14.2.Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari.
XX asrning ohiri va XXI asr boshlarida terrorizm insoniyat hayotiga katta havf sola boshladi. O`zining niyatini oshkora eta boshladi. Jumladan, Nyu-Yo`rk (AQSH) shahridagi butunjahon savdo markazining ikki binosi sanoqli daqiqalar ichida er bilan yakson bo`ldi. Shuningdek, Irlandiya va Angliyadagi "UPA", Ispaniyadagi "ETA", Osiyoda jinoyatkorona faoliyat olib borayotgan "AL - Qoida", "Khamas" kabi er yuzasining turli burchaklaridagi 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari turli ko`rinishdagi qabih ishlarni amalga oshirdilar va hozirda ham olib bormoqdalar. Rasmiy malumotlarga qaraganda 1975 yildan to bugungi kungacha dunyoning turli mamlakatlarida 10 mingga yaqin terroristik harakatlar sodir etilgan.
Oxirgi yillarda terrorchilik uslublari ancha kengayganligi malum. 1970 yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko`proq qo`llanilgan bo`lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus, poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko`plab, tasodifiy kishilarning qurbon bo`lishiga olib keladigan qo`poruvchilikni amalga oshirishga qaratilgan. Avvallari terrorizm, odamlarni garovga olishdan maqsad pul undirish bo`lgan bo`lsa, hozirda terrorchilar asosan, Xalqaro munosabatlar sohasida va mamlakatlarda beqarorlikni keltirib chiqarish borasida mo`ljallangan siyosiy maqsadlarga erishishni ko`zlaydilar.
Bugungi kunda terroristik harakatlarning yanada faollashish jarayoni yuz bermoqda. U hozirgi kunda XXI asrning "global" muammosiga aylanib qoldi.
Terrorchilik tashkilotlar o`zlarida mavjud bo`lgan barcha imkoniyatlarni ishga solib, o`z maqsadiga erishish uchun qonli yurishlarni ham qilmoqdalar. Ular turli hildagi kimyovimy va biologik qurollardan foydalanishga urinmoqdalar. Malumotlarga qaraganda 200 martadan ortiq shunday qurol va vositalardan foydalanilgan. Jumladan, 1994 yil Yaponiyaning "AVM Cinrico" diniy terroristik tashkiloti tomonidan "zarin" kimyoviy vositasini ishlatish oqibatida 7 kishi vafot etgan, 114 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan. 1995 yilda mazkur terroristik tashkilot tomonidan Tokio metrosi 16 bekatining zararlanishi oqibatida 12 yo`lovchi halok bo`lgan, 400 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bunday zararli moddalar Quvaytda, Iroqning Kurdiston hududlarida va boshqa davlatlarda qo`llanilib, ko`plab insonlarning o`limiga sabab bo`lgan.
Terroristik guruhlar yovuz harakatlarini amalga oshirishda kishi etiborini o`ziga tortmaydigan, kichik hajmli, tashqi tomoni har kuni foydalaniladigan buyumlar ko`rinishidagi narsalardan foydalanmoqdalar (masalan, jomadan, sumka, sellofon paket va boshqalar).
Terroristlar tomonidan qo`llaniladigan qurollarning foydalanish obektlari - odamlar ko`p to`planadigan joylar: metro bekatlari, aeroportlar, temiryo`l va avtomobil bekatlari, katta binolar, yopiq turdagi konsert va sport zallari, kinoteatrlar, yirik shaharlardagi suv haydash tizimlari, suv omborlari va boshqa obektlar.
Ular ko`proq portlovchi modda va qurilmalardan: fugas, mina, granatalardan foydalanadilar. Terrorchilarni bunday qurollardan foydalanib o`z harakatlarini amalga oshrishlari kuchli tasirga kiradi. Chunki, bunday portlovchi qurilmalar har kimning etiborini o`ziga tortmaydi va o`zi bilan birga uni olib yurish imkoniyati yuqori bo`ladi. Masalan "o`yinchoq mina", "o`yinchoq qopqonlar" va boshqalar.
Terrorchilarning qo`llayotgan turli ko`rinishdagi portlovchi moddalarning havfli maydoni quyidagicha:
- granata parchasining tarqalishi 50-100 metr;
- mina parchasining uchishi 100-300 metr;
- keysning havfli maydoni 250-300;
- jomadon, sumkaga solingan portlovchi moddaning havfli maydoni 350-400 metr;
- avtomobilga qo`yilgan portlovchi moddaning havfli maydoni 50-300 metr;
- "o`lim belbog`i"ning havfli maydoni 50-300 metr.
Terrorchilar tomonidan keng qqllanilayotgan qurollardan biri tuproq ostida portlatiladigan mina va fugaslar hisoblanadi. Fugas yoki mina tipidagi portlovchi moddalarni mina izlovchi jihozlar yordamida topish mumkin emas. Chunki bunday tipdagi portlovchi qurilma plastik materiallardan yasalgan bo`lib, uni faqat saperlarning mahsus tayoqchasi yordamida aniqlash mumkin. Buni aniqlash jarayoni o`ta havfli bo`lib, kichik bir hato ham inson hayotiga havf solishi ehtimoli juda yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |