O‘zbekistonda fond birjasining vujudga kelishi
1991 yilning bahorida O‘zbekiston hukumatining qarori bilan respublikaning
eng yangi tarixida birinchi "Toshkent" O‘zbekiston Respublikasi tovar–xom ashyo
110
birjasi tashkil etildi. O‘sha yilning yoziga kelib u tovar seksiyasida savdolarni
o‘tkaza boshladi, qag‘iy davlat narularining belgilanishi amaliyotidan voz kechishni
nazarda tutgan bozor munosabatlariga o‘tish, har bir korxona qat'iy belgilangan
xom-ashyo yyetkazib beruvchilar va maxsulot iste'molchilariga ega bo‘lgan sobiq
Sovet Ittifoqi rejali iqtisodietining O‘sha davrda barbod bo‘la boshlaganligi xo‘jalik
yurituvchi sub'ektlar o‘zlari uchun eng ma'qul bo‘lgan xomashyo yyetkazib
beruvchilar hamda maxsulot iste'molchilarini mustaqil ravishda topa oladigan yangi
iqtisodiy vositani barpo qilish zaruratini keltirib chiqardi Tez orada yuz bergan sobiq
SSSRning tarqalib ketishi davlat tomonidan tartibga solinadigan muayyan qoidalar
bo‘yicha tashkil etilgan mustaqil ichki bozorni jadallik bilan yuzaga keltirishning
maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqladi Dastlab birja mas'uliyati cheklangan
jamiyat shaklida barpo etildi. Qator vazirliklar, idoralar, respublikaning yirik
korxonalari uning ishtirokchilari bo‘lishdi. Birjaning ustav fondi 10 mln. rublni
tashkil etdi. Biroq, 1991 yil bahor oylarining oxiri va yoz oylarining boshida birja
savdolarining shiddat bilan o‘sishi birja ustav sarmoyasining oshirilishi, uning
ishtirokchilari tarkibining kengaytirilishi zaruratini keltirib chiqardi O‘sha yilning
avgustida "O‘zbekiston tovar–xom ashyo birjasi" mas'uliyati cheklangan jamiyat
"Toshkent" O‘zbekiston respublika universal tovar–fond birjasi (qisqartirilgan nomi
– "Toshkent" birjasi)ga aylantirildi va uning tarkibida qimmatli qog‘ozlar
bozorining dastlabki rasmiy tashkiloti – Fond bo‘limi ochildi Fond bo‘limi
zimmasiga qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorini tashkil etish (fond boyliklari
bilan birja savdolarini tashkil qilish), birjaning brokerlik o‘rinlarini sotish, birjaning
ustav sarmoyasini shakllantirish maqsadida uning aksiyalarini joylashtirish
vazifalari yuklatildi.
1991 yilning sentyabrida Biznes milliy universiteti bazasida "Toshkent"
birjasi "Aksiyalashtirish. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar" maxsus o‘quv
kursini tashkil etdi. Savdo zalining fond seksiyasida ishlashni xoxlovchi barcha
brokerlar ushbu kursda o‘qishlari lozim edi. Bir yilning o‘zida Fond bo‘liminint
tarkibi shakllandi. Brokerlik joyining narxi 100 ming rublni tashkil etdi. O‘sha
yilning ko‘z oylari mobaynida me'eriy xujjatlar paketini ishlab chiqish bo‘yicha
111
jiddiy ishlar olib borildi va bu ishlar 1992 yilning boshiga kelib tugatildi O‘sha yilda
"Toshkent" birjasi Fond bo‘limi to‘g‘risida, brokerlik joyi to‘g‘risida, Fond
bo‘limining a'zolari to‘g‘risida, Ekspert, Malaka, Kotirovka, Nizolar bo‘yicha
komissiyalar to‘g‘risida tasdiqlangan nizomlarga va eng asosiysi boshqa
respublikalar, shuningdek, g‘arbiy Yevropa davlatlari hamda AQSh fond birjalari
tajribalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan qimmatli qog‘ozlar bilan
operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ega edi.
1992 yilning yanvarida "Toshkent" birjasining Fond bo‘limi respublikada
birinchi bo‘lib qimmatli qog‘ozlar bilan muntazam savdolarini o‘tkazishga kirishdi.
O‘sha 1992 yilda "Toshkent" birjasi Fond bo‘limining qimmatli qog‘ozlar bilan
operatsiyalar bo‘yicha aylanmasi 26 mln. rublni tashkil qildi, bu Rossiyani dongdor
fond birjalarining xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadigan darajada edi.
Savdolarga banklarning aksiyalari, turli birjalarning fond boyliklari toifasiga
kiritiladigan brokerlik joylari, shuningdek, ishlab chiqarish tijorat yo‘nalishidagi
dastlabki aksiyadorlik jamiyatlarining paydo bo‘la boshlagan aksiyalari qo‘yildi.
Fond bo‘limi O‘sha yilda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyatini
tartibga soluvchi me'eriy xujjatlar bo‘lmagan sharoitda va o‘zi yaratgan qoidalar
asosida ish olib bordi Fond bozorining respublika miqesidagi dastlabki yirik
muassasasi bo‘lgan Fond bo‘limi nafaqat dastlabki emitentlar va sarmoyadorlarning,
balki Moliya vazirligining ham e'tiborini tortdi Moliya vazirligi O‘sha yil endigina
fond bozoriga nisbatan o‘z munosabatini belgilay boshlab, uni tartibga solishga
urinib ko‘rdi.
Ayni paytda birjalarning soni asta-sekin o‘sib bordi. Ayrim ma'lumotlarga
ko‘ra, faqat O‘zbekistonning o‘zida 1992 yilning yoziga kelib ularning soni 36 taga
yetdi. Respublikada qabul qilingan "Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida"gi qonun
birjalarga nisbatan zarur majburiy talablarni belgilagan holda, ularning faoliyatiga
sezilarli o‘zgartirishlar kiritdi. Qonunga binoan birjaning ustav fondi 50 mln.
rubldan kam bo‘lmasligi lozim edi. Birjalar hech qanaqa tijorat tuzilmalarini tashkil
qilishi mumkin emas edi. Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va shu kabi
tashkilotlar birjaning muassislari bo‘lishi mumkin emas edi. Ustav sarmoyasining
112
miqdoriga ko‘ra "Toshkent" birjasi qonunchilik talablariga javob berdi. Biroq O‘sha
yilda bu birja ancha nomdor bo‘lgan gijorat tuzilmalari katta miqdorining asosiy
ta'sischisi bo‘lib, bir necha yirik vazirliklar va idoralar birjani o‘zining muassisi edi
Bu birjalar to‘g‘risidagi yangi qonunga zid keldi 1992 yilning oxirida "Toshkent"
birjasi "O‘zbekinvest" – O‘zbekiston moliya–investisiya kompaniyasi" aksiyadorlik
jamiyatiga aylantirildi va u yangi birja – "Toshkent" O‘zbekiston Respublikasi
tovar–fond birjasi" mas'uliyati cheklangan jamiyatning muassisi bo‘lib qatnashdi.
Yangi birjaning tarkibida Fond bo‘limi tashkil etilib, bu bo‘lim tashkiliy–me'eriy
jihatdan hech bir o‘zgarishlarga duch kelmadi. Yangi birja amaldagi
qonunchilikning barcha talablariga javob berdi. Ta’sis xujjatlarining shartlariga
ko‘ra eski birjaning barcha a'zolari to‘g‘ridan–to‘g‘ri yangi birjaning a'zolari
maqomini oldi.
Fond bo‘limining "solnoma"sida quvonchli va ayanchli saxifalarni uchratish
mumkin. Biroq O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining tarixidan u joy oldi,
chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yilyanvardagi Farmoniga
muvofiq, 1994 yil 8 aprelda uning negizida uning nomini, avvalgi belgisini – bir
o‘rkachli tuya (matonatlilik va chidamlilik ramzi), fond birjalari faoliyat
ko‘rsatishining mumtoz tamoyillariga asoslangan operatsiyalarni amalga oshirish
qoidalariga amal qilish an'analarini saqlab qolgan "Toshkent" Respublika fond bijasi
tashkil etildi.
O‘z faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab birja tarmoq dasturiy
maxsulotlarini yaratishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etish bilan
savdolarning elektron birja tizimini barpo etish, shuningdek, aksiyalashtirish va
aksiyalarni harid qilish orqali mablag‘larni milliy iqtisodiyotga investisiya qilishni
tashviq etish bo‘yicha faol ishlarni boshlab yubordi.
Barcha fond birjalarida bo‘lgani kabi, savdolarda ishtirok etish uchun faqat
Moliya vazirligining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish
huquqini beruvchi maxsus lisenziyasiga ega bo‘lgan birja a'zolariga ruxsat etiddi.
Faoliyatining dastlabki yilida "Toshkent" RFB o‘z qo‘l ostiga 250 nafar a'zolarni,
shu jumladan, AQSh, Germaniya, Rossiya, Pokiston davlatlarining vaqillarini
113
birlashtirdi, ularning deyarli to‘rtdan bir qismini xususiy shaxslar tashkil etdi. Birja
a'zoligiga kirish shartlari brokerlik joyining sotib olinishini va muntazam a'zolik
badallarining to‘lanishini nazarda tutdi. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar
qilish qoidalarida savdolarda birjada ro‘yxatga olingan har bir brokerlik idorasidan
uning to‘rtta vaqili ishtirok etishiga ruxsat berildi, ushbu vaqillardan ikkitasi
bitimlarni tuzishda imzo chyokish xuquqiga ega edi. Sarmoyadorlar va jamoatchilik
narxlar kotirovkasi to‘g‘risidagi axborotni informasion lavxa va birja axborot
byulletenlari yordamida olishi mumkin edi. Umumiy va maxsus birja xizmatlaridan
tashqari, fond birjasi doirasida malaka, ekspert, kotirovka, nizolar bo‘yicha
komissiyalar va makleriat faoliyat ko‘rsatdi. Malaka komissiyasi brokerlarning
malakasini va ularga qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish uchun ruxsat
etilishi mumkinligini belgilab berar edi. Kotirovka komissiyasi qimmatli qog‘ozlar
kotirovkasini o‘tkazish bilan birga, birja axborot byulleteklarini tuzar edi. Nizolar
bo‘yicha komissiya esa, savdolar o‘tkazilishi yilida yuzaga kelgan tortishuvlarni,
shuningdek, bitim tuzilganidan keyin, birja shartnomalarining bajarilishi jarayonida
sodir bo‘lgan bahslarni xal qilib berardi. Makleriat savdolarni tayyorlash, tashkil
etish va o‘tkazish ishlarining bajarilishini ta'minlab turdi.
O‘sha yilda Ekspert komissiyasi alohida rol o‘ynadi. Ya'ni u aksiyalarga
ekspert bahosini berish bilan birga, ularning kotirovkaga va birja savdolariga
kiritilishiga ruxsat etilishini amalga oshirdi. "Toshkent" Respublika fond birjasida
savdolar o‘tkazishning qoidalariga binoan, barcha emitentlarning moliyaviy–
xo‘jalik faoliyati va investision jozibadorligi puxta tahlil qilinib, uning natijalariga
ko‘ra ekspert komissiyasi mazkur emitentning aksiyasini savdolarga taqdim etilgan
qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatiga kiritish yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qilardi.
1995 yilda "Toshkent" RFB Andijon, Samarqand, Buxoro shaharlarida,
keyinchalik esa respublikaning boshqa viloyatlari markazlarida o‘zining shu'ba
bo‘linmalari tarmoqlarini tashkil etdi. Bu bo‘linmalar mintaqalarda birjaning
manfaatlarini namoyon qilish, brokerlik joylarini mustaqil ravishda sotish va
bitimlarning mahalliy ishtirokchilari tomonidan to‘lanadigan vositachilik
yig‘imlaridan tushadigan daromadlarning bir qismiga egalik qilish xuquqini qo‘lga
114
kiritishdi. 1995 yilning yezida birja savdolarini o‘tkazish tizimi tubdan o‘zgardi.
Fond birjasining viloyatlardagi hududiy bo‘linmalarining soni o‘sishi munosabati
bilan savdolar Toshkent shaxridagi Markaziy telegrafda buning uchun maxsus
jihozlangan aniq yil mobaynidagi selektor so‘zlashuvlar zalida o‘tkazila boshlandi.
Selektor tizim tufayli savdolarda respublikaning deyarli barcha viloyatlari brokerlari
ish tirok etishdi. Bunda birjaning mintaqaviy bo‘linmalari mintaqadagi savdolar
ishtirokchisining bitimni tuzish bo‘yicha amaldagi harakatini tasdiqlovchi savdolar
tashkilotchisi rolini bajardi.
1996 yilning mart–aprel oylarida "Toshkent" Respublika fond birjasi o‘z
joyini o‘zgartirdi va yangi binoda faoliyat ko‘rsata boshladi. Ushbu yilga kelib Birja
savdolarining elektron tizimini yaratish bo‘yicha ishlar tugatilib, 1996 yilning
bahoridayoq birja uning mintaqaviy bo‘linmalaridagi maydonchalarining
terminallarini qo‘shish bilan bevosita asosiy savdo zalidagi 84 ta terminaldan
foydalangan holda aniq yil mobaynida savdolarni o‘tkaza boshladi.
Hozirga kelib birja zamonaviy elektron tizimga ega savdo maydonchasiga
aylangan.

115
Fond birjasining viloyatlardagi hududiy bo‘linmalarining soni o‘sishi munosabati
bilan savdolar Toshkent shaxridagi Markaziy telegrafda buning uchun maxsus
jihozlangan aniq yil mobaynidagi selektor so‘zlashuvlar zalida o‘tkazila boshlandi.
Selektor tizim tufayli savdolarda respublikaning deyarli barcha viloyatlari brokerlari
ish tirok etishdi. Bunda birjaning mintaqaviy bo‘linmalari mintaqadagi savdolar
ishtirokchisining bitimni tuzish bo‘yicha amaldagi harakatini tasdiqlovchi savdolar
tashkilotchisi rolini bajardi.
1996 yilning mart-aprel oylarida "Toshkent" Respublika fond birjasi o‘z
joyini o‘zgartirdi va yangi binoda faoliyat ko‘rsata boshladi. Ushbu yilga kelib Birja
savdolarining elektron tizimini yaratish bo‘yicha ishlar tugatilib, 1996 yilning
bahoridayoq birja uning mintaqaviy bo‘linmalaridagi maydonchalarining
terminallarini qo‘shish bilan bevosita asosiy savdo zalidagi 84 ta terminaldan
foydalangan holda aniq yil mobaynida savdolarni o‘tkaza boshladi.
Hozirga kelib birja zamonaviy elektron tizimga ega savdo maydonchasiga
aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |