Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

AQSh fond bozorining indekslari 
Dow Jones Indexes
 
1884 yil 3 iyul kuni ilk bor Charlz Dou tomonidan “
Wall Street Journal”
jurnalida birja indeksi sifatida taklif etilgan bo‘lib, 
Dow Jones Railroad Average 
deb 
atalgan va hisoblashda o‘z ichiga 9 temir yo‘l va 2 sanoat kompaniyalari aksiyalarini 
olgan. Uni hisoblash metodikasi juda sodda, ya’ni 11 kompaniya aksiyalari 
narhining o‘rtacha arifmetik qiymati hisoblangan. Bunda birinchi savdo kunining 
yopilishi paytidagi indeks ko‘rsatkichi 69,93 punktni tashkil etgan bo‘lib, O‘sha 
kuni unga kirgan aksiyalarning jami summasi 769,23 punktni tashkil qilgan.
1896 yil 26 may kunidan boshlab, bu indeksning “o‘rtacha sanoat” indeksi, 
ya’ni
Dow Jones Industrial Average (DJIA, DJA) 
deb nomlangan yana bir turi 
kiritilgan. Bu indeks ham avvalgisiga o‘hshash hisoblanib topilgan bo‘lib, o‘z ichiga 
sanoat kompaniyalari aksiyalarini olgan.
1928 yilda indeksni hisoblash metodikasiga o‘zgartirishlar kiritil-di, ya’ni 
mahsus ko‘paytma (joriy vaqtdagi bo‘luvchi – 
current divisor
) kiritildi. Bu 
o‘zgartirish yangi aksiyalar emissiyasi, aksiyalarni maydalash yoki yiriklashtirish 
(konsolidatsiyalashtirish), dividendlar to‘lash, kompa-niyalar ro‘yhatini (listingini) 
o‘zgartilishi va shu kabi h.k. jarayonlar tufayli yuzaga kelgan indeks ishorasining 
o‘zgarishini oldini olish uchun yuzaga keldi.
1929 yildan boshlab muomalaga 20 kommunal hizmat kompaniyalari 
aksiyalari kiritilganidan keyin, 
Dow Jones Utility Average
indeksi kiritildi. 
Keyinchalik bu kompaniyalarning soni 15-taga qisqartirilgan. Undan keyin bu 
indeks o‘zgarmay turgan.
1970 yilda eng birinchi indeks bo‘lgan 
Dow Jones Railroad Average
indeksi 
nomi “transport”, ya’ni 
Dow Jones 20 Transportations Average,
indeksi deb 
nomlana boshlagan. Bunga sabab, listinga temir yo‘l, yuk tashuvchi va 
aviakompaniyalar kiritilgan.


200 
Hozirda har bir uch indeksning shoh supasida 
Dow Jones Composite Average
indeksi turadi. Unga 
Dow Jones 
indeksi oilasining boshqa indekslariga kiruvchi va 
Nyu York fond birjasida savdo qilinuvchi avval 65 yirik kompaniya aksiyalari 
kirgan. Nyu York fond birjasining umumlashtirilgan (yig‘ma) indeksi – 
NYSE 
Composite 
birjaning asosiy indeksi bo‘lib hizmat qiladi. Bu indeks birja listingidan 
o‘tkazilgan 2300 kompaniya aksiyalarini narhi bo‘yicha o‘lchaydi. 
NYSE Composite 
indeksi mohiyatan birjadagi aksiyalarning o‘rtacha qiymatini ifodalab keladi va Dou 
Djons indeksi oilasidagi indekslardan farqli ravishda punktda emas, balki dollarda 
o‘lchaydi. 
NYSE Composite 
indeksi bo‘yicha fyucherslar birjaning o‘zida savdo 
qilinadi, fyuchers shartnomalari birjaning optsionlar bo‘linmasi bo‘lgan fyucherslar 
birjasida sotiladi.
1988 yildan beri Dou Djons indeksini 700 kompaniya aksiyalar bo‘yicha Nyu 
York fond birjasida hisoblanib kelinmoqda. Shu bilan birga transport va kommunal 
hizmat kompaniyalari aksiyalari hamda 40 kompaniya obligatsiyalari bo‘yicha ham 
indekslar hisoblanmoqda.
Biroq uzoq vaqt davomida birja listingiga kirgan aksiyalar bir necha marta 
o‘zgarganiga qaramasdan, indekslarning hisoblash metodologiyasi deyarli 
o‘zgarmagan. Indeksning tarkibi unga kirgan aksiyalarning barqaror-ligi o‘zgarib 
turgan, masalan, ba’zi kompaniyalarning aksiyalari unga bir kirib bir chiqib turgan, 
General Electric
kompaniyasi aksiyalari esa ba’zida butunlay bozorda yo‘q bo‘lib 
ketish va yana paydo bo‘lishi hollari ham bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, indeksga 
“yangi iqtisodiyot” kompaniyalari aksiyalari uzoq muddat davomida kiritilmay 
kelgan (masalan, 
Microsoft
kompaniyasi) va ularni keyinchalik kiritilishi indeksning 
ahamiyatiga bir muncha qiyinchi-liklar keltirib chiqargan. Lekin, bunga 
qaramasdan, bunday kompaniyalar aksiyalarining ideksga kiritilishi uning 
ahamiyatini yanada oshirdi va AQSh fond bozoridagi kuchlarni real (ob’ektiv) 
taqsimlanishiga olib keldi.
Hozirda 
Dow Jones
indeksiga Chikago birjasida (
Chicago Mercantile 
Exchange
) fyucherslar savdolari amalga oshirilmoqda. 
Dow Jones
indeksidan 


201 
tashqari AQSh fond bozorida boshqa indekslar ham mavjud. Ular qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish