O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat sharqshunoslik instituti



Download 14,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/205
Sana28.07.2021
Hajmi14,42 Mb.
#130770
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   205
Bog'liq
Arxeologiya 1

Sari-Arka  makoni.  Markaziy  Qozog‘istondagi  so‘nggi  tosh  davri  yodgoligidir. 
Yodgorlik Balxash ko‘lining shimoliy sohilidan, suvsiz dara va tog‘ oralig‘i joylaridan topilgan. 
Nukleus, qirg‘ich, keskichlar, to‘g‘ri pichoqsimon parrakchalar, ponasimon nukleuslar topilgan. 
Turkmanistonda Yangaja II degan so‘nggi tosh davri yodgorligi topilgan.  
So‘nggi  tosh  asrining  eng katta  yutug‘i  –  bu odamzod naslining shakllanib bo‘l-ganligi, 
ya‗ni antropogenez jarayonining tugallanishi va hozirgi qiyofadagi odamlar-ning vujudga kelishi 
bo‘ldi.  Shuningdek,  mazkur  davrda  yevropeoid,  mongoloid  va  negroid  kabi  yiik  irqlarning 
shakllanish jarayoni ham ro‘y berdi. 
Umuman olganda hozirgi kunda O‘rta Osiyoda yuqori paleolit davriga mansub bo‘lgan 30 
dan  ortiq  yodgorliklar  topib  o‘rganilgan.  Ana  shu  yodgorliklarni  bizgacha  qoldirgan  qadimgi 
ajdodlarimizning  mehnat  qurollari  asosan  chaqmoqtoshdan  yasalgan  bo‘lib,  bu  yodgorliklardan 
ham  birinchi  marta  tosh  nayza,  sanchqi  kabi  ov  qurollari  xo‘jalikda  keng  ishlatilgani  haqida 
tasavvur hosil qilish mumkin.   
Xulosa sifatida shuni e‘tirof etish kerakki,  yuqori tosh asri yodgorliklarining o‘rganilishi 
bu davrning eng katta yutuqlari to‘g‘risida ma‘lumotlar beradi: 
 - odamzod naslining shakllanib bo‘lganligi, ya‘ni antropogenez jarayonining tugallanishi 
va  hozirgi  qiyofadagi  odamlarning  vujudga  kelishi,  shuningdek,  mazkur  davrda  evropoid, 
mongoloid  va  negroid  kabi  yirik  irqlarning  shakllanish  jarayoni  sodir  bo‘lib,  odamlar  endilikda 
yer yuzining ancha keng territoriyasiga tarqala boshlagan; 
- Yevropa irqiga mansub odamlar: Yevropada va uning janubida g‘arbida, Boltiq dengizi 
bo‘ylarida  joylashgan.  Old  Osiyoda,  Yaqin  Sharqda,  Arabiston,  Hindiston,  Mesopatamiya  va 
boshqa hududlarga o‘rnashgan; 


 
 
45 
 
-  Mo‘g‘ul  irqiga  mansub  odamlar  –  Janubi-sharqiy  Osiyoda  yashagan.  (Qirg‘i-ziston, 
Turkmaniston,  Qozog‘istonda  yashagan  odamlar  qisman  shu  irqqa  mansub  bo‘l-gan).  Ular 
Mo‘g‘uliston, shu bilan birga Shimoliy muz okeani bilan tutash hududlarda yashagan; 
-  Negr  irqiga  mansub  odamlar:  Afrika  va  Hindistonda  yashagan.  Ular  Bering  bo‘g‘ozi 
orqali Amerika qit‘asiga o‘tgan. Janubda esa, Hindixitoy va Indoneziyadan Avstraliya, Tasmaniya 
va undan Tinch okeani orollariga o‘tib yashagan. 
- Miloddan avvalgi 50-12 ming yillikda odamlar yanada mukammal qurollarni yaratib, o‘z 
bunyodkorlik  faoliyatida  bir  necha  pog‘ona  yuqoriga  ko‘tarildi.  Ya‘ni  ke-suvchi,  arralovchi 
qurollarni, munchoq, tumor, bilakuzuk singari taqinchoqlarni yasay oladigan bo‘ldi. 
 -  Yuqori  paleolitda  moddiy  madaniyat,  shuningdek,  ijtimoiy  tuzum  sohasida  keskin 
o‘zgarishlar bo‘ldi. Urug‘lar esa, urug‘ jamoalarini tashkil etdi. Urug‘chilik jamoasi eng qadimgi 
odamlar  to‘dasiga  nisbatan  mustahkamroq  va  tashkiliyroq  edi.  Urug‘  ichida  ayolning  ijtimoiy 
mavqei yuqori bo‘lgani uchun urug‘ uning nomi bilan ona urug‘i  (matriarxat) deb ataldi. 
-  Yuqori  paleolitda  odamlarning  muhim  kashfiyotlaridan  biri  turar  joylar  qurish  bo‘ldi. 
Bu davrda antropogenez jarayoni tugallandi. Hozirgi qiyofadagi odam «Homo Sapiens» - «ongli 
odam» - kramonon tipi odami shakllandi. 

Download 14,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish