87
3. Annayev T., Tilovov B., Xudoyberdiyev Sh. Boysun arxeologik
yodgorliklari. – T., 1999.
4. Annayev Т., Shaydullayev Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar. – Т., 1997.
5. Buryakov Yu.F. Toshkent vohasining qadimgi karvon yo‘llari. – T., Fan, 1978.
6. Isomiddinov M.H. Sopolga bitilgan tarix. – T., 1993.
7. O'zbekiston tarixi. – Т., 1997.
8. Temur va temuriylar saltanati. – T., 1994.
9. Shahrisabz. Ming yillar merosi. – T., 2002.
10. Беленицкий A.M., Бентович И.Б., Большаков О.Б. Средневековый город
Средней Азии. – Л., 1973.
11. Булатов М. Мавзолей Саманидов - жемчужина архитектуры Средней Азии. – Т.,
1978.
12. Лунина С.Б. Города Южного Согда в VIII-XII вв. – Т., 1984.
12. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Очерки искусства Средней Азии. – Т. 1989.
13. Пугаченкова Г.А. Шедевры Средней Азии. – М., 1989.
VI asrda O‘rta Osiyoga bostirib kelgan arablar madaniyat darajasi o‘zinikidan ancha
baland bo‘lgan mazkur hududni yagona boshqaruvga asoslangan davlat bo‘lmay, kichik-kichik
mustaqil davlatchalar o‘rtasidagi o‘zaro urushlaridan foydalanib osonlik bilan egallaydi. Dastlab
Umaviylar, keyinchalik Abbosiylar hukmronligi ostida bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqlari islom dini
va arab madaniyatini qabul qilishga majbur etiladi.
O‘rta Osiyoda rivojlangan o‘rta asrlar davri mahalliy feodal hokimliklari o‘rnida yagona
markazlashgan feodal davlatlari tashkil topishi bilan boshlanib, to temuriylar davlati inqiroziga
qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Arablar bosib olingan O‘rta Osiyo yerlarini
―
Movarounnahr‖ (daryo orti) deb atay boshlaydilar. Bu davrni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
munosabatlari xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin. Davrning
birinchi bosqichi IX-XIII asr boshlarini o‘z ichiga oladi. IX asrda O‘rta Оsiyoda аrаblar
huikumronligi tugatildi. Bu davrda O‘rta Оsiyoning shimolida Qarluqlar, O‘g‘uzlar dаvlаtlаri, janubi va
markazida Тоhiriylar, Safforiular, Somoniylar dаvlаtlаri tashkil topdi. Dastlab markazlashgan davlat
tepasiga Somoniylar (IX-X) sulolasi keladi, so‘ngra uning iqtisodiy va madaniy jihatdan
rivojlangan hududlarini uchta turkiy davlatlar - Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Saljuqiylar (XI
asrda) egallaydi. Shu bilan birga XII asr o‘rtalaridan Qoraxoniylar va Saljuqiylarga tegishli
yerlarda Buyuk Xorazmshohlar davlati vujudga keldi, biroq bu davlat mo‘go‘g‘ullarning bosqini
natijasida tugatiladi.
Ilk o‘rta asrlarda uch qism (kuxandiz, shahriston va rabod) dan iborat bo‘lib shakllangan
shahar hayotida rivojlangan o‘rta asrlar davriga kelib tub ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
o‘zgarishlar yuz beradi. O‘rta Osiyo shaharlari
Eski Termiz, Afrasiyob, Marv, Axsikent, Buxoro,
Do'stlaringiz bilan baham: