Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

AMEX Indexes
 
American Stock Exchange
– Amerika fond birjasi uchta indeks bilan ishlaydi. 
Birinchisi, 
AMEX Major Market Index
indeksi bo‘lib, unga 20 yirik sanoat 
kompaniyalari aksiyalari kiradi. Bu birja listingiga kirgan kompaniyalar aksiyalari 
Nyu York fond birjasida ham sotiladi.
Ikkinchisi, 
AMEX Market Value Index
indeksi (1973 yilga kiritilgan) bo‘lib, 
unga birja listingidan o‘tgan 800-dan ziyod turli tarmoqlarga oid kompaniyalar 
aksiyalari kirgan. Birja muomalasiga depozitar guvohnomalar (tilhatlar) va obuna 
sertifikatlari ham kiritilgan. Aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanishi bilan bog‘liq 
reinvestitsiya hisob-kitobini amalga oshirish birjaning o‘ziga hos xususiyatidir. 
Birjada ushbu indeks bo‘yicha optsionlar ham sotiladi.
Uchinchisi, 
AMEX Composite,
indeksi (1995 yilning 29 dekabr kunidan 
kiritilgan) bo‘lib, birjada sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning barcha turlarini 
umumlashtirilgan kompozit indeksidir.
NASDAQ Indexes
1971 yil 8 fevral kuni dunyodagi birinchi qimmatli qog‘ozlarning elektron 
savdosi bozori – 
National Association of Dealers Automated Quotation (NASDAQ)
ishga tushdi. 1994 yilda 
NASDAQ
bozorining o‘rtacha yillik aylanmasi (oboroti) 
hajmi Nyu York fond birjasinikidan oshib ketdi.
1998 yilda 
NASD
va 
AMEX
o‘zaro birlashib, yagona 
NASDAQ AMEX Market 
Group
tashkil topdi. 
NASDAQ
indekslari guruhiga quyidagilar kiradi:
1. 
NASDAQ Composite
(ko‘p hollarda uni 
NASDAQ
deb atashadi) umum-
lashgan (yig‘ma) indeks (kapitalizatsiya bo‘yicha mutanosib vaznlashtirilgan) 
bo‘lib, listingdan o‘tgan 4381 amerika va horijiy kompaniyalar (umumiy 
kapitalizatsiyasi 6000 mlrd. dollar bo‘lgan) aksiyalari holatini hisobga oladi. Bu 
bozorda asosan (ko‘p jihatdan) “yangi iqtisodiyot” kompaniyalari, ya’ni yangi 
texnologiyalar va texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyalar qimmatli qog‘ozlari 


202 
muomalada bo‘ladi. Bunda horijiy kompaniyalarning salmog‘i Nyu York fond 
birjasi va Amerika fond birjasidagi kompaniyalarning jamidan ham ko‘p.
2. 
NASDAQ National Market Composite
indeksi – Amerika milliy bozori birja 
tizimi qismining listingi bo‘yicha 
NASDAQ
bosh indeksi analogi. Bu indeks o‘zida 
4013 kompaniya aksiyalari bo‘yicha quyidagi indekslarni qamragan: sanoat 
indeksini (2860 kompaniya aksiyalari), bank aksiyalari indeksini (224 bank), 
sug‘urta kompaniyalari indeksini (106), transport kompaniyalari indeksi (65) va 
boshqa indekslarni.
3. 
NASDAQ-100
indeksi, unga tarmoqlar bo‘yicha guruhlangan 100 “yangi 
iqtisodiyot” kompaniyalariga oidlari kiradi. Indeksda 1998 yildan boshlab har bir 
kompaniya aksiyasi bo‘yicha na faqat “kapitalizatsiya bo‘yicha mutonosib 
vaznlashtiriladi”, balki og‘irlik koeffitsientiga har chorakda qo‘shimcha tarzda 
aniqliqlashtirishlar kiritiladi. Bunday holat indeks tendentsiyasida qo‘shimcha 
noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Lekin metodikani ishlab chiqqan mutahassislar 
bunday holatni foydili deb fikr bildirganlar.
4. 
NASDAQ
indeksi tarmoqlar bo‘yicha farqlanib hisoblanadi, buda quyidagi 
indekslarni misol qilib ko‘rsatish mumkin: 
NASDAQ Financial-100, NASDAQ 
Industrial, 
NASDAQ 
Transportation, 
NASDAQ 
Bank, 
NASDAQ 
Telecommunications, NASDAQ Insurance, NASDAQ Computer, NASDAQ Other 
Finance, 
NASDAQ 
Biotechnology. 
Bu 
indekslar 
Amerika 
iqtisodiyoti 
tarmoqlaridagi holatni aks ettiradi, lekin 
Off-shore
foydalanuvchilar uchun qiziqish 
uo‘g‘otmaydi. 
NASDAQ
indekslariga fyuchers va optsionlar Chikago birjasida 
(
Chicago Mercantile Exchange
) savdo qilinadi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish