10.6. Radiatsiyaga qarshi panajoylar, ularning ichki jihozlanishi.
Radiatsiyaga qarshi panajoylar radioaktiv (ifloslanish) zaharlanishiga odamlarni ion hosil qiluvchi nurlanishdan muhofaza qiladi. Bundan tashqari tolqin zarbasi, yoriqlik nurlari, oqib kiruvchi radiatsiya, neytron oqimi, teri va kiyimga radioaktiv moddalar tushishi, zaharli modda, bakterial vositalardan muhofaza qiladi. Kop qavatli binolarning yertolalarida radiatsiyadan saqlanish uchun maxsus joy tayyorlash mumkin. Muhofazalovchi pana joylarni tayyorlashda yigma temir-beton vositalaridan, gisht, yogoch materiallar hamda toshdan foydalansa boladi.
Radiatsiyadan saqlashda devorlari muhofazalash xususiyatiga ega bolgan yertolalar, poliz mahsulotlari saqlanadigan omborlar va yer ustidagi binolardan foydalanish mumkin. Barcha eshik, derazalar va boshqa radiatsiya kirishi mumkin bolgan teshik (mori)lar kigiz yoki yumshoq gazlama bilan zichlab yopiladi. Rana joy (30 nafar odamga moljallangan bolsa) tabiiy havo oqimi bilan shamollatish va soruvchi quti qoyiladi. Soruvchi quti shamollatgichdan 1,5-2 m. yuqorida qoyiladi. Sirtqi havo chiqaruvchi qutichaga qopqoq ishlanadi. Kirish joyiga yaxshilab qopqoqcha qilinadi.
Pana joyda suv va kanalizatsiya bolmasa, bir kecha-kunduzga har bir odam uchun 3-4 litr suv, hojatxona, axlat tokiladigan ora, oziq-ovqat uchun javon imkoniyatlari yaratiladi.
Yogochdan tiklangan uylar radiatsiya koeffitsentini taxminan 100, toshdan ishlangan uylar 800, jihozlanmagan yertola 7-12 marta, jihozlangan yertolalar 350-400 marta kamaytiradi.
Nurlannshga qarshi panajoylar, ularning ichki jixozlanishi.
Kollektiv himoya vositalariga radioaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan himoyalovchi maxsus jihozlangan muhandislik inshootlari va obyektlari kiradi. Ushbu inshootlar odamlarni yadro quroli, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar hamda oddiy qurollar tasiridan himoya qilishga moljallangan.
Kollektiv himoya qilish vositalari fuqarolarni ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar tasiridan toliq saqlaydi va ularning ikkinchi xiliga radiatsiyaga qarshi panajoylar kiradi. Ushbu inshootlar radioaktiv zararlanish paydo bolgan joylarda odamlarni radiatsion zararlanishdan va yoruglik nurlanishdan himoya qiladi.
Bundan tashqari panajoylar otuvchi radiatsiyadan (shu jumladan neytron oqimlaridan), qisman yadro portlashining zarb tolqinidan, zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan va bakterial vositalar aerozollarning bevosita odamlar terisiga va kiyim-kechaklariga tushishidan saqlaydi.
Radiatsiyaga qarshi panajoylarning radioaktiv nurlanishlaridan himoya qilish xususiyatlari, uning himoya koeffitsiyenti bilan baholanadi. Himoya koeffitsiyenti radiatsiyaga qarshi panajoyning radiatsiya tasirini necha marta kamaytirishini, fuqarolarning nurlanish dozasini qancha kam olishini korsatadi. Radiatsiyaga qarshi panajoylarning himoya koeffitsiyenti juda yuqori boladigan qilib quriladi. Masalan, yogoch uylaridagi yertolalar radiatsiya nurlanishini 7-12 marta kamaytiradi, gishtli binolar esa 200-300 marta kamaytiradi.
Nurlanishga qarshi panajoylar mahalliy uskunalardan quriladi. Panajoylar qurilishi uchun avvalambor ora (kotlovan) qaziladi va unga ustunlar ornatiladi. Ustunlarni ornatish uchun turli konstruksiyadagi: yalpi rom, rom-blok, sinch devor, temir beton va boshqa materiallardan foydalaniladi. Oralar va ustunlar orasidagi barcha teshik va yoriqlar tuproq bilan toldiriladi. Panajoylarning qarama-qarshi tomonlariga qalin eshik quyiladi va bu yerdan tambur uchun joy ajratiladi. Kirish joylarning olchami 80-180 sm. bolishi kerak. Panajoy ichining balandligi 2 metrdan kam bolmasligi kerak, polning yuzi bir odamga 0,5 metr, sigimi 5 tadan 50 ta odamgacha va undan koproq bolishi mumkin. Panajoy ichiga suv yigiladigan kanal qaziladi, chiqish tomoniga qiyalab togrilab qoyiladi.
Panajoy atrofida ham kanal qaziladi. Odamlar dam olishi uchun ikki qavatli sori va kursilar ornatiladi. Panajoyda havo beradigan qurilma boishi zarur. Havo haydaydigan yollar yerdan 3 metr balandlikka joylashgan bolishi kerak, shuning bilan birga panajoyni tosatdan yuz beradigan portlashdan himoya qilishga moslab qurish kerak. Havo berish meyori panajoyda otirgan bir kishiga soatiga 2-3 kub metr bolishi kerak. Panajoyda ishlayotgan bir kishiga uchun havo berish meyori esa soatiga 5 kub metrni tashkil etish kerak. Panajoyga umumiy isitish tizimi tarmogi otkaziladi. Suv bilan taminlash vodoprovod orqali amalga oshiriladi va albatta suv zahirasi tayyorlanib qoyiladi. Har bir kishi uchun suv zahirasi bir kunga 6 litrni tashkil qilishi kerak. Chiroq elektr tarmogidan olinadi, avariya holatlarida esa akkumulyatordan va kichkina elektrofonarlardan foydalanish mumkin.
Texnogen turdagi favqulodda vaziyatlar (kuchli tasir etuvchi moddalarning oqishi, tarqalishi) sodir bolganda panajoylarda ishchi va xizmatchilar hamda aholini hayot faoliyatini taminlashni tashkil etish va oz vaqtida bu borada kerakli tadbirlarni olib borish usullari qonunda korsatilganidan obyekt rahbari- fuqaro muhofazasi boshligining zimmasiga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |