Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


 Fond birja indekslari, ularning turlari va tavsifi



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

7.3. Fond birja indekslari, ularning turlari va tavsifi
63
 
Fond indeksi – bu qimmatli qog‘ozlar bozori holatini baholash ko‘rsatkichi 
bo‘lib, sodir bo‘layotgan makroiqtisodiy jarayonlarni kompleks ifodalaydi. 
Iqtisodiyotda inqirozlar sodir bo‘lsa, uning miqdori pasayadi. Iqtisodiy o‘sish 
davrida esa uning miqdori ortib boradi. Shuning uchun fond indekslarini barcha 
mamlakatlarda iqtisodiyot holatini umumlashgan miqdoriy ko‘rsatkichlari deb qabul 
qilingan. Ya’ni fond indeksi qanday-dir ma’lum bir son bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar 
bozorining holati sifatini tavsiflaydi (ifodalaydi). Ushbu sonni qandaydir bir vaqtda 
hosil bo‘luvchi oddiy bir son deb qaralsa, unda bu son mazmunan o‘zida hech 
qanday aytarlik muhim axborotni mujassamlashtimaydi. Muhimi sonning 
mazmunida emas, balki uning avvalgi davrlardagi miqdorlarini bir-birlari bilan 
solishtirma baholashdan hosil bo‘ladigan natijalardadir. Bu natijalar ketma-ketligi 
asosida qiziqtirgan vaqt oralig‘ida qimmatli qog‘ozlar bozori holatini ijobiy yoki 
salbiy ekanligi to‘g‘risida aniq miqdoriy tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Lekin bu 
sonni hosil qiluvchi qonuniyatning matematik shakliga qaralsa, u holda uni ma’lum 
bir mazmun-mohiyatdan kelib chiqishini, demak ma’nosiz oddiy sondan farqliligini, 
ko‘rish mumkin. Shunday qilib fond indeksi bir tomondan mazmunan ob’ektni – 
fond bozoridagi qiziqtirgan ko‘satkichlarini bir-bir bilan bog‘likligi qonuniyatini 
matematik shaklda ifodalaydi, ikkinchi tomondan esa uning bir necha vaqt 
cheraralari uchun hisoblab topilgan qiymatlarini bir-biri bilan solishtirilganda 
ob’ektdagi hodisalarni qiziqtirgan vaqt oraliqlarida o‘zgarishi tendentsiyalari 
dinamikasini namoyon qiladi. Aynan shuning uchun ham fond indekslari iqtisodiyot 
uchun ahamiyatlidir.
Fond indeksi quyidagi asosiy maqsadlarga javob berishi lozim:
- fond bozoridagi holatni aniq va o‘z vaqtida ifodalashi;
- bozor tendentsiyasi yo‘nalishini prognoz qilish, taxnik tahlil usul-lari 
yordamida bozor holatini bashorat qilish uchun qulay va yaxshi vosita bo‘lishi;
63
Mazkur pargrafni tayyorlashda Sh.Shoxa’zamiyning “Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar” darsligidan 
foydalanildi.


194 
- turli milliy fond bozorlarida yirik strategik investitsiyalar qilish bilan 
shug‘ullanadigan investorlarga aynan qaysi bir mamlakat bozoriga qaysi vaqtda o‘z 
sarmoyalarini yo‘naltirishi mumkinligi to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilishi uchun 
yordam berishi;
- risklarni na faqat bozor doirasida, balki uning alohida ko‘rsatkich-lari 
(masalan, foiz stavkalari) bo‘yicha xedjirlash maqsadida fyuchers va optsion 
shartnomalar uchun vosita bo‘lib hizmat qilishi;
- “ishonchlilik-daromadlilik” toifalarida qimmatli qog‘ozlarning optimal 
portfelini shakllantirish va samarali boshqarishda qaror qabul qilish uchun asos 
bo‘lib hizmat qilishi;
- indeks yordamida ifodalanuvchi fond boyliklari bilan yoki ularning o‘hshash 
(korrelyatsiyalanuvchi) bozorida ishlovchi treyder (yoki portfel boshqaruvchisi va 
h.k.) olishi lozim bo‘lgan daromadning minimal bazaviy miqdorini ko‘rsatishi;
- muayyan kompaniyalar boshqaruvchilarining ish sifatini tarmoqlar va 
umuman bozor bo‘yicha o‘rtacha qiymatlari sifati bilan solishtirma baholash vositasi 
bo‘lib hizmat qilishi;
- indeks portfelida keltirilgan instrumentlar muomalada bo‘luvchi mamlakat 
bozorida uni tartiblashtiruvchi organlar faoliyatini tavsiflashi, iqtisodiy holat va 
investitsion muhitni aks etishi kerak.
Fond indekslari ularni birjada yoki birjadan tashqari (nobirjaviy) bozorda 
qo‘llanilishiga qarab, mos ravishda birja indekslari va birjadan tashqari bozor 
indekslari bo‘lishi mumkin.
Indekslar qimmatli qog‘ozlar turini tanlashga bog‘liq bo‘lgan, ularni hisoblab 
topishda qo‘llaniladigan ma’lumot bo‘yicha, umuman qimmatli qog‘ozlar bozori, 
qimmatli qog‘ozlar turlarining guruhlari bozori, iqtisodiyotning qandaydir 
tarmog‘iga oid qimmatli qog‘ozlar bozori holatini ifodalashi mumkin. Bu indekslar 
tendentsiyasi dinamikasini solishtirish u yoki bu tarmoq holatini umuman 
iqtisodiyotga nisbatan qanday o‘zgarishini ko‘rsatishi mumkin.
Indekslar axborot agaentliklari va fond birjalari tomonidan hisoblab topiladi 
va muntazam ochiq ravishda chop etilib boriladi.


195 
Indekslar moliyaviy instrumentlarning turli hillari uchun ishlab chiqilgan, 
masalan, aksiyalarga, qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli 
qog‘ozlarga, horijiy valyutalarga va h.k. Ularning ichida aksiya indekslari eng keng 
tarqalgani hisoblanadi.
Fond indekslarining ko‘p qismi ikki guruhdan biriga, ya’ni kapita-
lizatsiyalashgan va narhli indekslarga, mansubdir.
Kapitalizatsiyalashgan indekslar kompaniyalarning umumiy kapitali-zatsiya 
darajasini o‘lchaydi. Ularni hisoblab topishda kompaniyalarning aksiyalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘llaniladi. Indeksning hisoblab topilgan qiymatlari 
ma’lum bir bazaviy sanaga nisbatan me’yorlash-tiriladi.
Ta’kidlash joizki, kompaniyaning kapitalizatsiyasi deganda, uning 
muomaladagi aksiyalari sonini bozor bahosiga ko‘paytmasi tushuniladi.
Kapitalizatsiyalashgan indekslarga 
Standard and Poor’s
(
S&P-500, S&P-
400
), Nyu-York fond birjasining yig‘ma va boshqa shu kabi indekslari kiradi. G‘arb 
mamlakatlari qimmatli qog‘ozlari bozorining ko‘pchilik indekslari shu toifaga 
mansub.
Narhli indekslar, yoki boshqacha qilib aytganda, narhga mutanosib 
vaznlashtirilgan indekslar. Ular indeksning bazaviy ro‘yhatiga kirgan kompaniya-
lar aksiyalarining o‘rta arifmetik bahosi ko‘rinishidagi formula asosida hisoblanib 
topiladi. Bunday indekslarga, masalan, Dou Djons (
Dow Jones
) sanoat va boshqa 
turdagi indekslari, indeks Tokio fond birjasi indeksi – 
Nikkei-225 
va shularga 
o‘hshash boshqa indekslar.
Hozirda indekslar derivativlar uchun bazis aktiv sifatida qo‘llanil-moqda. 
Bunday bazisli derivativlar qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilariga turli 
investitsion strategiyalarni amalga oshirish, operatsiyalarni xedjirlash, spekulyativ 
o‘yinlarda faol ishtirok etish va h.k. imkoniyatlarini beradi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish