Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


VI-BOB. FOND BIRJASI, UNING TAShKIL TOPISHI, TARKIBIY



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

VI-BOB. FOND BIRJASI, UNING TAShKIL TOPISHI, TARKIBIY 
TUZILMASI VA FAOLIYATINING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI 
6.1. O‘zbekistonda fond birjasining vujudga kelishi va “Toshkent” 
Respublika fond birjasining tashkil topishi 
 
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi 
qonuniga ko‘ra 
fond birjasi
— ommaviy va oshkora birja savdolarini oldindan 
belgilangan joyda va belgilangan vaqtda o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish 
hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratib 
beruvchi yuridik shaxs. 
Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan birja faoliyatini yuritish uchun 
lisenziyaga ega bo‘lishi kerak. Fond birjalarining muassislari bo‘lib qimmatli 
qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (lisenziyaga) 
ega bo‘lgan yuridik va jis moniy shaxslar qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va 
boshqaruvi idoralari, ularning xodimlari va mutaxassislari birjalarning muassislari 
sifatida ishtirok etishi mumkin emas. 
Fond birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar quyidagi asosiy 
tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi: 
• birja savdolarining ishtirokchilari, shuningdek, birja xizmatkorlari 
tomonidan qonunchilik va birja qoidalariga qat'iy rioya qilinishi; 
• birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi; 
• birja savdolari o‘tkazilishini oldindan belgilangan joy va yil bilan 
reglamentlash yo‘li orqali ushbu savdolarning regla mentlanishini ta'minlash; 
• tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi; 
• amalda yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxni belgilash; 
• birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi ishonchli va 
to‘liq ma'lumotlarni zudlik bilan e'lon qilish hamda birja savdolari ishtirokchilarini 
birja bitimlarining narxlari to‘g‘risida xabardor qilish; 
• qonun yo‘li bilan talab etiladigan birja axborotini taqdim 


108 
etish va e'lon qilish; 
• tovlamachilik, narxlar bilan nayrangbozliklar qilinishi, qasddan noto‘g‘ri 
axborot berilishining taqiqlanishi va ta'qib qilinishi va h.k. 
Birjada quyidagilar taqiqlanadi: 
• qalbaki, sun'iy qisqa muddatli bitimlarning tuzilishi; 
• monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vaqil etilgan organ bilan oldindan 
kelishuvlarsiz bir–birining mulkini nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi 
tomonidan biror–bir emitent aksiyalarining 35 va undan ortiq foizini ta'minlovchi 
yoki aksiyadorlar ovozlarining 50 foizidan ortig‘ini ta'minlovchi aksiyalarni harid 
qilish hamda bitimlarni ro‘yxatga olish; 
• bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga ta'sir ko‘rsatishni 
maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish) bo‘yicha 
ko‘lamli bitimlarning tuzilishi; 
• qimmatli qog‘ozlar bozori qon'yunkturasining sun'iy ravishda o‘zgarishiga 
olib kelishi mumkin bo‘lgan yolgon xabarlarni tarqatish va qimmatli qog‘ozlar bilan 
savdolar qilishning asosiy tamoyillariga hamda amaldagi qonun xujjatlariga zid 
bo‘lgan boshqa harakatlar. 
Fond birjalari o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar jumlasiga kiradi. Bu 
shuni anglatadiki, birjalar qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolari qoidalarini, 
birjaning tarkibiy tuzilmalari, ularni a'zolarining ishini tartibga soluvchi hujjatlarni 
mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq bularning barchasi qimmatli 
qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi 
lozim. Xususan, birja operatsiyalarining qoidalari majburiy tartibda quyidagi 
ta'riflarni nazarda tutishi kerak: 
• muayyan birjada qimmatli qoyuzlar bilan savdo–sotiq qilish tamoyillari; 
• birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga nisbatan qo‘yiladigan 
talablar; birja yig‘ilishlarining joyi va yili haqida axborot; 
• qimmatli qog‘ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi tartibi; 
• birja bitimlari; 
• mijozlarning brokerlarga topshiriqnomalari (buyruqlari)ning turlari; 


109 
• savdolarni tashkil etish; 
• bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi; 
• bitimlarni tuzishda foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, hisobotlar, 
xabarnoma shakllari va boshqa birja hujjatlarining namunalari. 
Birja savdolarining ichki qoidalari, birjaning ustavi majtburiy tartibda 
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organ bilan kelishilishi 
zarur. 
O‘z vazifalarini bajarish uchun fond birjalari: 
• birja a'zoligiga kirish uchun zarur bo‘lgan investisiya muassasalariga 
nisbatan qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilashi; savdolarda birja a'zolarining 
vakillariga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilashi; 
• ekspert, malaka, kotirovka, bahslarni hal etish uchun nizolar bo‘yicha 
komissiya, maslahat va ma'lumotnomalar byurosini tashkil etishi; 
• kirish va joriy a'zolik badallari, bitimlarni ro‘yxatga olish, texnik xizmatlar, 
birjaga doimiy va bir martalik kelib ketuvchilarning tashrifi uchun to‘lovlarni 
belgilashi va undirib olishi; 
• ustavni, savdolar qoidalarini buzganlik uchun, ro‘yxatga olish yig‘imlarini 
o‘z yilida to‘lamaganlik uchun jarimalarni undirib olishi; 
• birja qo‘llanmalari, ma'lumotnomalari, to‘plamlarini nashr qilishi mumkin. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyati fond birjasining maxsus faoliyat 
turi bo‘lganligi bois, qonunchilik bilan uning daromad manbalari qat'iy 
reglamentlangan. Chunonchi, birja faoliyatini moliyalash o‘z aksiyalarini, paylarini, 
brokerlik joylarini sotish, muntazam a'zolik badallari, birja bitimlarini ro‘yxatga 
olishdan tushgan yirimlar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarda vositachilik 
qilganlik uchun vositachilik haqlari, shuningdek, axborot va ayrim boshqa 
xizmatlardan olingan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish