimgi  odamlar tabiatning dahshatli sinovi  (sovug‘i)  ga chidash 
uchun  yashash  zaruriyatining  turli  formalarini  topishga  harakat  qiladi.  Bu  harakat  (sovuqdan 
saqlanish,  kiyim  kiyish,  ehtiyojni  qondirish)  natijasida  insoniyat  o‘z  taraqqiyotida  hal  qiluvchi 
asosiy qadamlardan birini tashladi.  
Insonning  rivojlanish  jarayonida  ongning  taraqqiy  etishi  asosiy  hal  qiluvchi  omillardan 
biridir. Mustye davrida  yashagan va  antropogenez jarayonida 2 chi asosiy  hal  qiluvchi  bosqich 
hisoblangan  –  neandertallar  dunyoni  bilish,  tabiat  to‘g‘risida,  undagi  o‘zgarishlar  va  real 
voqealarcha  munosabat  borasida  ma‘lum  fikrga  kela  boshladi.  O‘z  faoliyati  davomida  bilimga 
ega  bo‘lish  va  fikrlash  ko‘nikmalarini  sekin-asta  egallanishi  odamni  (insonni)  rivojlantiradi. 
Natijada  tabiatdagi  voqealarning  sehrli  tuyulishi  ta‘sirida  dastlabki  diniy  tasavvurlar  paydo 
bo‘ladi.  Ya‘ni  hayratlanish,  o‘zgarishlarni  sehr  sifatida  idrok  etilishi  murdalarni  ko‘mish  – 
chuqur kovlash, murda yoniga uning qurollarini quyilishi va hakozolar «narigi dunyo» yoki ruh 
haqidagi tushunchalarni paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.  
Mustye  davrida  tabiatning  keskin  o‘zgarishi  odamlar  faoliyatida,  hayotida  katta 
muammolarni  keltirib  chiqardi.  Avvalgi  issiq  iqlim  o‘rniga  muz  sovug‘i  -  havoning  keskin 
o‘zgarishi  yashash  zaruratini  qiyinlashtirdi.  Ko‘plab  odamlar  sovuqdan  qirilib  ketadi.  Tabiat 
bilan kurashib, mol terilaridan kiyimlar tikib, ochiq manzilgohlardan baland g‘orlarga joylashgan 
odamlar jon saqlab yangi sharoitga ko‘nika boshlagan. 
G‘orlarga  joylashgan  odamlarni  uzoq  vaqt  kollektiv  mehnat  faoliyati  bog‘lab  kelgan. 
Ularning asosiy xo‘jalik mashg‘uloti – ovchilik bo‘lib, u ehtiyojni qondirishdagi asosiga aylandi. 
Odamlarning birgalikda yashashi va uning zaruriyatga aylanishi («kollektivda» yoki g‘or ichida) 
ichki maishiy munosabatlarni shakllanishiga olib keladi.  
Mustye  bosqichi  ibtidoiy  jamiyat  ishlab  chiqaruvchi  kuchlari  rivojlanishida  katta 
ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  bu  davrda  o‘zining  ishlab  chiqarish  funktsiyalariga  ko‘ra  turli 
tuman bo‘lgan tosh qurollar paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda must‘e madaniyat qurollarining 60 turi 
topib  o‘rganilgan.  Chaqmoqtosh  qurollar  yasashning  yangi  texnikasi  must‘e  davrida  keng 
yoyildi. Qurollar yasashning yangi usuli yorma texnika deb ataladi. Bu usul orqali tosh qurolning 
bosh  tomoni  urib  uchirilib,  tekis  maydonga  hosil  qilinadi.  U  zarb  maydonchasi  deb  ataladi. 
Shunday  maydoncha  hosil  bo‘lgandan  keyin  uning  chetlaridan  avvalgi  texnika  usuli  vositasi 
bilan hosil qilish mumkin bo‘lmagan  yupqa tosh parchalarini birin-ketin uchirib olishga imkon 
tug‘ilgan.  Tosh  parrakchalar  uchirib  olinib  bo‘lgach,  nihoyat  tosh  bo‘lagidan  boshqa  uchirib 
bo‘lmaydigan,  tashqarisi  tarashlangan  o‘zak  qolgan.  Bu  o‘zak  nukleus  bo‘lib,  urib  uchirish 
uchun ishlatiladigan yaxlit tosh esa, ushatgich deb atalgan. Mustye uchun ikki asosiy qurol turi: 
o‘tkir  uchli  qurollar  va  tarashlagichlar  xarakterli  bo‘lib,  ular  uch  burchakli  plastinkalardan 
yasalgan;  bu  plastinkalar  yangi  sindirish  texnikasini  qo‘llanib,  disk  (gardish)  shaklidagi 
nukleuslarga  (yadro)  otboynik  (tosh)  bilan  urib  hosil  qilingan.  Qisqa  va  keng  qurollar 
tayyorlangan.  O‘tkir  uchli  qurolning  asosiy  ishni  bajaradigan  qismi-o‘tkir  cho‘qqisi, 
tarashlagichning asosiy qismi esa, uch burchakli plastinkaning yoysimon tagidir. Must‘e davrida 
shakli  jihatdan  tarashlagichga  o‘xshab  ketadigan  bo‘lsa  ham,  lekin  ishni  bajaradigan  chetidagi 
chuqurchasi  bilan  farq  qiladigan  o‘roq  randa  paydo  bo‘lgan.  Bu  asbob  bilan  randalashgan, 
po‘stloqni shilib olishgan. Qurollar ko‘pincha chetlari o‘tkir, yupqa bo‘laklarga yorilishi mumkin 


 
 
38 
 
bo‘lgan  qattiq  chaqmoqtoshdan  yasalgan.  Tabiatda  chaqmoqtosh  keng  tarqalgan.  So‘nggi 
must‘eda  ahyon-ahyonda  istisno  tariqasida  suyakdan  qurollar  yasala  boshlagan.  Eng  qadimgi 
odamlar  har  narsani  eyaveradigan  bo‘lganlar:  o‘simliklardan  tayyorlangan  va  go‘shtli  ovqatlar 
iste‘mol  qilgan.  Odamzodning  tongida  o‘simlik  oziq-ovqatlar  ko‘proq  iste‘mol  qilingan  bo‘lsa 
kerak. Odamlar bunday oziq-ovqatni tabiatdan tayyor shaklda olishgan. Ular o‘simlik ildizlarini, 
mevalarini, zamburug‘larni iste‘mol qilgan. 
Demak, mustye o‘ziga xos arxeologik  bosqich bo‘lib, u miloddan avvalgi  100-40 ming 
yilliklarni o‘z ichiga olib, kishilik madaniyati rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Mustye  davriga  kelib  inson  tashqi  qiyofasida  jiddiy  o‘zgarishlar  ro‘y  bera  boshlagan. 
Arxantroplar  paleoantroplarga  (neandertallar)  aylanib,  ba‗zi  maymunga  xos  belgilar  saqlanib 
qolgan bo‘lsa-da, ularning fikrlash doirasi kengayib, nutq paydo bo‘la boshlagan.  
Mustye  davrida  tosh  qurollarga  ishlov  berishning  o‘ziga  xos  texnologiyasi  vujudga 
kelgan.  Nukleuslarda  zarb  maydonchasi  juda  aniq  olinganligi  aniq  seziladi.  Birgina  zarb  bilan 
toshning  yuqori  qismi  sindirib  olingan  va  natijada  zarb  maydonchasi  hosil  qilingan.  Natijada 
toshning  chetlaridan  turli  ko‘rinishdagi  uchrindilarni  olish  imkoni  tug‘ilgan.  Bunday 
nukleuslardan ko‘pincha uchrindi hosil qilingan.  
Mustye  davri  tosh  qurollariga  ishlov  berish  texnologiyasiga  e‗tibor  qaratadigan  bo‘lsak, 
inson  ongi  va  tafakkurining  o‘sishi  natijasida  tosh  qurollarning  keraksiz,  ishlatishda  halaqit 
beradigan joylari olib tashlangan, ya‗ni tarashlangan.  
Mustye davriga kelib  tosh  qurollarning asosiy shakllari  – uchrindi pichoq va  qirg‘ichlar 
paydo bo‘lgan. Uchrindi pichoq kesishga ishlatilib, ov quroli  hisoblangan.  Qirg‘ich  esa, asosan 
xo‘jalik  quroli  bo‘lib,  teriga  ishlov  berishda  ishlatilgan.  Shu  bilan  birga  qo‘l  chopqilari  ham 
saqlanib  qolgan.  Umuman  olgandi  mustye  davrida  tosh  qurollarning  60  ga  yaqin  turi  mavjud 
bo‘lgan. 
Tosh  qurollar  bilan  birga  suyakdan  yasalgan  qurollar  ham  alohida  ahamiyatga  ega. 
Suyakdan  qilingan  qurollarni  o‘rganish  jarayonida  odamlar  ularni  oddiygina  sindirish  yoki  u 
yoq,  bu  yog‘ini  yo‘nish  bilan  cheklanganlar.  Chunki  suyaklarga  ishlov  berayotganda  ularning 
hammasi ham qovurg‘a yoki kurak suyagi singari egiluvchan, elastik xususiyatga ega bo‘lmagan 
yoki  ushlab  turib  yo‘nishga  moslashmagan.  Tosh  davriga  taalluqli  suyak  qurollari  asosan  jag‘ 
suyagidan,  qoziq  tishlar,  mamont  va  fillarning  tishlari,  suyaklari,  shoxli  hayvonlarning 
shoxlaridan yasalgan.  
Suyakdan  tosh  qurollari  yasalishi  jarayonida  ularga  tosh  qurollar  bilan  ishlov  berilgan. 
Suyakni ma‗lum bir shaklga kiritish uchun 200 gr  yoki 500 gr chaqmoqtoshdan foydalanilgan. 
Tosh  bilan  urib  sindirilgan  suyakning  tig‘li  tarafidan  pichoq  yoki  bigiz  sifatida  ishlatilgan. 
Mamont yoki filning yon tishlariga ishlov berish yoki uni sindirish ancha mehnat va kuchni talab 
etgan.  
Mustye  yodgorliklari  Markaziy  Osiyo  hududlarida  keng  o‘rganilgan.  Mustye 
yodgorliklarini o‘rganish  1938  yildan boshlagan  bo‘lib, hozirgi  kunda  Markaziy  Osiyoda 300 
ga  yaqin  mustye  makonlari  aniqlangan.  Uning  100  ga  yaqini  arxeologlar  tomonidan  keng 
o‘rganilgan.  O‘zbekiston,  Qozog‘iston,  Turkmaniston,  Tojikiston  hududlarida  must‘e 
yodgorliklari  mavjud.  O‘rta  tosh  asri  -  mustye  davri  arxeologik  yodgorliklari  O‘zbekiston 
hududida  ham  mavjud  bo‘lib,  bu  davrda  yashagan  ajdodlarimiz  antropogenez  shajarasida 
neandertal odami nomi bilan ma‘lumdir.  
O‘zbekistonda mustye davri yodgorliklariga Teshiktosh, Obirahmat, Xo‟jakent, Amir 

Download 14,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish