Teshiktosh g‟or-makoni Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ tumanidagi Boysun tog‘ining
janubiy yonbag‘ridagi Turgandaryoning Zavlatashgansoy darasida, dengiz sathidan 1500 m
balandda joylashgan. G‘or shimoli-sharqqa qaragan, kengligi 20 m, chuqurligi 21 m, balandligi
9 m. Olib borilgan qazuv ishlari natijasida 5 ta madaniy qatlam borligi aniqlangan. Madaniy
qatlamlardan 2859 ta toshdan yasalgan mehnat qurollari, gulxan izlari va kul qoldiqlari, tog‘
echkisi, bug‘u, yovvoyi ot, ayiq, quyon, kemiruvchi va parrandalarning suyak qoldiqlari topildi.
Teshiktoshdan topilgan topilmalar orasida 25 sm chuqurlikda neandertal tipdagi odam suyagi
qoldiqlari topildi. Bu topilmani mash‘hur antropolog olim M.Gerasimov o‘rganib chiqib, uning
taxminiy qiyofasini tiklagan. Teshiktoshliklar asosan ovchilik va qisman termachilik bilan
shug‘ullanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |