1.Oldindan otkaziladigan kochirishlar.
2.Shoshilinch (kechiktirib bolmaydigan) kochirishlar.
Oldindan otkaziladigan kochirishlar favqulodda vaziyatlar (potensial xavfli obyekglardagi falokatlar yoki tabiiy ofatlar) yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida ishonchli malumot olinganda otkaziladi. Bunga bir necha on daqiqadan bir necha sutkagacha davr ichida favqulodda vaziyat sodir bolishi mumkinligi haqidagi qisqa muddatli ishonchli oldindan taxminlash asos hisoblanadi. Bu taxminga shu muddat mobaynida aniqlik kiritilishi mumkin.
Shoshilinch (kechiktirib bolmaydigan) kochirishlar odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tugiladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelgan, aholining risoladdagidek kun kechirishi buzilgan taqdirda otkaziladi.
Favqulodda vaziyat rivojlana borishi va favqulodda vaziyat zonasidan olib chiqiladigan aholi soniga qarab, kochirishning 3 xil (variant) boladi:
1. Cheklangan kochirishlar.
2. Mahalliy kochirishlar.
3. Mintaqaviy kochirishlar.
Cheklangan kochirishlar. Favqulodda vaziyat manbai shikast omillarining ehtimol bolgan tasir zonasi shahar, kichik tuman yoki qishloq aholi punkti chegarasi ichidan chiqmay, kochiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda otkaziladi. Bunday holda kochirilgan aholi, odatda, favqulodda vaziyat zonasiga tutash aholi punktlariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga (FV manbaining shikastlovchi omillari tasir zonasidan tashqarida) joylashtiriladi.
Mahalliy kochirishlar ortacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan hollarda otkaziladi. Bunda kochiriladigan aholining soni bir necha mingdan onlab ming kishigacha yetishi mumkin bolib, ular, odatda, favqulodda vaziyatlar zonasi bilan yondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi.
Mintaqaviy kochirishlar shikastlovchi omillar anchagina keng moydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham oz ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuatsiyada favqulodda vaziyat zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi domiy yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa kochirilishi mumkin.
Favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan aholining qanchasi kochirish tadbirlari bilan qamrab olinganiga qarab, kochirishning ikki turi (varianti) bolishi mumkin:
1. Yalpi kochirish.
2. Qisman kochirish,
Yalpi kochirish favqulodda vaziyat zonasidan hamma toifa aholi olib chiqilishini nazarda tutadi.
Qisman kochirish favqulodda vaziyat zonasidan mehnatga layoqati bolmagan aholi, maktabgacha yoshdaga bolalar, maktab, hunar-texniqa bilim yurtlari oqituvchilari olib chiqilishi zarur bolganda otkaziladi.
Aholini kochirishning korsatilgan variantlari xavfning yoyilish kolami va tavsifiga, uning amalga oshishining oldindan taxmini qanchalik ishonchliligiga, shuningdek favqulodda vaziyatlar manbai shikastlovchi omillarining tasir zonasidagi ishlab chiqarish obyektlaridan xojaliqda foydalanish istiqboliga qarab tanlanadi. Odamlar hayoti va salomatligiga xavf borligi aholini kochirish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi.
Aholini kochirish haqida qarorga kelish huquqi Ozbekiston Respublikasi subyektlarining hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan yoki favqulodda vaziyatlar xavfi oldindan taxmin qilinayotgan ijroiya hokimiyat idoralarining mahalliy ozini ozi boshqarish tashkilotlarining rahbarlarida (fuqaro muhofazasi boshliqlarida) boladi. Favqulodda vaziyatlarlarning tarqalish chegarasiga, kolamiga va kochirishning qanchalik shoshilinchligi talablariga qarab mahalliy yoki mintaqaviy xarakterga ega boladi. Shoshilinch (kechiktirib bolmaydigan) yoki oldindan otkaziladigan kochirish tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining korsatmalari (farmoyishlari)ga binoan amalga oshiriladi.
Kechiktirmay qarorga kelish talab qilinadigan hollarda cheklangan xarakterdagi shoshilinch kochirish potensial xavfli obyektning navbatchi qoriqchilik xizmati boshligining korsatmasi (farmoyishi)ga binoan otkazilishi mumkin. Boshqaruvning hududiy, idoraviy, obyekt idoralari fuqaro muhofazasi boshliqlari (favqulodda vaziyatlar hayatlari) kochirishga umumiy rahbarliq qiladi.
Aholini kochirish tadbirlarini bevosita tashkil etish va otkazishga esa viloyat, shahar, tumanlar mamuriyati va iqgisodiyot obyekti boshqaruv organlari tashkil etadigan aholini kochirish tashkilotlari rahbarlik qiladi.
Aholini kochirish tadbirlarini yaxshilab oylab rejalashtirishni hamda transportni, yollarni, kochirish tashkilotlarining kochiriladigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayyerlab qoyishini, shuningdek aholining fuqaro muhofazasi sohasida har tomonlama tayyergarlik korishini talab qiladi. Bunday tayyorgarlikni ijroiya hokimiyati idoralarining va iqtisodiyot obyektlari boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshligi bolgan rahbarlari tashkil etadi va otkazadi.
Aholini evakuatsiya qilish ishlab chiqarish-hududiy va hududiy tamoyillari asosida rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-hududiy tamoyili favqulodda vaziyatlar zonalaridan ishchilar, xizmatchilar, studentlar, oquvchilarni, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, oquv yurtlari boyicha, ishlab chiqarish va xizmat korsatish soxasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish organlari orqali turar joylari boyicha transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.
Muayyan hollarda evakuatsiya hududiy tamoyilda, yani aholini kochirish elon qilingan paytda bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshirilishi mumkin.
Aholini kochirish usullariga qarab, 3 taga bolinadi:
1.Transportda;
2. Piyoda tartibda;
3.Aralash usul.
Aralash usul eng samarali va eng maqbul usul hisoblanadi.
U mavjud transport yordamida iloji boricha eng kop ishlovchilar bilan bir vaqtda aholini qolgan qismini birga qoshib olib chiqishga asoslanadi. Bunda, asosan piyoda tartibda yura olmaydigan aholini transportda olib chiqish rejalashtiriladi.
Aralash usul favqulodda vaziyat zonolaridan aholini kochirish tadbirlarini eng qisqa muddatda otkazish talablariga juda mos keladi.
Kochirilgan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bolguncha joylashtirib turiladi. Aholini kochirish tadbirlarining hajmi kunligi, tashkil etish va otkazishdagi murakkabliklari kochirish tashkilotlarini tuzishga hamda ularning aholini kochirishga sifatli tayyorgarlik korishlariga oshirilgan talablar qoyadi.
Aholini kochirishni tashkil qilishni rejalashtirish, tashkil etish va otkazish bevosta shahar, tuman va viloyatlarning kochirish tashkilotlariga, hokimiyat idoralariga, favqulodda vaziyatlar favqulodda vaziyat boshqarmalari va bolimlariga yuklatiladi. Quyidagilar kochirish tashkilotlari tarkibiga kiradi:
- aholini kochirish hayatlari (AKH);
- kochirilganlarni qabul qilish hayatlari (KQQH);
- kochiriladiganlarning intilish punktlari (KIP);
- kochirilganlarni qabul qilish punktlari (KQQP);
- kochirishning oraliq punktlari (KOP);
- piyoda kochirilganlarning yollaridagi boshqarish guruhlari;
-kochiriladigan aholini transportda (piyoda) olib chiqish tezkor guruhlari - aholini kochirish hayatlari (AKH)
FVDTning ishchilar, xizmatchilar va aholini kochirish rejalashtirilayotgan hamma hududlarda kochirish hayat (KH) tashkil etiladi.
Hududiy - kochirish hayatlari tarkibiga tegishli mamuriyat rahbarlari qarori bilan osha mamuriy-hududiy bolinmalarning masul xodimlari tayinlanadi. Kochirish hayatining raisi etib, odatda, mamuriy - hududiy bolinma rahbarining orinbosari tayinlanadi. Kochirish hayati tarkibiga azo etib, sogliqni saqlash, talim, ijtimoiy taminot idoralarining, transport tashkilotlarining, ichki ishlar boshqarmalarining (bolimlarining) rahbarlari (ularning orinbosarlari), garnizon yoki harbiy komissarlik boshliqlarining vakillari tayinlanadi. Kochirish hayatlarida ish yuritish va texnik ishlarni bajarish uchun hududiy boshqaruv idoralarining mamuriyat xodimlaridan ishchi apparat tayinlanadi. Kochiruv hayatlarining ishchi apparati ish yunalishlari boyicha bolinadi hamda mahalliy sharoitni hisobga olib, bir necha tashkiliy guruhlardan iborat bolishi mumkin. Bular, masalan, transportda va piyoda olib chiqiladigan aholini hisobga olish guruhi, kochirish transporti guruhi, kochirilgan aholini hisobga olish, qabul qilish va xavfsiz joylarga joylashtirish guruhi, kochirish tadbirlarini taminlash guruhi va h.k.
Obyekt aholini kochirish hayatiga, odatda, korxona, yaqinida bittadan hisobida sutkasiga 5-6 ta poyezd jonatishni yoki soatiga ikiga (har biri 500 kishidan) piyodalar kolonnasini butlash va tayyorlashni taminlaydigan qilib tashkil etiladi.
KAIP bir vaqtda baravariga kamida bitta poyezdga (kemaga) odamlar chiqishini yoki baravariga bir kolonna odam yigilishini taminlaydigan bolishi kerak. Har qaysi KAIP ga tartib nomeri beriladi. Unga iqtisodiyot obyektlari, turar joydan foydalanish tashkilotlari, shuningdek aholini transportda olib chiqish va piyoda kochiriladiganlarning yollari, tashkil etiladigan transportga chiqish punktlari birkitib qoyiladi. KAIPning shahar, tuman, obyekt kochirish hayatlari bilan transportga chiqish punktlari va transport tashkilotlari bilan togridan-togri aloqasi taminlangan bolishi kerak. KAIP ishini taminlash uchun negizida KAIP yolga qoyiladigan hududiy ijroya idoralari, tashkilotlari va muassasalari xodimlari hisobidan ishchi apparat tayinlanadi.
Kochirilgan aholini qabul qilish punktlari (KAQQP).
Qochirilganlarni qabul qilish punktlari kochirilgan aholini transportdan tushadigan punktlarda yolga qoyiladi hamda shu aholini kutib olish va keyingi joylashtiriladigan joylarga jonatishga moljallangan boladi.
Odamlarni har qanday ob-havoda vaqtincha joylashtirishni, qish vaqtlarida esa isitish imkoniyatini taminlaydigan maktablar, klublar va boshqa jamoat va mamuriy binolarda KAQQP yolga qoyilishi mumkin. KAQQP ga qancha va qachon odam kelishiga qarab, ovqat va ichimlik suv bilan taminlash nazarda tutiladi. Buning uchun umumiy ovqatlanish punktlaridan-oshxona, kafe va h.k. lardan, ular bolmaganda esa ovqatlanish kochma punktlaridan foydalanish mumkin.
KIP xodimlarining soni kochirilib keltiriladigan aholi sonini hamda uni taminlash tadbirlarining hajmini hisobga olib belgilanadi.
Aholini favqulodda vaziyat zonalaridan shoshilinch (kechiktirib bolmaydigan) kochirish, odatda, KIPni yolga qoymasdan otkaziladi. Ularning vazifalari bunday hollarda tegishli mamuriy-hududiy birliklar birkitib tezkor guruhlarga yuklatiladi.
Tezkor guruhlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
-odamlar yashab turgan joyida (yashash joyida yoki ish joyida) aholini xabardor qilish, yigish, hisobga olish va uning transportga chiqishini tashkil etish;
-aholini transport vositalariga taqsimlash, kochirish kolonnalarni tuzish va ularga kochish yollari boylab hamrohlik qilish;
-aholini kochirish va kochirish yuqori idoralariga xabar berish qanday otayotganini nazorat qilish;
-masuliyatidagi zonada jamoat tartibini tashkil qilish va saqlash.
Kochish oraliq punktlari (KOP).
Favqulodda vaziyatlar zonasining tashqi chegarasida kochish oraliq punktlari tashkil etiladi. KOP quyidagilarni taminlashi kerak:
-aholini hisobga olish, qayta ruyxatdan otkazish, dozimetrik va kimyoviy nazorat qilish, sanitariya ishlovidan otkazish va borib turiladigan xavfsiz joylarga jonatish. Zarurat bolsa, ifloslangan (zaharlangan) kiyim-bosh va poyafzalni KOP da almashtiriladi va maxsus ishlovdan otkaziladi. KOP da aholini favqulodda vaziyat zonasida ishlagan transportdagi ifloslanmagan (zaharlanmagan) hududda ishlaydigan "toza" transport vositalariga otkaziladi. KOP temir va shosse yollar, suv yollari yaqinida boladi. Aholini favqulodda vaziyat yuz bergan zonadan kochirish har bir alohida holda shu vaziyatning yuzaga kelish sharoitiga, favqulodda vaziyat manbai, tasir omillarining tasir etish xarakteri va makon va vaqt parametrlariga qarab belgilanadi. Favqulodda vaziyat yuzaga kelishi haqidagi ishonchli taxmin haqida malumot olinganda odamlarni favqulodda vaziyat yuz bergan zonadan transportda va piyoda uyushqoqliq bilan olib chiqish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat bolgan tayyorgarlik tadbirlari otkaziladi. Bazi hollarda aholini kochirish cheklangan yoki mahalliy xarakterda boladi.
Xabar berish oldindan (taxminga binoan) yoki selning boshi signal darvozasidan otganda (shoshilinch kochirishlarda) amalga oshiriladi.
Sel xavfi bor joylardan aholini kochirish:
Bunday kochirish sel oqimi yuzaga kelish xavfi tutilganda, sel oqimi yuzaga kelayotgan davrda, alohida hollarda esa sel oqimining tasiri tugaganda ham otkazilishi mumkin. Aholini kochirish oldindan otkazilgani maqul. Sel oqimi yuzaga kelayotganda esa shoshilinch (kechiktirib bolmaydigan) aholini kochirish tadbirlari otkaziladi.
Kochirishning shoshilinchligi sel tolqinining muhofaza obyektiga kelishi taxmin qilinayotgan vaqt, odatda 4 soatgacha yetadigan vaqt bilan belgilanadn. Shundan keyin esa real xavf tugilishiga qarab belgilanadi. Aholini kochirish cheklangan yoki mahalliy xarakterda boladi va ular 2 bosqichda otkaziladi:
1-bosqich KIP ni yulga qoymasdan, sel oqimi joyining ozida.
2-bosqichda esa KIP orqali rejadagi joylarga yetkazib qoyguncha (tashlab ketilgan uylar va aholi punktlarini sel buzib ketganda) davom etadi.
Kochki xavfi bor joylardan aholini kochirish:
Bunday kochirishlar qor kochish xavfi tugilganda, shuningdek qor kochkisi tushib bolgandan keyin (turmush kechirishni taminlash obyeklari buzilganda) otkaziladi. Kochki hududiy tamoyilda bir bosqichda okazilib, cheklangan xarakterda boladi hamda oldindan otkaziladigan, buning iloji bolmaganda esa shoshilinch otkaziladi.
Halokatli suv bosish va toshqin vaqtida:
Kochirish gidrotexnika inshoatlari buzilish xavfi tugilgan yoki buzilgan hollarda yoxud suv havzalaridagi suv sathi kotarilib ketganda (toshqinda), shuningdek obyekglarni va turmush kechirishni taminlash tizimlarini suv buzib ketganda otkaziladi. Kochirishlar cheklangan yoki mahalliy xarakterda boladi. Oldindan otkaziladigan kochirishlarda KIP yolga qoyiladi (ishlab chiqarish xududiy tamoyilida). Oldindan otkazish davri qisqa bolganda aholini kochirish hududiy tamoyilda 1 yoki 2 bosqichda otkaziladi.
Kochirish ishlari boyicha farmoyish olingandan song tadbirlar tort soat ichida bajarilishi kerak. Farmoyish berilgandan song FMB, qarorgohi, kochirish komissiyasi, kochirish boshlanganligi haqida kochirish punktlarini, qabul qilish punktlarini, oraliq punktlarini ogohlantiradi. Aholi transport turlarida kolonna bolib kuzatuv asosida, yol harakatiga rioya qilgan holda kochiriladi.
- kochiriladigan aholi, jumladan piyoda tartibda va transportda kochirilganlar sonini aniqlash, transport vositalarini transportga chiqish bekatlari (punktlari) boyicha taqsimlash, marshrut kolonnalari hisoblanganiga aniqlik kiritish na ularni piyoda yunalishlarga biriktirib qoyish;
- kochirish yollarini tayyorlash, yol belgilari va korsatgichlar qoyish, qonib otish joylarini jihozlash;
- KIPni, transportga chiqish-tutish punktlarini yolga qoyishga tayyorlash;
- xabarlash va aloqa tizimlari shayligini tekshirish;
- mavjud muhofaza inshoatlarini shay holatga keltirish.
Aholini kochirishda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- kochirish boshlangani va tartibi haqida kochirish tashkilotlari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga, shuningdeq aholiga xabar berish;
- kochirish tashkilotlarini yolga qoyish va shay holatga keltirish;
-kochiriladigan aholini yigish va xavfsiz joylarga jonatishga tayyorlash;
- piyoda kolonnalarni tuzish va yonalishlardagi boshlangich punktlarga olib chiqish;
- transport vositalarini aholining transportga chiqish va undan tushish punktlariga keltirish hamda aholini transportga chiqarish.
- kochirilgan aholini oldindan tayyorlab qoyilgan, turmush kechirish mumkin bolgan sharoitlar taminlangan xavfsiz joylarga qabul qilish va joylashtirish.
Har bir alohida favqulodda vaziyatlarda aholini kochirishining oziga xos xususiyatlari boladi.
Yer qimirlaganda (zilzilada):
Aholini kochirish mahalliy, yoxud mintaqaviy tusda bolishi mumkin. Kochirishni otkazish odatda yul-transport imkoniyatlariga qarab belgalanadi. Kochirish shikastlangan joylarda KIP yolga qoyilib, bir bosqichda ishlab chiqarish va hududiy tamoyillarda amalga oshiriladi.
Radioaktiv zaharlanishda:
Kochirish mahalliy, yoxud mintaqaviy tusda bolib, alohida (bolalar uyi, tibbiyot muassasalari, internatlar va x.q. dan tashqari) obyektlarda hududiy tamoyilda amalga oshiriladi. Aholini kochirish 2 bosqichda otkaziladi:
1-transportga chiqarish joyidan KOP gacha.
2 - KOPdan rejadagi joylashtirish joylargacha.
Kimyoviy zaharlanishda:
Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlangan malumotlarga kora, kimyoviy xavfli inshootlarda boladigan halokatlar tufayli tez tasir etuvchi zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishiga bir qator sabablar mavjud.
Asosiy sabablar quyidagicha:
-korxonadagi texnologik jihozlarning nosozligi;
-uzoq muddat ishlatilgan uskuna-jihozlarning eskirishi;
-moddalarning ishlab chiqarishda, saqlashda, tashib oborishda yol qoyilgan xatoliklar tufayli;
-portlash, yongin sodir bolishi, halokatlar tufayli;
-moddalar bilan ishlashda, ularning saqlashdagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik;
-chetdan olib kelingan texnologik jarayon xavfsizlik talablariga toliq javob bermasligi;
-korxonada mehnat intizomi past, mutaxassis va ishchilarning malakasi yetarli emasligi;
-mahsulot ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayoni qollanishi.
Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
1.Favqulodda vaziyatning vujudga kelishini oldindan taxmin qilish va sharoitga baho berish. Buning uchun shu kimyoviy radiatsiyaviy xavfli obyekt joylashgan hudud togrisida aniq malumotlarga, moddalarning miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyi aholi yashaydigan joydan qanday oraliqda joylashganligi togrisidan aniq malumotlarga ega bolishlari kerak.
2. Kuchli tasir etuvchi zaharli modda (KTZM) va radioaktiv moddalarni maxsus saqlash joylariga chiqarib tashlash, moddalarning tasirini oldini olishga, tasirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
3. Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy himoya vositalari bilan taminlashni tashkil etish.
4. Kimyoviy va radiatsiyaviy nazorat va tekshirish ishlarini oz vaqtida amalga oshirish.
5. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va unga barham berish uchun kerakli kuch va vositalarni doimo shay turishini taminlash.
6. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavf vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni qanday vazifalarni bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish.
Kimyoviy va radiatsiyaviy vaziyatni oldindan taxminlash va baholab borish.
Vaziyatni oldindan taxminlashga quyidagilar kiradi:
-favqulodda vaziyatning aniq turini bilish;
-vaziyat tafsiloti va kolamini aniqlashning ishonchli usullarini, uskuna jihozlarini topish;
-fuqaro muhofazasi kuchlarini va aholini oz vaqtida ogohlantirish;
-talofatlar va moddiy zararlarning oldini olish yoki ularning tasir kuchini mumkin bolgan darajada kamaytirish yuzasidan kerakli choralarni korish.
Aholini evakuatsiyasi fuqaro muhofazasi organlarining korsatmasi bilanamalga oshiriladi. Korsatmalarin olgach odamlar eng kerakli narsalarni yigishlari lozim, SIZ 2-3 kunga yetadigan oziq-ovqat, ichimlik suvini, aptechkani, pullarni, hujjatlarni va bogchaga boradigan bolalarni evakuatsiyaga tayyorlash va aytilgan vaqtda KIPda bolishi kerak.KIPda aholi registraturasidan otadilar. KIP ishchilari boshchiligida vagonlarga taqsimlanadilar, avtomobillarga, yayov kolonnalarga va avtomobillarga taqsimlanadilaro va belgilangan vaqtda jonaydilar va jonash punktlariga olib chiqadilar.
Yayov evakuatsiya qilinadigan aholini kalonnalarga 500-1000 odam bolib bolinadi, kolonnalar esa 50-100 kishilik gruppalarga bolinadi. Obyekt boshliqlari kolonna boshliqlarini tayyorlashadi harakat tezligi 3-4 km.soat moljallangan.
Kolonnalar ortasida masofa 500 metr deb belgilanadi. Har bir 4-1,5 soat yurgandan keyin 15 minut dam olinadi, sutkanint ikkinchi yarimida 1-2 soat dam olinadi. Evakuatsiya qilinganlarni joylashtirish ishlarini mahalliy oblast, rayon boshliqlari amalga oshiriladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |