179
-
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishga
vakolatli davlat organi
bo‘yrug‘i bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hamda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi ko‘rsatmalari asosida;
-
sud qaroriga asosan.
Birjada qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi a’zoligi
to‘xtatilishi Birja Boshqaruvining tegishli qaroriga binoan rasmiylashtirilib,
qarorning nusxasi Birja a’zosiga beriladi. Qimmatli qog‘ozlar
bozorining
professional ishtirokchisi a’zoligini Birjada tiklash ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf
etilganidan so‘ng, shuningdek sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Birjada a’zolikni tugatish
Birja Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining Birjada
a’zoligini quyidagi hollarda to‘xtatishi mumkin:
-
Birja a’zosining arizasi (o‘z xohishiga ko‘ra);
-
Birja a’zosi tomonidan Shartnoma shartlarining qo‘pol ravishda buzilishi;
-
doimiy ravishda (ketma ket ikki martadan ortiq) a’zolik
badallarini
to‘lamaslik;
-
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat yuritishga huquq
beruvchi litsenziyani amal qilinishini to‘xtatish yoki tugatish;
-
sud qaroriga asosan.
Keltirilgan asoslar bo‘yicha Birjada qimmatli qog‘ozlar
bozori professional
ishtirokchisining a’zoligini tugatish birja boshqaruvining uni Birja a’zolari
tarkibidan chiqarilishi haqidagi tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Birja a’zolari
tarkibidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi
bilan “Taraflarning pulli majburiyatlari bo‘yicha o‘zaro hisob – kitobni solishtirish
dalolatnomasi”ga muvofiq hisob kitob qilinadi. Ilgari Birja a’zolari
tarkibidan
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisini Birjada
tiklash faqat sud qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Birja A’zolari tarkibidan chiqarilganga 5 ish kuni davomida quyidagi hujjatlar
jo‘natiladi:
180
-
Birja a’zolari tarkibidan chiqarilganlik borasidagi Birja Boshqaruvi qarori
nusxasi;
-
Birja a’zolari tarkibidan chiqarilganlik borasidagi rasmiy bildirishnoma;
-
Ikki nusxadagi taraflarning pulli majburiyatlari bo‘yicha o‘zaro
hisob-
kitobni solishtirish dalolatnomasi;
-
rasmiy «Toshkent» RFBda qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish uchun
xizmat ko‘rsatish haqidagi shartnomaning bekor qilinishi to‘g‘risidagi
Bildirishnoma”.
A’zolikdan chiqarilgan Birja a’zosi belgilangan muddat ichida Birja oldida
pulli majburiyatlarini bajarmasa, Birja qonunchilikka
muvofiq ravishda qarzni
undirish choralarini ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: