NYSE da ishlash afzalliklari
Bu fond birjasining faol treyderlar va treyding uchun afzalliklari yaqqol
ko‘zga tashlanib turadi:
-jahon iqtisodiyotining mingdan ortiq etakchi kompaniyalari juda likvidli
aksiyalari ulkan soni, bundan har kuni o‘nlab kompaniyalar deytreyderlarga ham,
investorlarga ham treydingda pul ishlab olishga imkon beradigan kuchli va aniq
harakatlar namoyish etadi;
322
- buyurtmalarni bajarishning eng rivojlangan va kuchli tizimi, bir onda
istalgan hajmda internet-treyding amalga oshirish imkonini bergan;
- eng rivojlangan axborot infratuzilmasi. Kompaniyaning choraklik
hisobotlari, statistika ma’lumotlari qat’iy jadval asosida chiqariladi va maxsus
saytlarda bepul e’lon qilinadi (saytning o‘ng tomonida, «Moliyaviy portallar»
ro‘yxati), kompaniya bo‘yicha eng muhim yangiliklarni kuzatish mumkin, choraklik
hisobotlar asosiy savdo sessiyasi ochilishidan oldin yoki yopilganidan keyin
chiqariladi; shu tariqa treyder bozor ochilmasidan turib qaysi aksiyalarga faol savdo
va kuchli harakatlar bo‘lishini, qaysi aksiyalar bilan ishlashini biladi;
- ma’lumotlar va yangiliklar qat’iy jadvalga rioya qilgan holda chiqarilishi
treyder pozitsiyasini kutilmagan yangiliklar bilan g‘aflatda qoldirish riskini
minimallashtiradi. Bundan tashqari, har bir kompaniya va tarmoq bo‘yicha ko‘plab
moliyaviy portallarda so‘nggi yangiliklar, grafiklar va batafsil axborot olish
mumkin;
- o‘nlab turli xil strategiyalarni qo‘llash imkoniyati: bir necha soniya ichida
pozitsiyalarni ushlab turish, darajadan savdolashish, kuchli harakatlar bilan savdo
qilish, bir necha kun davomida o‘z pozitsiyalarini ushlab turish, juftliklar savdosi va
boshqalar.
Nyu-York fond birjasida listing
Nyu-York fond birjasida 2800 dan ortiq kompaniya listingdan o‘tgan,
shundan 450 tasi – 53 mamlakatdan xorijiy kompaniyalardir. Listingdan o‘tgan
kompaniyalar
«havorang fishka» deb ataladigan ishonchli, barqaror
kompaniyalardan ham, yosh va jadal rivojlanayotgan kompaniyalardan ham
iboratdir. Yangi kompaniyalar birjada o‘z aksiyalarini ommaviy joylashtirishgandan
(initial public offering - IPO) keyin kotirovka varaqlariga kiritiladi. Listingdan o‘tish
uchun kompaniyalar birjaning qat’iy moliyaviy va huquqiy talablariga javob berishi
lozim. Listingdan o‘tgan kompaniyalar a’zolik badallari to‘lashi lozim. Hozirgi
paytda NYSE kotirovka varag‘i ko‘p jihatdan xorijiy kompaniyalar aksiyalari
hisobiga to‘ldiriladi.
323
Do'stlaringiz bilan baham: |