O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti ter



Download 15,38 Mb.
bet104/331
Sana21.01.2022
Hajmi15,38 Mb.
#394014
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   331
Bog'liq
2 5341398900433490623

Reja:

14.1.Terrorizm va terrorchilik harakatlari haqida tushuncha

14.2.Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari.

14.3.Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki.

14.4. Terrorchilik harakatlarining xususiyatlari.

14.5. Теrrorchilik harakatlarini amalga oshirish usullari va vositalari.

14.6. Теrrorizmga qarshi kurash.
14.1.Terrorizm va terrorchilik harakatlari haqida tushuncha.

Terrorizm lotincha "terror" so`zidan olingan bo`lib, siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog`lig`iga havf tug`diruvchi, mol - mulk va boshqa moddiy boyliklarni yo`q qilinishi havfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, Xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron - bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etilishidan tiyilishiga majbur qilishga, Xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suvernetitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko`zlab ig`vogarliklar qilishga, aholini qo`rqitishga, ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan.

Terrorizimning ikki turi mavjud:

A) yakka tartibdagi;

B) uyushgan guruhli terrorizm;

Terrorizm o`rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab, o`z faoliyatlarini amalga oshirgan. Lekin o`tgan asrning ohirlaridan uning yangi ko`rinishlari vujudga keldi: jumladan, chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o`ldirish yoki o`g`irlash, elchihonalar, Xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olishi va boshqa shunga o`hshash nomaqbul harakatlarni amalga oshirish. Bulardan ko`rinadiki, terrorizmga aniq va yakdil ta’rif berish ancha murakkabdir. Shu fazifani imkoni boricha hal qilishda O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabr "Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida"gi qonunda keltirilgan tushunchalarning mohiyatini bilish orqaligina aniqlik kiritish mumkin. Ushbu qonunning 2 - moddasida terrorizmga oid tushunchalar va ularning mohiyati bayon etilgan. Jumladan:

Garovda ushlab turilgan shaxs – qo`lga olingan yoki ushlab turilgan shahsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, Xalqaro tashkilotlarni, shuningdek, ayrim shahslarni biron - bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishiga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo`lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shahs.

Terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shahs.

Terrorchilik guruhi - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko`rgan, yoki uni sodir etishga suyuqasd qilgan shahslar guruhi.

Terrorchilik tashkiloti - ikki yoki undan ortiq shahsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi.

Terrorchilikka qarshi operatsiya - terrorchilik harakatiga chek qo`yish va uni oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek, jismoniy shahslarni xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan kelishilgan va o`zaro bog`liq mahsus tadbirlar majmui.

Terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazilgan zona - joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo`shlig`i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, honalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazilgan doirada ularga tutash hududlar. Terrorchilik faoliyati - terrochilik harakatini uyuushtirish, rejalashtirsh, tayyorlash va amalga oshirishdan, tuzishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy - tehnika jihatdan ta’minlashdan iborat bo`lgan faoltiyat.

Terrorchilik harakati - garovga ushlab turish uchun shahslarni qo`lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamiyat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy va boshqa guruhlari chet el davlatlari va Xalqaro tashkilotlar vakillarini hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob’ektlarni bosib olish, shikastlantirsh, yo`q qilish, portlatish, o`t qo`yish, portlatsh qurilmalarini, reaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy va boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish yo`li bilan qo`rqitish, er usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo`q qilish aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o`tkazilayotganda vahima ko`tarish va tartibsizlik keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog`lig`iga, jismnoiy yoki yuridik shahslar mol - mulkiga, avariyalar, tehnogen hususiyatli halokatlar sodir etish yo`li bilan zarar etkazish yoki havf tug`dirish, tahdidiy har qanday vositalar, usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Xalqaro huquqning umum – e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish.

Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi.




Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish