Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

NYSE
 va 
NASDAQ
 dan keyin); 
o
xorijiy kompaniyalar aksiyalariga yo‘l ochgan holda baynalmilal 
hisoblanadi; 
o
listingda keng kompaniyalar ro‘yxatini qamrab oladi; 
o
amerika va evropa fond bozorlaridan mustaqil
.
London Stock Exchange tarixi 
Garchi London fond birjasi 1801 yil rasmiy tashkil etilgan deb hisoblansada, 
uning tarixi 1571 yildan boshlanadi. 1571 yil Britaniya qirollik moliyachisi Tomas 
Greshem qirolichadan uning fikriga ko‘ra, savdo ishlari va munosabatlarini 
rivojlantirishda albatta ishtirok etishi shart bo‘lgan birja savdo maydonchasi 
qurilishi uchun ruxsat olishga erishdi. Dastlab moliyaviy maslahatchi ishbilarmonlar 
va qo‘y juni bilan savdo qiluvchilarni birlashtirishni rejalashtirgandi, lekin 
keyinchalik birja maydonchasida xilma-xil tovarlar sotuvchilari paydo bo‘ldi. 
Shunisi e’tiborga loyiqki, tashabbuskor Britaniya qirolidan bir chaqa ham 
so‘ramagan va fond birjasini o‘z mablag‘idan qurdirgan. Albatta, Gresham Angliya 
birinchi fond birjasining asoschisi yoki kashf etuvchisi emas, chunki O‘sha vaqtda 
Antverpenda Xofstraat ko‘chasida, dengizchilar va olmos qazib oluvchilar va 
boshqalar to‘planardi. 
Uzoq vaqt davomida birja maydonchasida faqat tovar pozitsiyasi brokerlari 
joylashgan va faqat 1695 yildan boshlab davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlar 
muomalada paydo bo‘lgan. 
Greshemning fond birjasiga faqat saroy mulozimlari va zodagonlar vakillari 
kirish huquqiga ega bo‘lgan, oddiy savdogarlar va olibsotarlar dilerlar ushbu fond 
birjasida savdo qila olmaganlar. Shunda zoti past savdogarlar tuz, porox, lola va 
boshqa mahsulotlar sotish uchun shartnoma tuzish maqsadida birjadan narida 
joylashgan kofe do‘koniga yig‘ila boshladilar. Nyu-Yorkda NYSE birjasini tashkil 
qilishda ham xuddi shunday holat kuzatilgan. Britaniyalik ishbilarmonlar Jonathans 
Coffee House qahvaxonasida to‘planishardi. 


313 
1697 yil Buyuk Britaniya hukumati birjadagi savdogarlar sonini yuz 
kishigacha qisqartirish va litsenziyasiz ishlayotgan treyderlar uchun katta jarima 
solishga qaror qildi. Tabiiyki, bu rasmiy birjada savdolarning pasayishiga olib keldi, 
chunki maklerlarning katta qismi Exchange Alley savdo alleyasiga ko‘chib o‘tgandi. 
Asta-sekin bu kafe va xiyobon kabi joylar ko‘payib ketdi va tobora ko‘plab 
savdogarlar, sanoat va ishlab chiqarish vakillari rasmiy fond maydonchasiga 
qaraganda ochiq, tartibga solinmagan fond birjalari maydonchalarida to‘plana 
boshlashdi. 1773 yil Sviting xiyobonida yana bir fond birjaci tashkil qilindi va 
qirolichaning taqiqlashiga qaramay, treyderlar 1801 yil birja uchun bino qurdilar. 
Aynan shu sana, aniqrog‘i, 1801 yil 3 mart kuni London fond birjasi faoliyat ko‘rsata 
boshlagan sana hisoblanadi va aynan shu bino birja uyiga aylandi. 
Bundan tashqari, 1801 yilda barcha brokerlarning rasmiy ro‘yxatdan o‘tishi 
e’lon qilindi va bu London fond birjasini Evropadagi birinchi mahalliylashtirilgan 
tartibga solingan bozorlardan biriga aylantirdi. Endi birjada nazorat yo‘lga qo‘yilgan 
bo‘lib, avvalgidek, a’zolik badalini to‘lamagan har bir shaxs emas, balki faqat 
ro‘yxatga olingan ishtirokchilar bitim tuzishi mumkin bo‘di. 1812 yilga birjaning 
rasmiy reglamenti tayorlanib, unda birja bitimi qatnashchilarining majburiyatlari va 
kafolatlari, ilgari o‘rnatilgan barcha qoidalar batafsil tasvirlan. Xususiy vakillar 
bitimlarni faqatgina brokerlik agentliklari orqali amalga oshirishlari mumkin edi. 


314 
XIX asrning keyingi yillari London fond birjasi uchun dastlabki ko‘tarilish 
davri bo‘ldi, chunki bu davrda po‘lat eritish, temir yo‘l, tog‘-kon sanoati va qayta 
ishlash kompaniyalari, qurilish, moliya va sug‘urta sektori konglomeratlari jadal 
rivojlanib borgani. Shunga ko‘ra, ushbu kompaniyalar aksiyalarni sotish va 
qo‘shimcha daromad olish uchun fond birjasiga murojaat qildilar. Bunday shov-
shuv, texnik jihatdan birjaning tegishli rivojlanishlarini talab qildi, bu esa ko‘p 
xarajatlarga olib keldi. Biroq menejment bu vazifani muvaffaqiyatli bajarib, 
zamonaviy telegraflar o‘rnatildi, AQSh va Evropa fond birjalari bilan aloqa 
o‘rnatildi va savdo maydonchalarining soni ortdi. 1900-yillar boshlarida London 
Fond birjasi Evropada eng ommaviy va talabchan birjalardan biriga aylandi, uning 
maydonchalari listingiga 3 mingdan ortiq kompaniya kirgan. 
Biroq, o‘sish davri tez orada Evropada Birinchi jahon urushi boshlanganligi 
sababli tushkunlik davri bilan almashldi. 1914 yil yozidan beri London fond birjasi 
deyarli yarim yilga yopildi va 1915 yil boshida mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni 
cheklash maqsadida London fond birjasi tashkilotchilari valyuta operatsiyalarining 
barcha ishtirokchilari uchun juda ko‘p cheklov choralarini kiritdilar. Urush oqibatida 
Evropada umumiy ahvolga tushib qolgan vaziyat bilan birgalikda bunday tadbirlar 
ishtirokchilarning va, shunga ko‘ra, birja bo‘yicha kapitalning kuchli chiqib 
ketishiga olib keldi. Analitik hisob-kitoblarga ko‘ra, aynan shu paytda London fond 
birjasi jahon fond bozoridagi eng nufuzli mavqeini yo‘qotgan. 


315 
Evropada Ikkinchi Jahon urushining boshlanishi, London fond birjasi 
faoliyatiga ham ta’sir qildi - savdo 1939 yil 1 sentyabrdan 7 sentyabrigacha 
to‘xtatildi. Urushdan keyingi yillarda birja tashkilotchilari 60-yillarning o‘rtalarida 
amalga oshirilgan savdo maydonchasi hajmini va rivojlanishini faollashtirish 
dasturini boshladi. Shu davrdan boshlab birja yana faol reklama rivojlanishni 
boshladi va 1972 yilga kelib 2.1 ming kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan yana bir 
bino barpo etildi. Shuningdek, bu yil ular birja jarayonlarini avtomatlashtirishni 
amalga oshira oldilar va 1973 yilda London fond birjasiga Shotlandiya va 
Irlandiyadagi 11 ta birja qo‘shildi. 
1986 yil 27 oktyabr LFB tarixida Buyuk portlash yoki Portlovchi dushanba 
sifatida belgilandi. O‘sha kuni London fond birjasida brokerlar, dilerlar va 
maklerlar uchun auksion o‘tkazish shartlari sezilarli darajada o‘zgardi, komissiya 
to‘lovlari tartibi qayta ko‘rib chiqildi va elektron savdolarga o‘tildi. 
Angliya birja maydonchasining yanada faol rivojlanishi shakllanishning 
ikkinchi bosqichi bo‘ldi va bu holat okeanorti raqobatchilari tomonidan ham qayd 
etildi. Shiddat bilan o‘sib borgan amerika fond maydonchasi NASDAQ o‘z xoldingi 
tarkibiga LFB qo‘shib olish istagini bildirdi va uni 2.4 milliard funt sterlingga 
baholadi. LFB bu pulni juda kam hisoblab, ushbu taklifni rad etdi. Amerikaliklar 
bunga javoban London birjasi aksiyalarini chetdan faol sotib ola boshladilar. 2007 
yilgacha NASDAQ LFB aksiyalarining 28,7%ini to‘pladi, biroq yakunda birja 
aksiyalari paketini BAA birjasi Borse Dubai ga sotdi. LFB o‘z navbatida, bozordagi 
pozitsiyasini kuchaytirish uchun qator harakatlarni amalga oshirdi, masalan, boshqa 
birjalar bilan bir nechta M&A bitimlari tuzib, Italif fond birjasi bilan 
birlashdi. Bunday harakatlar natijasida London birjasi rasman London Stock 
Exchange Group nomli kompaniyaga aylandi 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish