11.3.Fuqora muhofazasi himoya inshootlarining turlari va ulardan foydalanish.
Boshpanalar, ularning tasnifi, ichki jihozlanishi va tinchlik davrida ulardan foydalanish aholini radiatsiyadan muhofaza qilish maqsadida turli xildagi inshootlar mavjud. Muhofaza inshootlari aholini muhafazalovchi ishonchli vositadir. Bu inshootlar aholini turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan hamda ommaviy qirgin qurollarning tasir etish omillaridan saqlaydigan boshpana hisoblanadi. Muhafazalovchi inshootlar muhofazalash xususiyatiga kora, pana va radiatsiyaga qarshi pana joylarga bolinadi. Bunday inshootlar quyidagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda:
-yonalishga kora: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini joylashtirishga moljallangan;
-joylashgan orniga kora: alohida joylashgan (metropolitenlar va tog-kon qurilishlari, shaxtalari);
Qurilish muddatiga kora: boshpana RSB (radiatsiyadan saqlovchi boshpana) va oddiy boshpanalar quriladi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bolganda aholini fuqaro muhofazasi himoya inshoatlarida yashirish kelib chiqishi mumkin bolgan koplab yoqotishlarni olidini oluvchi eng samarali usulidir. Favqulodda vaziyatlar sodir bolganida fuqaro muhofazasining Havo trevogasi, Radiatsiyaviy xavf va Kimyoviy trevoga komandalari beriladi.
Kimyoviy trevoga komandasi berilganida panajoylarga yashiruvchilarga obyektning fuqaro muhofazasi xodimlari, fuqaro muhofazasi shtabi xodimlari tomonidan shaxsiy himoya vositalarini tarqatishni tashkil etishlari kerak. Panajoylarga kirish togrisida buyruqni obyekt rahbari-fuqaro muhofazasi boshligi berishi kerak. Agarda favqulodda vaziyat sodir bolgan vaqtda aholining panajoylarga oz vaqtida yetib kela olmagan qismi panajoylarga kirishdan oldin ularga panajoyning maxsus joyida qisman dezinfeksiya qilinadi. Pana joylarda aholi joylashishi uchun strelkalar ornatilgan boladi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bolgan hududlardan jabrlanganlarni yoki jabrlanish ehtimoli tugilganda aholini panajoylarga joylashtirish tadbirlarini qoniqarli va samarali olib borish maqsadida obyekt fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi shtabi xodimlaridan iborat bolgan zvenolar tuziladi. Panajoylarga aholini tartib bilan, kolonnalarga ajratgan holda olib kiriladi. Kolonna boshligida hududning va panajoylarning chizmasi (sxema) bolishi kerak. Kochirilayotganlar tarkibida agarda bemorlar bolsa, ularga birinchi tibbiy yordami korsatilib, ularga soglom kishilar birkitib qoyiladi.
Favqulodda vaziyat sodir bolgan hududda komandasiz shaxsiy himoya vositalarini yechish, yakka holda yurish, osmonda osilib turgan xavfli uskunalar ostida turish, yerda yotgan elektr simlariga yaqinlashish yoki tegish, tutun chiqqan joylarga komandasiz bormaslik lozim.
Panajoylarga yashiringan aholining majburiyatlari:
-tez va chaqqonlik bilan korsatilgan joylarni tartibni saqlagan holada egallashlari;
-ichki tartib-qoidalariga qatiy rioya etishlari;
-vahimaga tushmaslik, ozlarini erkin his qilishlari;
-qariyalarga, ayollarga va yosh bolalarga yordam korsatishlari;
-shaxsiy himoya vositalarini tayyor holatda saqlashlari;
-panajoylarda bolgan vaqtlarida texnika xavfsizligi qoidalariga (elektr tarmoqlaridan ozboshimcha foydalanish, kislorod solingan balonlarga va boshqa asbob-uskunalarga yaqinlashmaslik) qatiyan rioya qilishlari;
-xavf tugaganidan keyin faqat fuqaro muhofazasi yoki fuqaro muhofazasi shtabi xodimlarining komandasi bilan tashqariga tartibni saqlagan holda chiqishlari.
Panajoylardan aholini majburiy chiqishlarini taqozo etadigan sabablar:
-panajoylardagi asbob uskunalar yashiringanlarning hayotiga xavf tugdiradigan darajada buzilishi;
-panajoylarni suv bosganda;
-panajoylarda yongin chiqqanda;
-panajoylardagi havo miqdorida xavfli gazlarning tarqalishida, kislorod miqdorining keskin kamayib ketishida.
Yuqorida korsatilgan salbiy holatlar sodir bolganida, yashiringan aholi panajoydan uzoq bolmagan boshqa himoya inshootlariga otkaziladi. Bu tadbirlarni amalga oshirish paytida yashiringanlar albatta shaxsiy himoya vositalari bilan toliq taminlangan bolishlari zarur.
Fuqaro muhofazasi himoya inshoatlarida radiaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar hamda oddiy qurollar tasiridan himoya qilishga, ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar tasiridan toliq saqlaydi.
Himoya inshootlari uch xil turga bolinadi:
1.Boshpanalar. Ular germetik holda qurilgan bolib, ommaviy zarar yetkazuvchi qurol-yadro zaryadi portlashidan hosil bolgan shikastlovchi omillardan hamda zaharlovchi moddalar va bakterial vosita aerozollaridan toliq himoya qiladi.
2.Radatsiyaga qarshi pana joylar radiaktiv zararlanish paydo bolgan joylarda aholini radatsion zararlanishdan himoya qiladi.
Z. Eng oddiy pana joylar - urush vaqtida jang maydonlarida ushbu inshoatlar hamisha yol ostidagi vositalar yordamida quriladi. Fuqaro muhofazasi boshpanalari, yashirin joylar ishlash yoki yashash joylari yaqinida joylashadi.
Boshpanalar, ularning tasnifi, ichki jihozlanishi va tinchlik davrida ulardan foydalanish:
Aholini yadro portlashining hamma omillaridan, shuningdek kiyoviy va bakterial qurollaridan saqlash uchun moljallangan germetik turdagi himoyalangan binolar boshpanalar deyiladi. Boshpanalar betondan yoki temir betondan yer ostiga quriladi. Boshpanalarning himoya qilish xususiyati 100% gacha boladi.
Zarba tolqini tasiridan himoya qilish xususiyatiga qarab boshpanalar quyidagi sinflarga bolinadi:
1-sinf -5kg/kv sm gacha.
2-sinf - 3 kg/kv sm gacha.
3-sinf - 2kg/kv sm gacha.
4-sinf - 1kg/kv sm gacha.
Boshpanalar sigimiga qarab quyidagilarga bolinadi:
a) kichik boshpana-150 nafar kishilarga moljallangan;
b) ortacha boshpana-150-450 nafar kishilarga moljallangan;
v) katta boshpana-450 va undan ortiq miqdordagi kishilarga moljallangan..
Boshpanalar joylashishiga qarab 2 xil korinishda boladi:
a) qurilmalar tarkibida (yer tolada);
b) ayrim qurilmalar (mustaqil qurilgan).
Boshpanalar qurilish muddatiga kora 2 turga boladi:
a) tinchlik davrida qurilgan boshpanalar;
b) dushman hujumi xavfi tugilganda qurilgan boshpanalar.
Jihozlanishi jihatidan boshpanalar:
-filtr-ventilyatsion qurilmasi bor boshpanalar;
-filtr-ventilyatsion qurilmasiz boshpanalarga bolinadi.
Boshpana binolarining tagida yoki yer ostiga alohida quriladi. Boshpanalarning tepasi juda pishiq va mustaxkam, devorlari zarb tolqiniga va singuvchi radiatsiyaga chidamli bolishi kerak. Tashqaridan zaharlangan havo kirmasligi uchun germetik ravishda ishlangan bolishi zarur. Boshpanaga kirish uchun Z ta eshik quriladi. Birinchi eshik metaldan pishiq ishlanadi, qolgan 2 tasi gaz otkazmaydigan materiallardan ishlangan bolishi kerak. Eshiklar zich yopilishi uchun chetiga rezina yopishtiriladi. Bu eshiklar orasida 2 ta dahliz hosil qilinadi. Kirish eshiklaridan tashqari, kirish joylari imoratlar qulashi natijasida bekilib qolgan hollarda foydalanish uchun yer tagidan gisht, temir-beton teshik quvurlar qurilishi kerak. Boshpanada havo yetarli bolishi uchun filtr-ventilyatsiya qurilma ornatiladi (FVA-49, FVK-1, FVK-2). Bu qurilmalar ikki rejimda ishlashi mumkin: sof va filtr-ventilyatsiya.
1-rejimda havo changga qarshi torsimon filtr bilan tozalanadi. Torlar maxsus moy bilan moylanadi. Havo filtrdan otayotgan chang va radiaktiv moddalar torining moy qatlamiga yopishib qoladi. Moy filtrning bitta yacheykasining unumdorligi soatiga 1000-1300 m.kub.
2-rejimda havo zaharli moddalar va bakterologik zaharli moddalar otkazmaydigan niqoblar (protivogaz) boyicha ishlaydigan filtr bilan tozalanadi. Havo miqdori sof ventilyatsiya rejimi boyicha boshqaruv punktida ishlayotgan bir odam uchun 5m Fsoat bolishi kerak. Kuchli yongin ehtimoli bolgan hududda joylashgan panajoy atmosferasida kislorodning miqdori pastligi, SO2 miqdori yuqoriligi yoki kuchli tasir etuvchi zaharli modda (KTZM) ning miqdorining oshganligi pana joylarning tola izolyatsiyasi va ulardan havoni rengeneratsiya rejimidan foydalanishni kozda tutiladi. (RP-100 rengenerativ moslamalardan foydalanish) RP-100 rengenerativ patronning ishlash tamoyili havo patronidan otayotgan tarkibida kalsiy oksidi bor kimyoviy yutgich bilan reaksiyaga kiruvchi SO2 gazidan tozalanadi. Reaksiya suv va issiqlik ajralishi bilan kechadi. Rengenerativ patronlardan foydalanishda kislorod yetishmasligini oldini olish uchun pana joyga reduktor orqali uzatiladigan kislorod balonlardan toldiriladi.
Boshpana xonalari bir nechtaga boladi. Asosiy xona - odamlarni joylashtirish xonasi, yordamchi xona - filtr-ventilyatsion kamera xonasi. Bundan tashqari oziq-ovqat, suv zahirasi xonasi, kislorodli balonlar uchun moljallangan xona, bufet, dizel elekro-stansiyalar uchun moljallangan xonalar kiradi.
Boshpanalarda ichimlik suvi quvurlari, kanalizatsiya, telefon, radio, elektr toki, ayrim asboblar va yonginga qarshi asboblar bolishi shart. Bundan tashqari DP-5 turidagi dozimetr asbobi va kimyoviy razvetka asboblari ham bolishi kerak. Boshpanaga yashirinuvchilar uchun 0,5-1,8 m. olchamdagi 2 yoki 3 qavatli sorilar va otirish uchun 45-55 sm olchamdagi orindiqlar ornatilishi lozim. Bir nafar yashirinuvchi uchun joy meyori 0,5m.kv. ni tashkil qiladi.
Aholi boshpanaga fuqaro muhofazasi signallari berilganidan song kirishlari lozim. Boshpanada chekish, shovqin kotarish, hamda lampa yoqish, uy hayvonlarini, qopol buyumlarni olib kirish man etiladi. Shaxsiy himoya vositalarini tayyor holda tutish kerak. Panajoylardan tashqariga radiatsiya darajasi pasayib, hudud tola zararsizlantirilgandan keyin signal boyicha chiqishga ruxsat etiladi. Panajoylarda jabrlanganlarga tibbiyot xonasida tibbiy xizmat korsatiladi. Boshpananing sanitar holatini ana shu post uchun masul shaxslar nazorat qiladi. Boshpanada quyidagi sanitariya gigiyena talablari qoyiladi:
-panajoylar toza va yaxshi sanitariya holatida bolishi shart.
-panajoylarni har kuni 1% xloramin eritmasi bilan tozalash, vaqti-vaqtida tola dezinfeksiya qilish zarur.
Boshpanalarda havo tarkibidagi korbonat angdirid miqdori 1% (35 gacha) -havo harorati 23 gradus (maksimum 31), nisbiy namlik-70% (maksimum 80%) bolishi kerak. Suv meyori: 1 kishi uchun 1 sutkaga 10 l., shundan ichish uchun 6 l., sanuzel uchun 4l. Panajoylarda xizmat korsatish himoya qurilmalarining masul xodimlari zimmasiga tushadi. Har bir pana joyga yetti kishidan iborat xizmat korsatish zonasi ajratiladi. Zveno boshligi pana joy komendanti hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatning oqibatlari barham topgandan song, aholi panajoylarni tark etishadi. Panajoy xonalari shamollatilib, u yerda yigishtirish ishlari olib boriladi.
Tinchlik davrida panajoylarni madaniy-maishiy inshoatlar (kichik ustaxonalar, ishchilar aholi bilan shugillanadigan sinflar, fuqaro muhofazasi oquv punktlari, har xil togaraklar ishlashi uchun joy, yengil avtomashinalar uchun garaj, savdo va ovqatlanish punktlari omborlari) sifatida foydalanish mumkin. Tinchlik davrida panajoylardan ishlab chiqarish va xojalik extiyojlari uchun foydalanish, ularni himoya xususiyatlari va yashirinuvchilarni qabul qilishga tayyorgarligini buzmaslik kerak.
Yer osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish.
Favqulodda vaziyatlar sodir bolganda panajoy sifatida metropolitenlardan foydalanish mumkin. Bu alohida uchastkalarda joylashgan chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalardir. Metropoliten ham yer osti muhofaza inshootlariga kirishi mumkin. Bulardan tashqari yer tolalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash uchun moljallangan omborlar va boshqa qurilmalarni yer osti muhofaza qurilmalari sifatida ishlatish mumkin.
Oddiy turdagi boshpana yoki pana joylarga yertolalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xojalik mahsulotlarini saqlash uchun qurilgan omborlar va boshqa qurilmalar moslashtiriladi. Ular qurilish konstruksiyasiga kora, oddiy himoya inshootlariga kiradi. Chunki, uni qurish uchun qisqa vaqt sarf etiladi.
Oddiy pana joylar ochiq va yopiq korinishda boladi. Tirqishlar (teshiklar)ni aholi qolda bor vositalar bilan mahalliy materiallardan tayyorlaydi. Ochiq tirqish tolqin zarbasini 1,5-2 marotaba, yoruglik nurlari va oqib kiruvchi radiatsiyani 1,5-2 marta, radioaktiv zaharlanish hududida nurlanish darajasini 2-3 marta kamaytiradi.
Yopiq tirqish yoruglik nurlaridan tola, tolqin zarbasidan 2,5-3 marta, oqib kiruvchi radiatsiya va radioaktiv nurlanishdan 200-300 marta muhofazalaydi. U teri va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi modda va bakteriyali vositalar tushishidan saqlaydi. U ochiq joyda ustiga hech narsa qulamaydigan, yomgir suvi, suv bosmaydigan joyga quriladi. Oldin ochiq holda tayyorlanadi. U ilon izi kabi togri chiziqli 15 metrdan ortiq bolmagan bir nechta qismlardan (bolak) iborat. Chuqirligi 1,8-2 metr, yuqori qismining kengligi 1,1-1,2 metr, tubi 0,8 metr. Tirqish uzunligi har birodamga 0,5-0,6 metr hisobida aniqlanadi.
Tirqishlarining sigim miqdori 10-15 odamdan kopi bilan 50 odamgacha. Tirqishlar ochiq yertoladay qaziladi, taxta, yogoch bilan mahkamlanadi, ostidan uzunasiga kichik ariqcha qaziladi. Otirishga sori tayyorlanadi. Ustini yogoch bolaklari, taxta yoki boshqa materiallar bilan yopib, qalinligi 20 sm. Qilib suvab, ustidan yana chetlarining qalinligi 20 sm., ortasi 40 sm. qilib tuproq tortib mahkamlanadi. Chetlariga ikki tarafdan ariqchalar qaziladi. Yomgir suvi oqib ketishi uchun tomining umumiy qalinligi 50-60 sm. boladi.
Kichik-kichik eshiklar zich yopilgan dahlizdan ichkariga kiriladigan eshikka qalin matodan parda yopiladi.
Panajoy tarkibiga kiruvchi joylarni (germetizatsiya), yani havo otmaydigai qilish uchun sinchkovlik bilan hamma teshiklarini, tirqishlar, yoriqlar, tepadagi ochiq oynalarni, deraza teshiklarini, isitadigan va suv otkazadigan quvurlarda hosil bolgan teshik joylar yopib chiqiladi. Eshiklarni ruberoid, linoleum va boshqa qalin materiallar bilan, ularning chetlarini esa rezina bilan orab (yopishtirib) chiqiladi. Maxsus joylarning himoya xususiyatini oshirish uchun devorlar, eshiklarning qalinligini oshirish, panajoylarning himoya qilish xususiyatini oshirish uchun yogoch yoki temir tirgaklar, balonlar ornatishni kuchaytirish kerak. Yerning ustki qatlamidan yuqorida joylashgan devorlarning tashqi tomonidan chiqish uchun deraza va qoshimcha eshiklar quriladi. Zaruriyatga qarab, uni pana qilish kuchaytiriladi, songra uning ustiga 60-70 sm qalinlikda tuproq sepiladi, havo tortib oluvchi moslama qoyiladi, eshikdan gamma nurlarining kirishidan himoyalanish uchun kirish qarshisida 1,5 metr masofada 40-50 sm qalinlikda gishtdan devor quriladi. Panajoy ostidagi binolarning birinchi qavatlarini maxsuslashtirishda himoya xususiyatini oshirish, hamma joylarni berkitish ishlari olib boriladi, ochiq joylarni gisht, qum solingan, qop bilan berkitib chegaralanadi va h.k.
Sabzavot saqlanadigan ichki qurilmalarning devorlaridagi barcha teshik va yoriq joylar sinchkovlik bilan berkitilib chiqilishi kerak. Panajoyning tuproq katlami 60-70 sm gacha oshirib boriladi va devorni yer ustidan baland qilish uchun tuproq sepiladi. Sabzavot saqlanadigan panajoy ichiga faqat bitta kiradigan eshik qoldiriladi, qolganlari esa korinmaydiga qilib tuproq bilan yopib tashlanadi.
Tog-kon sanoati va komir sanoati bor rayonlardagi aholi panajoy sifatida shaxtalardan ham foydalanishlari mumkin, qora va rangli metallurgiya zavodi ishchilari, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan zavoddagilar va boshqalar yer osti yullaridai foydalanishi mumkin. Kirish joylarning qurilishi va avariya holatlarida chiqib ketish joylari, avariya holatlarda odamlarni tepaga kotarilishi uchun vertikal zinapoyalar tayyer holatda turishi, panajoylarni toza havo bilan taminlash, ichimlik suvi yetkazib beradigan quvurlar tayyor holda turishi va boshqalar kiradi.
Jihozlanishning asosiy shartlari:
-kimyoviy va germetik tosiqlarni ornatish;
-kirish yollarini odamlarni tez otkazish uchun taminlash;
-odam kotarish uchun mexanizmlarni tayyorgarlik holatiga keltirish;.
-yashirinuvchilarni hayot faoliyati uchun kerakli hamma narsalar bilan taminlash;
-yashirinuvchilarni shaxta suvlaridan foydalangan holda suv
manbaalarini tashkil qilish;
-boshqaruv va sanitar punktlarini, oziq-ovqat omborlarini, aloqa uzatishni va qabul qilishni taminlash;
-iloji boricha ikki qavatli sorilar va orindiqlarni ornatish;
-yonginga qarshi vositalar bilan kerakli miqdorda tamillash kerak.
Yer osti qurilmalarida havo oqib keladigan kanalning ichiga changni ushlab qoladigan ramka korinishidagi filtr, ustiga doka tortilgan teshikli material ornatiladi.
Turli xil ratsiatsiya va boshqa shu kabi ofatlardan aholini himoya qilish uchun yer osti qurilmalariga quyidagi talablar qoyiladi:
-uch sutkadan kam bolmagan muddatda saqlash;
-suv bosmaydigan joylarga qurish;
-oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalardan hamda qurilish kommunikatsiyalardan uzoqroq joylarda qurish;
-chiqish va kirish eshiklari bolishi.
Yer osti qurilmalari asosiy va yordamchi binolardan iborat boladi. Asosiy binoda yashirinuvchilarni joylashtirish joyi ikki yoki uch qavatli sori mavjud bolishi mumkin. Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmogi, havoni tozalab almashtirib beruvchi kamera va sigimi katta inshootlarda tibbiyot xonasi, oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezan quduq va dizelli elektorostansiya uchun joy mavjud boladi. Saqlanish joyida qoidaga muvofiq kamida ikkita kirib-chiqish eshiklari boladi.
Radioatsiya changi va xavfli aerozollardan uylarni himoya qilish.
Urush va tinchlik paytidagi favqulodda vaziyatlar havo boshligining radioaktiv chang va zaharlovchi modda, kuchli tasir etuvchi zaharli moddalar va xavfli aerozollar bilan zaharlanishi mumkin.
Radiatsiyaviy avariya- uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning hatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan koproq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bolgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi.
Uy sharoitida radiatsiyadan, kuchli tasir etuvchi zaharli moddalardan va boshqa zaharli moddalardan muhofazalanish yol-yoriqlarini yaxshi bilish zarur. Buning uchun radiatsiyaviy va boshqa zaharlovchi moddalarlarning xususiyatlari, ular ishtirokida avariya sodir etilgan vaqtda ularning tasir doirasi, zaharlash darajasi (va h.k.)ni hamda taxminiy oqibatlari haqida tushinchaga ega bolish lozim. Radiatsiya tarqalishi bilan boglik favqulodda vaziyatlar sodir bolgan vaqtda obyekt fuqaro muhofazasi boshligi favqulodda vaziyatni oldini olish, ishchi-xizmatchilarning va aholining meyordar ortiq zaharlanishlariga yol qoymaslik uchun tegishli tadbirlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va FVDTning tizimlari xodimlari bilan hamkorlikda olib boradi.
Radioaktiv chang eshik, fortochka, tirqishlar orqali yashash va ishlab chiqarish binolariga, omborxonalariga kirishi mumkin. Asosan, binoga turli zararli gazlar, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishidan saqlanish va uni himoya qilishga tayyorlanish uchun binolarni germetiklashtirish kerak hamda barcha tirqishlar berkitishi lozim boladi.
Bundan tashqari uyning nurlanish tasiridan saqlash uchun hiomya vositalarini kuchaytirish kerak. Buning uchun deraza boshligini tuproq toldirilgan qoplar bilan yopiladi, bir qavatli bino devorlarining qalinligini oshirish uchun 1,0 dan 1,8 metr balandlikda tuproq bilan toldiriladi. Sepilgan tuproqni qattiq qilish uchun taxtadan foydalanish mumkin. Qishloq joylarda uylarni germetizatsiya qilishda tashqaridagi shaxta quduqlarining atrofini 1-1,5 metrga sement, loy va shu kabilar bilan yopish va germetizatsiya qilish zarur. Uylarni germetizatsiya qilish tadbirlarini otkazish malum miqdorda nurlanish, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishini va odamlarning zaharlanishini kamaytiradi.
Radioaktiv moddalar yoki boshqa zaharli moddalar bilan boglik favqulodda vaziyatlar sodir bolganda aholining har bir harakati fuqaro muhofazasi xodimlarining nazoratlari ostida bolishi lozim.
Yashash joylarda, obyektlar hududidagi suvlarning radioaktiv moddalar va boshqa turdagi zaharli moddalar bilan zaharlanish darajasini aniqlash uchun suvdan 1,5 yoki 10 (bir chelak) hajmda namuna olinadi. Asbob suv betiga parallel vaziyatda 0,5-1,0 sm. balandlikda qilib tutiladi va mikroampermetrning korsatishlari yordamida aniqlanadi. Shuning uchun radiatsiyaviy moddalar bilan zaharlangan hududda fuqaro muhofazasi organlari xodimlari ruxsatisiz ichimlik suvlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |